Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish faqat xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishga ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
3. “Oʻzbekkino” milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishga ruxsatnoma berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
1. Ushbu Nizom xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibini belgilaydi.
2. Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish faqat xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishga berilgan ruxsatnomalar (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Filmni ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston kinemotografistlari jalb etilgan holda amalga oshirilgan taqdirda ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
kino va video tasvirga olish — oʻzaro bogʻliq tasvirlarni kinotasma (tselluloid asosida) yoki raqamli vositalarga ovoz yoki ovozsiz qayd etish yoʻli bilan kinematografik tasvirlarni yaratish jarayoni;
rejissor ssenariysi — harakat sodir boʻladigan joy va vaqt, rejaning yirikligi, metraj, tasvirga olish usuli va ovozlashtirilishi koʻrsatilgan holda film sujeti rivojlanishining montaj izchilligidagi har bir epizodning toʻliq tavsifi mavjud boʻlgan film olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi;
film olish taqvim rejasi — filmni olish jarayonida ishlarning barcha turlari bajarilishi muddatlarini aks ettiruvchi tasvirga olish guruhining ishlab chiqarish rejasi;
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmni kino va video tasvirga olish niyatidagi xorijiy kinokompaniya yoxud boshqa tashkilot;
ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino va video tasvirga olish uchun ariza beruvchining huquqini tasdiqlaydigan hujjat;
ekspert kengash — ariza beruvchiga ruxsatnoma berish masalalari boʻyicha xulosa chiqarish vakolatiga ega boʻlgan manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar vakillaridan, shuningdek jalb etilgan kinoshunoslar, kino tanqidchilari, sanʼatshunoslardan tashkil etilgan komissiya;
mahalliy tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan, badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va videofilmlarni hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyaga ega boʻlgan, kino va video tasvirga olishda ariza beruvchiga shartnoma asosida tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
5. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida suratga olish ishlari boshlanishidan kamida ikki oy oldin Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma berish uchun ariza;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan epizodlar, kino va video tasvirga olish ajratib koʻrsatilgan holda rejissor ssenariysining davlat tilida yoki rus tilida 6 (olti) nusxadagi bosma varianti;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino va video tasvirga olinadigan joylar koʻrsatilgan holda ishlarni tashkil etishning film olish taqvim rejasi;
ariza beruvchi tomonidan kino va video tasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilotning badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va videofilmlarni hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyasi nusxasi, tegishli xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ariza beruvchidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Agentlikka bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar masʼul xodim tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
6. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ariza qabul qilingan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
7. Agentlik ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan har tomonlama tanishish maqsadida Agentlik tomonidan tashkil etiladigan Ekspert kengashning xulosasi asosida tegishli qaror qabul qiladi.
milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targʻib etuvchi;
fuqarolarning milliy mansubligi, diniy eʼtiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini nohaqqoniy yoki buzib aks ettiruvchi;
boshqa xalqlarning madaniy-tarixiy qadriyatlariga, maʼnaviy-axloqiy asoslariga va boshqa manfaatlariga daxl qiluvchi;
ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega boʻlgan sahnalar mavjud boʻlsa;
b) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ruxsatnoma ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda beriladi.
11. Ruxsatnoma berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Agentlik tomonidan rad etishning aniq sabablari va ruxsatnoma talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Agentlik Ekspert kengashning xulosasi olingandan keyin toʻrt kundan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
13. Ruxsatnoma film olish taqvim rejasida qayd etilgan muddatga beriladi. Agentlik bilan kelishilgan film olish taqvim rejasi ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
14. Agar suratga olish jarayoni davomida ariza beruvchida film olish taqvim rejasiga yoki kino va video tasvirga olish joylariga oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelsa (kelishilgan rejissor ssenariysi mazmuniga oʻzgartirish kiritmasdan), u holda, xorijiy kinokompaniyaning arizasi boʻyicha Agentlik ikki haftadan ortiq boʻlmagan muddatda arizani koʻrib chiqadi va moʻljallanayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha qaror chiqaradi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda kiritilgan oʻzgartirishlar koʻrsatilgan holda qoʻshimcha ruxsatnoma beriladi.
III. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
15. Ruxsatnomaning amal qilishi, agar:
kino va video tasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan Agentlik bilan kelishilgan rejissor ssenariysi oʻrtasida tafovutlar aniqlangan;
xorijiy kinokompaniya badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va videofilmlar hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan mahalliy tashkilot xizmatlaridan foydalangan;
Agentlikning ariza beruvchiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori xorijiy kinokompaniya tomonidan bajarilmagan hollarda toʻxtatib turilishi mumkin.
