1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. SSSR Moliya vazirligining 1987-yil 10-martdagi 61-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SSSR Davlat budjetida turadigan muassasa va tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha Instruksiya Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2011-yilning 1-yanvaridan qoʻllanilmasin.
3. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-dekabr,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soladi.
1. Budjet tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha buxgalteriya hisobini (keyingi oʻrinlarda buxgalteriya hisobi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Qonuniga, ushbu Yoʻriqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.
2. Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin.
3. Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda toʻliq va aniq yuritilishini, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini taʼminlanishi shart.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari, buxgalteriya xizmatining rahbarlari (keyingi oʻrinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) oʻzlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining yuritilishini va moliyaviy hisobotlarning toʻgʻri tuzilishini muntazam nazorat qilib turadilar (agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa).
4. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy boʻlinma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir boʻlinmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi.
5. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari boʻyicha esa, agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham boʻysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishiga hamda ushbu Yoʻriqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar boʻladi.
6. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, yaʼni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, maʼlum bir soha biriktiriladi.
7. Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish — topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini koʻrsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish — topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi.
Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin.
8. Bosh hisobchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini mazkur Yoʻriqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
budjet mablagʻlarini, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini, shuningdek, taʼlim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini taʼminlash (agar rejalashtirish boʻlimlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini taʼminlash.
9. Bosh hisobchi tashkilotning tegishli boʻlinmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi shart:
tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining toʻgʻri sarflanishi, mansab maoshlarining toʻgʻri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishini;
pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzning qaytarilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning koʻrilishini, toʻlov intizomiga muntazam rioya etishni;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini taʼminlash.
10. Bosh hisobchi quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari toʻgʻri tashkil etilishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrishni tashkilot rahbaridan talab qilish;
tarkibiy boʻlinmalarda pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan boʻlsa) toʻgʻrisida tashkilot rahbariga takliflar kiritish;
tashkilotning barcha boʻlinmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
11. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
buxgalteriya hisobi notoʻgʻri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (notoʻgʻri tuzilganda);
pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
pul mablagʻlari boʻyicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda notoʻgʻri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yoʻqotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
12. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani maʼlum boʻlib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora koʻrishi uchun bu haqda tashkilot rahbariga yozma axborot beradi.
13. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga oʻtkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi.
14. Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash toʻgʻrisidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi koʻrib chiqadi va ularga imzo chekadi.
15. Tashkilot rahbari bosh hisobchiga ushbu Yoʻriqnomada, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida yordam berishga majbur.
Bosh hisobchiga oʻz majburiyatlarini bajargani hamda oʻz huquqlaridan foydalangani uchun tazyiq oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
16. Bosh hisobchining pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash boʻyicha qonunchilikka zid boʻlgan operatsiyalar bilan bogʻliq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
17. Agarda, tashkilot rahbari tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari oʻrtasida ushbu farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariga mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi.
Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bunda ushbu harakatning sodir boʻlganligi uchun javobgarlik toʻliq tashkilot rahbariga yuklatiladi.
Tashkilot rahbari oʻzi qabul qilgan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda uch kunlik muddat ichida yuqori tashkilotga yoki tegishli moliya organiga xabar berishi shart. Shunday xabarni olgan yuqori tashkilot yoki tegishli moliya organi belgilangan tartibda uni koʻrib chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni koʻradi.
18. Buxgalteriyaga boshlangʻich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari bosh hisobchi tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. Moddiy javobgar va boshqa mansabdor shaxslarga ushbu jadvaldagi hujjatlarni va maʼlumotlarni buxgalteriyaga topshirish muddatlari haqida koʻchirma taqdim etiladi.
19. Tashkilotlarning barcha boʻlimlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak boʻladigan barcha zaruriy hujjatlarni (buyruq va farmoyishlarning koʻchirmalarini, shuningdek, turli xil shartnoma, toʻlov hujjatlari va boshqalarni) oʻz vaqtida taqdim qilishlari shart.
Bosh hisobchining buxgalteriya hisobini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini oʻz vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majbur.
20. Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh hisobchiga pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bogʻliq boʻlgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablagʻlarini olish taqiqlanadi.
21. Tashkilotlarda pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek xarajatlar smetasi ijrosiga taalluqli barcha hujjatlar hamda moliyaviy hisobotlar tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari va bosh hisobchi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Qonunchilikka muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarida birinchi imzo huquqi shu vazirlik, davlat qoʻmitasi va idorasining boshqarma yoki mustaqil boʻlinmalarining boshliqlariga berilishi mumkin.
