|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BOLALI OILALARGA DAVLATNING IJTIMOIY YORDAMINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bolalar toʻgʻrisida davlat gʻamxoʻrligini koʻchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF-1383-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 22-modda)
2. Bolali oilalarga nafaqalar oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublikaning davlat budjeti hisobidan qoplansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlatning ijtimoiy yordamini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-martdagi Farmonining 1-bandi 1996-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 20-noyabr,
PF-1288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 238-modda; 1996-y., 3-son, 22-modda)