

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 19.04.2011 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-1774386">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774386">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6035"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;</span></div><div id="LBC6036"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti;</span></div><div id="LBC6042"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;</span></div><div id="LBC6043"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;</span></div><div id="LBC6105"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;</span></div><div id="LBC7635"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">7.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774386">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3680"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3803"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]</span></div></a></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><a id="-1774723"><a href="/files/1776562.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1774725">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1774726">“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING AYRIM MODDALARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (78, 80, 93, 96 VA 98-MODDALARIGA)”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA</a></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><a id="-1774729">Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan<br />Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1774730"></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774731">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7635"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774731">[<b>TSZ:</b><div id="LS3803"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774731"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda) 12-moddasining <a href="/acts/-106197?ONDATE=18.12.2004 00#-409614">ikkinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda uning oʻrinbosarlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1774733"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7177937"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi 818-XII-sonli <a href="/acts/-51941">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12, 465-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774734">1) <a href="/acts/-51941?ONDATE=01.01.2008 00#-1170866">4-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774736">“Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774738">Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774740">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774741">Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774742">Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774744">Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Bosh vazir taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774745">Bosh vazir va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774746">Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774747">Yangi Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774748">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774750">Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi”;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774751">2) 4<sup>1</sup>-moddaning <a href="/acts/-51941?ONDATE=01.01.2008 00#-1170960">birinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi “d” band bilan toʻldirilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774752">“d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda”;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774754">3) 15-moddaning <a href="/acts/-51941?ONDATE=24.01.2005 00#-52205">ikkinchi qismi</a>:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774755">quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774757">“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritadi”;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774758"><a href="/acts/-51941?ONDATE=24.01.2005 00#-52211">yettinchi xatboshisi</a> sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774759">4) 20-moddaning <a href="/acts/-51941?ONDATE=24.01.2005 00#-52247">beshinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1774762">“Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli”.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1774762"><a href="/acts/-1774386?ONDATE=26.10.2024 00#edi-7177941">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774763">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6035"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774763">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774763"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy <a href="/acts/-51799">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774764">1) 8-modda birinchi qismining 15-bandi <a href="/acts/-51799?ONDATE=24.06.2003 00#-859190">birinchi xatboshisi</a> “shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774765">2) 9-modda birinchi qismining <a href="/acts/-51799?ONDATE=08.01.2003 00#-59767">6-bandidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va” degan soʻzlardan keyin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774767">“uning oʻrinbosarlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774768">“Hisob palatasi raisini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774770">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6042"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774770">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774770"><strong>4-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) 8-moddasi birinchi qismining 15-bandi <a href="/acts/-51961?ONDATE=24.06.2003 00#-858171">birinchi xatboshisi</a> “shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774771">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6043"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774771">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774771"><strong>5-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda) <a href="/acts/-39573?ONDATE=01.01.2008 00#-1172123">22-moddasining</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774772">“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774774">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774775">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774776">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi ovoz bergan taqdirda Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774778">Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774779">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774780">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774782">Yangi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774783">Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774822">Qonunchilik palatasi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774824">Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi”.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774825">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6036"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774825">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774825"><strong>6-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli <a href="/acts/-60232">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774826">1) <a href="/acts/-60232?ONDATE=01.01.2008 00#-1172351">18-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774827">“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Senat tomonidan uning yaqin oradagi majlisida koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774828">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Senat aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi ovoz bergan taqdirda Senat tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774829">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774830">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774831">Yangi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774833">Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774834">Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Senatni tarqatib yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774836">Senat tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi”;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774837">2) <a href="/acts/-60232?ONDATE=24.01.2005 00#-62194">25-moddadagi</a> “va uning oʻrinbosarlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1774839">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6105"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1774839">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774839"><strong>7-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-88-sonli <a href="/acts/-1164590">Konstitutsiyaviy Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774841">1) <a href="/acts/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164770">4-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774843">“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774844">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774845">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774846">Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774847">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774848">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774849">Yangi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774850">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774855">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi”;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774856">2) 5-moddaning <a href="/acts/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164943">birinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi “d” band bilan toʻldirilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774858">“d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda”.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1774859"><strong>8-modda.</strong> Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-1777244">Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 19-apreldagi 76 (5243)-sonida eʼlon qilingan.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1774860">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1774861">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1774863">2011-yil 18-aprel,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1774864">OʻRQ-285-son</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-1774728">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 160-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