Bosh hisobchi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanmagan boshlangʻich hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi.
Kassa kirim orderlari bosh hisobchi (yoki uning oʻrinbosari) va kassir tomonidan imzolangandagina ijro uchun yaroqli hisoblanadi.
22. Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun toʻliq rasmiylashtirilgan boshlangʻich hisob hujjatlari asos boʻlib xizmat qiladi.
23. Boshlangʻich hisob hujjatlari ayrim xoʻjalik operatsiyalarini rasmiylashtirishga moʻljallangan bir martalik yoki maʼlum bir davrdagi bir xil xoʻjalik operatsiyalarini rasmiylashtirishga moʻljallangan bir guruh hujjatlar boʻlishi mumkin.
24. Boshlangʻich hisob hujjatlari xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib boʻlinganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan boʻlsa, tegishli boshlangʻich hisob hujjati rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
25. Boshlangʻich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: tashkilotning nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy, xoʻjalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor oʻlchovi (natura va pulda ifodalangan holida) va masʼul shaxslarning shaxsiy imzolari.
26. Tashkilotlarda boshlangʻich hisob hujjatlari qonunchilikda belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida tuzilishi mumkin. Bunda, elektron hujjatlar qonunchilik talablariga toʻliq rioya qilingan holda va boshlangʻich hisob hujjatlarining asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega boʻlishi shart.
27. Boshlangʻich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning oʻz vaqtida toʻgʻri va aniq tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda tashkilot buxgalteriyasiga topshirilishiga javobgar.
28. Moddiy qimmatliklarni xarid qilishga doir hujjatlarda moddiy javobgar shaxsning bu qimmatliklarni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa, ishni qabul qilganlik toʻgʻrisida tegishli shaxslarning imzosi boʻlishi kerak.
29. Hujjatlardagi yozuvlar siyoh bilan yoki sharikli ruchka, kimyoviy qalam bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikalari vositasida yoziladi.
30. Boshlangʻich hisob hujjatlarida oʻchirish, qirish va izohlanmagan tuzatishlarga yoʻl quyilmaydi.
Boshlangʻich hisob hujjatlarida yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish notoʻgʻri yozilgan matn yoki summani ustidan chizib oʻchirish va uning ustiga toʻgʻri matn yoki summaning yozib qoʻyish yoʻli bilan bajariladi. Notoʻgʻri yozuvni oʻchirishda uning ustidan ingichka chiziq bilan (keyinchalik uni oʻqish mumkin boʻlishi uchun) chizib qoʻyish kerak. Boshlangʻich hisob hujjatidagi barcha xatolarni tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatish kiritilgan sana koʻrsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar va oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimi va chiqimi boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr (mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasi) bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlangʻich hisob hujjatlarning rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.
32. Pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarini saqlashga javobgar boʻlgan shaxslar bilan belgilangan tartibda ularning shaxsan toʻliq moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi.
33. Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlangʻich hisob hujjatlarining qonunchilikka muvofiqligi (boshlangʻich hisob hujjatlarining toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilishi, barcha rekvizitlarining mavjudligi, ayrim koʻrsatkichlarning bir-biri bilan mantiqan bogʻlanganligi va boshqalar) tekshirilishi shart.
34. Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqini hisoblab yozish uchun asos boʻlgan hujjatlar shtamp yoki qoʻlda yozish yoʻli bilan “Olindi” yoki “Toʻlandi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatilgan holda yopilishi kerak.
35. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi boʻyicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order — kassa operatsiyalari boʻyicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi);
2-memorial order — budjet mablagʻlarining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi);
3-memorial order — budjetdan tashqari mablagʻlar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasi);
5-memorial order — ish haqi va stipendiyalar boʻyicha hisob-kitob varaqalari yigʻindisi, 405-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasi);
6-memorial order — turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasi);
8-memorial order — hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasi);
9-memorial order — asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga koʻchirilishi boʻyicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasi);
11-memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasi);
12-memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasi);
13-memorial order — materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasi);
15-memorial order — taʼlim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha qaydnoma, 406-son shakl (mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasi).
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari boʻyicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) (mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasi) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
36. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) ushbu Yoʻriqnomaning 35-bandida keltirilgan doimiy raqamlar berilib koʻrsatiladi.
37. Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir boʻlishiga qarab, ammo boshlangʻich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
38. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning oʻrinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.
39. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da (mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasi) roʻyxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot boʻyicha yuritiladi.
“Bosh-jurnal kitobi” oʻtgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni koʻchirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order — jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab “Order boʻyicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar boʻyicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order boʻyicha summa” qatorining jamiga teng boʻlishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot boʻyicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
40. Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
Har bir buxgalteriya daftarida unga yozishdan oldin barcha betlari (varaqlari) raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomoniga bosh hisobchining imzosi bilan quyidagi yozuv yozib qoʻyiladi: “Ushbu daftarda hammasi boʻlib ____ bet (varaq) raqamlangan”. Kassa daftari (440-son shakl) (mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasi), undan tashqari, shnur bilan tikilgan va surgʻuchli muhr bilan muhrlangan, varaqlar soni esa, tashkilot rahbari va bosh hisobchining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Har bir daftar ustiga tashkilotning nomi va daftar ochilgan hisobot yili yozib qoʻyiladi. Daftarda unga ochilgan subschyotlarning mundarijasi boʻlishi kerak. Yozuvlar daftarning boshqa betiga oʻtkazilganda mundarijada shu subschyot boʻyicha yozuvning oʻtkazilganligi, yangi betlarning raqami koʻrsatilgan holda belgilab qoʻyiladi.
Buxgalteriya daftarlarida yil tugagandan keyin boʻsh varaqlari koʻp boʻlsa, kelgusi yil operatsiyalarini yozish uchun ham foydalanilishi mumkin.
41. Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir subschyot uchun alohida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida (mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasi) roʻyxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi boʻyicha inventar kartochkalar roʻyxatida (mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasi) roʻyxatga olinadi.
Kartochkalar kartotekalarda, subschyotlarga, ularning ichida moddiy javobgar shaxslarga boʻlingan holda saqlanadi.
42. Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
43. Boshlangʻich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi taʼminlaydi.
44. Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning roʻyxati AV-10 son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar (mazkur Yoʻriqnomaning 18, 19 va 20-ilovalari) boʻyicha oxirgisining ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi boʻlgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu roʻyxatsiz arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan inventarning nomi koʻrsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi.
45. Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlangʻich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylanmalarning jami hisoblanadi va subschyotlar boʻyicha qoldiq chiqariladi.
46. Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar quyidagi tartibda tuzatiladi:
balans topshirgunga qadar shu hisobot davrida aniqlangan, memorial order maʼlumotlarining oʻzgarishini talab qilmaydigan xatolar ana shu xato yozilgan yozuv yoki matnning ustidan ingichka chiziq bilan oʻchiriladi (oʻchirilgan yozuvni oʻqish mumkin qilib) va uning ustiga yangi, toʻgʻri matn (yozuv) yoki summani yozib qoʻyish yoʻli bilan tuzatiladi. Bir vaqtning oʻzida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh hisobchining imzosi bilan “Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi koʻrsatiladi;
balans topshirish vaqtiga qadar memorial orderga oʻtib ketgan xato yozuv uning xarakteriga qarab qoʻshimcha memorial order bilan yoki “Storno” usulida tuziladi;
balans topshirilgan hisobot davridagi hisob registrlari yozuvlarida aniqlangan xatolar ham mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan usulda tuzatiladi. Xatoni tuzatishga doir qoʻshimcha yozuvlar, shuningdek “Storno” usuli bilan qilinadigan tuzatishlar mazkur xato aniqlangan hisobot davrida tuzilgan memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu memorial orderlar odatdagi rekvizitlardan tashqari, mazkur memorial order bilan tuzatiladigan memorial orderning raqami va sanasiga ishora qilinadi. Mazkur memorial orderni tuzish uchun 433-son shakldagi buxgalteriya maʼlumotnomasi (mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasi) asos boʻlib xizmat qiladi.
47. Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining toʻgʻriligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har bir guruhi boʻyicha aylanma qaydnomalar (M-44-son shakldagi material zaxiralar boʻyicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar boʻyicha aylanma qaydnoma) (mazkur Yoʻriqnomaning 22, 23 va 24-ilovalari) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl “Bosh-jurnal kitobi”dagi mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni boʻyicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar boʻyicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak boʻlgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin.
48. Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil boshiga qoldiq summalari oʻtgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga toʻla mos ravishda yoziladi.
Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan boʻlsa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma koʻrsatmasiga asosan bu tuzatishlar oʻtgan yilgi hisob registrlariga ham, joriy yil registrlariga ham (kirim qoldiqlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) kiritib qoʻyiladi.
49. Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order — jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha koʻp boʻlmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri — yil va oy, memorial orderning boshlangʻich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qoʻyiladi.
50. Tashkilotlardan boshlangʻich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
51. Agar hali toʻliq rasmiylashtirilmagan hujjatlar tomi (tikilmagan, raqamlanmagan va h.k) olinayotgan boʻlsa, hujjatlarni olayotgan organ vakilining ishtirokida tashkilotning mansabdor shaxslari bu tomlarni rasmiylashtirishlari (roʻyxat qilishi, varaqlarni raqamlashi, shnurlashi, muhrlashi va oʻz imzolari bilan tasdiqlashlari) lozim yoki olinayotgan hujjatlarning roʻyxatini tuzib (har bir hujjatdagi varaqlar sonini koʻrsatgan holda), uni oʻzlari va hujjatlarni olayotgan organning vakili imzolashlari lozim.
52. Boshlangʻich hisob hujjatlari yoʻqolib qolgan hollarda tashkilot rahbari buyruq bilan yoʻqolish sabablarini tekshirish uchun komissiya belgilaydi.
Zarur boʻlgan hollarda komissiya ishida qatnashish uchun boshqa davlat organlarining vakillari taklif qilinadi. Komissiya ishining natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va bir nusxasi yuqori tashkilotga yuboriladi.
53. Moddiy qimmatliklar, pul mablagʻlari, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (ruyxat raqami 3548, 2024-yil 12-avgust).
54. Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat va kontingentlar boʻyicha rejaning bajarilishi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotlarni tuzadilar va topshiradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
55. Tashkilotlar buxgalteriya hisobini tashkil qilishni hamda yuritishni ushbu Yoʻriqnoma va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda avtomatlashtirilgan holda tashkil qilishlari mumkin.
II boʻlim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
57. Tashkilotlar buxgalteriya hisobini mazkur Yoʻriqnomaning 25-ilovasiga muvofiq, Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga (keyingi oʻrinlarda schyotlar rejasi deb yuritiladi) asosan yuritadilar.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda ushbu schyotlar rejasini oʻzgartirilishiga yoki schyotlar rejasida keltirilmagan schyotlarni yoki subschyotlarni qoʻllagan holda buxgalteriya hisobining yuritilishi taqiqlanadi.
60. 01 “Asosiy vositalar” schyotida tashkilotlarning barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilgan asosiy vositalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlar umumlashtiriladi.
61. Asosiy vositalar — qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin boʻlgan moddiy aktivlardir.
62. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga oʻtishi (koʻchishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir obyektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va toʻgʻri foydalanishi ustidan nazorat qilinishini hujjatlarda toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda hisob registrlarida oʻz vaqtida aks ettirilishini taʼminlashi kerak.
63. Tashkilotlar oʻzlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qatʼi nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega boʻlgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.
64. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qoʻshimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, oʻquv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
Qiymati va xizmat muddatidan qatʼi nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xoʻjaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.
65. Koʻp yillik koʻchatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
66. Xizmat muddati va qiymatidan qatʼi nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moʻljallangan, maqsadli yoʻnaltirilgan asboblar va moslamalar);
maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
koʻrpa-toʻshak anjomlari;
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qoʻyiladigan asboblar va boshqalar);
oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
tiklanishi boʻyicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar moslamalar va qurilmalar;
bir yildan kam foydalanish muddatiga ega boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;
ov qurollari (trallar, toʻrlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar.
Ushbu yuqorida keltirilgan moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi.
68. 010 “Turarjoy imoratlar” subschyotida toʻliq yoki asosan turarjoy uchun belgilangan binolar (turarjoy binolarining umumiy foydali maydoni, barcha maydonning 50 foizidan kam boʻlmagan) hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda tashkilotlarning balansida boʻlgan va oʻz xodimlarining, jumladan harbiy xizmatchilarning yashashi uchun foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi.
69. 011 “Noturar joy imoratlar” subschyotida turarjoy boʻlmagan barcha imoratlar, jumladan, ishlab-chiqarish xoʻjalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy-madaniy (oʻquv yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha taʼlim muassasalari, kutubxonalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va boshqalar) va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi.
70. 012 “Inshootlar” subschyotida quyidagilar hisobga olinadi: vodokachkalar, stadionlar, basseynlar, yoʻllar, koʻpriklar, yodgorlik-haykallari, parklar, xiyobonlar va jamoat bogʻlarining, shuningdek tashkilotlarning toʻsiqlari va boshqalar.
