Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA TEATRLARI ARTISTLARINING MEHNATIGA HAQ TOʻLASh ShARTLARINI YaXShILASh TOʻGʻRISIDA
Teatr artistlari teatr sanʼatini rivojlantirish va targʻib qilishga katta hissa qoʻshayotganliklarini, ularning respublika yosh avlodini maʼnaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi xizmatlarini inobatga olib, shuningdek ijodkor xodimlarning moddiy taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining teatrlarida ishlovchi artistlar uchun 1993-yilning 1-dekabridan boshlab mansab okladlarining 25 foizi miqdorida maoshlariga har oylik ustama haq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu Farmonga muvofiq mansab okladlariga ustama haq belgilanadigan teatr xodimlari toifalarining roʻyxatini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mazkur ustama haqlarni joriy etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-dekabr,
PF-692-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 11-12-son, 395-modda)