|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV IDORALARINI HAMDA XALQ TAʼLIMI SISTEMASINI PARTIYADAN HOLI ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umum taʼlim maktablari partiyadan holi etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, respublika davlat apparati idoralarida va xalq taʼlimi sistemasida siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan buyon yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-sentabr,
PF-260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 241-modda)