|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKADA BANK AUDITI TIZIMINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash, banklarni auditorlik tekshirishlar sifati va taʼsirchanligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi xolisona tahlil etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tijorat banklari uyushmasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki:
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimiga kiruvchi banklar auditini oʻtkazish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
bank auditini oʻtkazish xususida mamlakatimiz va chet el auditorlik firmalari bilan tuziladigan shartnomalar boʻyicha buyurtmachi sifatida chiqishga haqli;
respublika hududida ish yurituvchi auditorlik firmalari va tashkilotlarga banklarda auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish huquqi uchun tegishli sertifikatlar hamda malaka sertifikatlarini beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya etilsin:
bank auditini amalga oshirishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari toʻgʻrisidagi Nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Qarang: “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy banki tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat № 992, 22.12.2000-y.).
bank auditini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan auditorlik firmalarining roʻyxatini belgilangan tartibda muntazam suratda matbuotda eʼlon qilib turish;
bank auditini oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan haq toʻlash.
3. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-iyul,
PF-1500-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 7-son, 94-modda)