|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.01.2002
|
Hujjat 04.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BOLALI OILALARNI IJTIMOIY HIMOYa QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab, bolali oilalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirish, yosh avlodni kamol toptirish va tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish maqsadida:
1. 1996-yil 1-aprelidan boshlab 16 yoshgacha boʻlgan bolasi bor oilalarga har oylik nafaqalar miqdorlari oshirilsin va ular eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilansin:
bir nafar bolasi bor oilalarga — 40 foiz;
ikki nafar bolasi bor oilalarga — 80 foiz;
uch nafar bolasi bor oilalarga — 120 foiz;
toʻrt nafar va undan koʻp bolasi bor oilalarga — 150 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1996-yil 1-apreldan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish uchun har oylik nafaqalar miqdorlari koʻpaytirilsin va ular eng kam oylik ish haqining 150 foiz miqdorida belgilansin.
3. Bolali oilalarga koʻrsatib oʻtilgan nafaqalar miqdorlarining oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda respublika davlat budjeti hamda korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mablagʻlari hisobidan qoplansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi eng kam oylik ish haqi va mehnat pensiyalari miqdorlarini oshirish yuzasidan oʻn kun muddatda takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoni 4-bandining bola ikki yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish uchun onalarga nafaqalar miqdoriga doir birinchi xatboshi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1288-son Farmonining 1-bandi 1996-yilning 1-aprelidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-mart,
PF-1383-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 22-modda; 1997-y., 1-son, 7-modda)