Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKADA DAVLAT NAZORATI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA OID BAʼZI TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PF-4315-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uni bozor munosabatlari talablariga muvofiq holga keltirish, nazorat qiluvchi organlar ishidagi parallelizmni bartaraf etish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 21-bandiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasi va uning joylardagi organlari tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devonida Nazorat inspeksiyasi va tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining apparatlari tarkiblarida nazorat inspeksiyalari tashkil qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi apparatida ham nazorat inspeksiyasini tashkil qilish zarur deb topilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining rahbari ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlari ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni tashkil etish, nazorat organlarining ishidagi parallelizm va takrorlashni bartaraf qilish, respublikada bozor munosabatlari vositalarini roʻyobga chiqarishga va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash yangi tashkil etilgan inspeksiyalar faoliyatining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida nazorat inspeksiyalari xodimlarining soni, ularni taʼminlash uchun zarur mablagʻlar hamda tugatilgan Davlat nazorati qoʻmitasi va uning joylardagi organlari mulkidan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida nazorat inspeksiyalari toʻgʻrisida Nizom loyihasini, shuningdek amaldagi qonunlarni ushbu Farmonga muvofiq holga keltirishga oid takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 5-martdagi R-368-sonli “Nazorat inspeksiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoyishiga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-fevral,
PF-762-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 72-modda)