Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
EKSPORT IMKONIYATINI KENGAYTIRISh BORASIDA KORXONALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRIShGA OID TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi eksport imkoniyatini kuchaytirishdan iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida:
1. Koʻp valyuta beradigan eksport mahsuloti ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda oʻzlashtirishni taʼminlaydigan korxonalarning sohasini oʻzgartirish, ularni texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash orqali eksportga yoʻnaltirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etgan holda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning eng muhim ustuvor yoʻnalishi deb belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2—6 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 28-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq solishda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar munosabati bilan bir oy muddat ichida budjet bilan oʻzaro hisob-kitob tartibini ishlab chiqsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida respublikaning eksport imkoniyatini kengaytirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqib, qabul qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun va normativ hujjatlariga oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni tayyorlasin.
10. Mazkur Farmon 1994-yilning 1-iyulidan amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-iyun,
PF-872-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 6-son, 194-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 28-modda)