Xorijiy kinokompaniya tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Agentlik koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda ruxsatnomaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir.
xorijiy kinokompaniya ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan;
xorijiy kinokompaniya tugatilgan;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar Agentlik tomonidan belgilangan muddatda xorijiy kinokompaniya tomonidan bartaraf etilmagan;
Agentlikning ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlangan;
Agentlikning ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori xorijiy kinokompaniyaga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yozma shaklda yetkaziladi.
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda ruxsatnoma olish holati aniqlangan;
ariza beruvchi ruxsatnoma berish uchun qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab bir oy mobaynida Agentlikka ruxsatnoma berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan;
18. Agentlikning ruxsatnoma amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga shikoyat qilish mumkin. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish sud tomonidan asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda Agentlik xorijiy kinokompaniya oldida yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
IV. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov va ruxsatnoma berish
19. Ruxsatnoma olishga ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi berilgan arizani rad etgan yoki ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
20. Ruxsatnoma berilganligi uchun ariza beruvchidan respublika budjeti daromadiga Agentlik bilan kelishilgan film olish taqvim rejasining tasvirga olish kunlari sonidan kelib chiqib har bir tasvirga olish kuni uchun 200 AQSh dollariga teng summada (toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha) milliy valyutada toʻlov undiriladi.
21. Film olish taqvim rejasiga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Agentlik tomonidan qoʻshimcha ruxsatnoma berilgan taqdirda kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda qoʻshilgan tasvirga olish kunlaridan kelib chiqib qoʻshimcha toʻlov undiriladi.
Agentlik tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
V. Ruxsatnomalar blankalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
22. Agentlik tomonidan ariza beruvchilarga beriladigan ruxsatnomalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi.
23. Ruxsatnomalarning beriladigan blankalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish Agentlik tomonidan maxsus jurnalda yuritiladi. Jurnalga tartib raqami qoʻyilgan va u ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak. Jurnalning oxirgi sahifasida varaqlarning ip oʻtkazib tikilgan joyiga Agentlik muhrining izi aks ettiriladi va Agentlik rahbarining tasdiqlovchi imzosi qoʻyiladi.
Rejissyor ssenariysining Ekspert kengash tomonidan qabul qilingan uzil-kesil varianti nusxasi Agentlikda saqlanishi kerak.
VI. Ushbu Nizom talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik va nazorat qilish
24. Xorijiy kompaniya va u tomonidan jalb etilgan mahalliy tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizom talablariga rioya etilishi uchun javob beradi.
25. Ushbu Nizom talablariga rioya etish ustidan nazorat qilish Agentlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Xorijiy kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishga ruxsatnoma olish uchun
(Mahalliy tashkilotning nomi, pochta manzili, litsenziya raqami va sanasi)
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Film olish taqvim rejasi.
2. 6 nusxada rejissor ssenariysi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniya tomonidan badiiy filmlarni kino va video tasvirga olishga ruxsatnoma olish shartlari bilan tanishdik.
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
“Kelishildi”
“Oʻzbekkino” MA Bosh direktori
__________________________________
M.Oʻ.
20…..yil “….” …………………….
Film ishlarini tashkil etishning film olish taqvim rejasi
………………………………………………………….
Sana
Tasvirga olishni tashkil etish joyi va tasvirga olish
Obyektning nomi
Kadrlar raqami
metraj
Kunlar soni
boshlanishi
oxiri
tayyorgarlik koʻrish
oʻzlash-tirish
repetitsiya
koʻchish
dam olish kunlari
tasvirga olish
hammasi
Film direktori (prodyuseri)____________________________
___________________
(F.I.O)
(imzo)
Filmni oluvchi rejissor ______________________________
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI
Xorijiy kinokompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmni kino va video tasvirga olishga
ruxsatnoma
№ 00000
20___ yil “_____” ______________
Toshkent shahri
1. Kinokompaniya nomi _____________________________________________
2. Mamlakat ______________________________________________________
3. Filmning nomi ________________________________________________
5. Tasvirga olish rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston mintaqalari ____________
6. Oʻzbekistonda ishlarni bajarish muddatlari 20__yil “ ___” __________dan
20__ yil “ ___” __________gacha
7. Tasvirga olish kunlari soni ______________________________________
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkiliy va kino,-video xizmatlar koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan mahalliy tashkilotning nomi, pochta manzili va litsenziyasi raqami: