Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
DAVLAT BOJI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari haqida qonun qabul qilingunga qadar quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudi va xoʻjalik nizolarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadi hisobiga toʻlanadi yoki undirib olinadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi ushbu Farmonni mustaqil respublikalar (davlat) ning tegishli hakamlik organlariga maʼlum qilsin.
3. Ushbu Farmon 1991-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 16-oktabr,
PF-278-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 12-son, 284-modda)