Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
HUKUMATGA QARAShLI BOʻLMAGAN “SOGʻLOM AVLOD UChUN” XALQARO XAYRIYA JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Kelajak avlodning salomatligini taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida va mehnat jamoalari, sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, bir qancha xorijiy kompaniyalar va firmalarning koʻpdan koʻpmurojaatlarini eʼtiborga olib:
1. Hukumatga qarashli boʻlmagan “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tashkil etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur jamgʻarmani roʻyxatdan oʻtkazish va uning faoliyat tartibi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan belgilanadi.
Jamgʻarma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq deb hisoblansin.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar va hokimliklar “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining faoliyatiga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar.
Barcha viloyat markazlarida va Toshkent shahrida jamgʻarmaning filiallari va boʻlinmalarini ochish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
3. Quyidagilar:
— tugʻuruqqa yordam va bolalar muassasalarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashga, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga, yangi, samarali davolash vositalari bilan taʼminlashga;
— jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda kelajak avlod naslini yaxshilashga qaratilgan kuch-gʻayratlarini muvofiqlashtirishga keng koʻlamda koʻmaklashish jamgʻarmaning asosiy vazifalari deb hisoblansin.
4. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining yuksak ijtimoiy maqomi va nufuzi taʼminlansin. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlash chogʻida jamgʻarma boshqaruvi taqdimnomalarning hal qiluvchi ahamiyati eʼtirof etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish haqida qaror qabul qilsin va jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi toʻgʻrisidagi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-aprel,
PF-596-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 4-son, 177-modda)