Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ BOSH BOSHQARMASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq va nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, yagona davlat soliq siyosatini oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tugatilib, xodimlarining 50 foizi Davlat soliq qoʻmitasiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi respublika hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiqashtirsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-yanvar,
PF-744-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 40-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)