|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.11.2022
|
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“SOLIQ MASLAHATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 4-avgustdagi O‘RQ-787-sonli “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-sentabrda qabul qilingan “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘RQ-55-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 497-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Quyidagilar soliq maslahati hisoblanmaydi:
o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida davlat soliq xizmati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tushuntirish;
soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish;
auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning soliq solish bo‘yicha konsalting hamda boshqa xizmatlari”;
2) 5-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “(bundan buyon matnda soliq solish masalalari deb yuritiladi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq hisobotini tuzishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) yordam ko‘rsatishni”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlashni hamda ularning hisobini yuritishni”;
to‘rtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishning majburiy shartidir”;
4) quyidagi mazmundagi 61-modda bilan to‘ldirilsin:
“61-modda. Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma
Soliq maslahatiga doir faoliyat soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) o‘rtasida tuzilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan eridan (pochta manzilidan) qat’i nazar, soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishga haqli.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari quyidagilardan iborat:
soliq maslahatining predmeti;
soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish muddatlari;
soliq maslahati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining hamda mijozning (ishonch bildiruvchining) huquq va majburiyatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin”;
5) 7-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “normativ-huquqiy hujjatlarni” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan milliy standartlarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 11-moddaning birinchi qismi:
oltinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda” degan so‘zlar “mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan shartnoma asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining vakili sifatida davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish olib borish;
soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish”;
7) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha milliy standartlarda belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
8) 16-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yillik, shu jumladan iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs talabgor bo‘lishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2012-yil 5-yanvardagi 3 (5423)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-yanvar,
O‘RQ-316-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 2-modda)