Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
ANDIJON VILOYaTINING ASAKA ShAHRI VA ASAKA TUMANI HUDUDLARINI BIRLAShTIRISh HAMDA ASAKA ShAHRINI TUMAN BOʻYSUNUVIDAGI ShAHARLAR TURKUMIGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5, 9 va 11-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi :
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlari birlashtirilsin hamda Asaka shahri tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilsin.
2. Andijon viloyati tarkibida Asaka shahri va Asaka tumani negizida umumiy maydoni 26 881 gektar boʻlgan Asaka tumani tuzilsin hamda uning tarkibiga Asaka shahri, “Zarbdor”, “Ilgʻor”, “Kujgan”, “Mustahkam”, Niyozbotir nomli, “Oʻzbekiston”, “Qadim” va “Qoratepa” qishloq fuqarolar yigʻinlari kiritilsin.
Asaka shahri Asaka tumanining maʼmuriy markazi etib belgilansin.
3. Andijon viloyati Asaka tumanining chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4. Belgilab qoʻyilsinki, Asaka shahridagi saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Asaka shahar Kengashi deputatlari xalq deputatlari Asaka tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TAShMUXAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 19-noyabr,
200-II son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 11-son, 430-modda)