|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
QARORI
“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DO‘KONI” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1317-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-4-son qarori (ro‘yxat raqami 1317, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 8-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo do‘koni” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
kassa cheki raqami;
reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami;
xarid qilingan vaqt va sana;
sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori;
sotuvchi tomonidan olingan xorijiy valyuta summasi;
nazorat-kassa mashinasining zavod raqami;
fiskal rejim belgisi;
boj olinmaydigan savdo do‘konining nomi;
soliq to‘lovchi – boj olinmaydigan savdo do‘koni egasining identifikatsiya raqami.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarni sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
kassa cheki raqami;
boj olinmaydigan savdo do‘koni egasi – nomi va pochta manzili;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati ko‘rsatilishi kerak;
xarid qilingan vaqt va sana;
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
nazorat-kassa mashinasining zavod raqami;
fiskal rejim belgisi;
soliq to‘lovchi – boj olinmaydigan savdo do‘koni egasining identifikatsiya raqami.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-yanvar,
01-05/12-2-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 5-son, 49-modda)