|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 30 IYuLDAGI 374-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “3973” va “200” raqamlari tegishli ravishda “3934” va “190” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-oktabr,
291-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 43-44-son, 467-modda)