|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DIPLOMATIYA VAKOLATXONALARI VA XALQARO TAShKILOTLARNING ISh ShAROITLARINI YaXShILAShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatxonalarni, shu jumladan vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirishda foydalaniladigan binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalarining respublikadagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga ularning oʻz mulki qilib sotishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi ikki hafta muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda amaldagi qonunchilikni hamda tegishli meʼyoriy hujjatlarni oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
3. Mazkur Farmon bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-noyabr,
PF-1287-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 237-modda)