Bundan tashqari, ushbu subschyotda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur oʻtkazgichlar (ularga tegishli barcha oraliq moslamalari bilan), transformatsiya (oʻzgartirish) va quvur oʻtkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni isteʼmolchilarga yetkazish uchun energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning, gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarning binolari 011 subschyotda, ularning jihozlari esa, 013 subschyotda hisobga olinadi.
71. 013 “Mashina va jihozlar” subschyotida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish mashinalari va jihozlar, oʻlchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:
1) kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, yaʼni, harakat energiyasiga aylantirib beruvchi mashina dvigatellar;
2) ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy taʼsir koʻrsatishga hamda ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi yordamida joydan-joyga koʻchirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar;
3) oʻlchov asboblari — dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik oʻlchagichlar, galvanometrlar, geodeziya asboblari, gidroskoplar, indikatorlar, kompaslar, monometrlar, xronometrlar, maxsus tarozilar, oʻlchagichlar, kassa apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv oʻlchash asboblari va boshqalar;
4) tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, markazlashtirish, blokirovka qilish apparaturalari, dispetcherlik nazorati liniyasi moslamalari va boshqalar;
5) laboratoriya jihozlari — pirometrlar, regulatorlar, kalorimetrlar, nam oʻlchagich asboblari, tutish kublari, laboratoriya kopralari, gaz oʻtkazmaslikni sinash uchun moʻljallangan asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, surib oluvchi shkaflar va shu kabilar;
6) hisoblash texnikasi — elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va unga qoʻshimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash mashinalari) va boshqalar;
7) meditsina jihozlari — meditsina jihozlari (tish davolash kreslolari, operatsiya stollari, maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizenfeksiyalovchi va dezinseksionlovchi maxsus jihozlar, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stansiyalarining jihozlari va boshqalar;
8) asbob-uskunalar — mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi mashinalarga biriktirib qoʻyilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, zarbberuvchi, presslovchi va zichlovchi qoʻl mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, siqilgan havo va shunga oʻxshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qoʻl mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini bajarishga va shunga oʻxshashlarga moʻljallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, boʻlgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini oʻrnatish uchun va kardanli valni aylantirish uchun moʻljallangan moslamalar) va boshqalar;
9) ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari — ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlari, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlarni saqlashga moʻljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va stelajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qoʻshib boʻlmaydigan texnika predmetlari;
10) xoʻjalik inventarlari — idora jihozlari, koʻchma baryerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yongʻinga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv mashinkalari, gektograflar, kopirograflar va boshqa apparatlar, koʻchma oʻtovlar, palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va boshqa xoʻjalik inventarlari va shuningdek, yongʻinga qarshi predmetlar — gidropultlar, stendlar, qoʻl narvonlari va h.k;
11) boshqa mashina va jihozlar — yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport anjomlari), oʻquv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, muzika asboblari, televizorlar, radioapparaturalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shugʻullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, oʻt oʻchirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar (muzlatkichlar), chang yutgichlar va boshqalar.
72. 015 “Transport vositalari” subschyotida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va yuklarni tashishga moʻljallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi:
1) temir yoʻl, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar, paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar, paroxodlar, dizel-elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, avtosamosvallar, avtotsisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar);
2) havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, vertolyotlar va boshqalar);
3) ot-aravalar (aravalar va boshqalar);
4) ishlab chiqarish transporti (elektrokaralar, mototsikllar, motorollerlar, velosipedlar, aravachalar va boshqalar);
5) sport transportining hamma turlari.
Bunda, yuk tortadigan va sport otlari hamda boshqa ish hayvonlari 019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida hisobga olinadi.
018 “Kutubxona fondi” subschyotida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim nusxalarining qiymatidan qatʼi nazar, hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va oʻquv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi.
73. 019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar hisobga olinadi:
1) koʻp yillik daraxtlar va ekinlar. Koʻp yillik daraxtlar va ekinlarga sunʼiy koʻp yillik koʻchatlar (ularning yoshidan qatʼi nazar), mevali koʻchatlarning hamma turlari (daraxt va butalar), koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar, muassasalar hududida turar joy uylarining hovlilaridagi koʻkalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil toʻsiqlar, qordan toʻsuvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirgʻoqlarini mustahkamlash uchun ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga oʻxshashlar, botanika bogʻlari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda oʻquv yurtlarining ilmiy maqsadlarga moʻljallangan sunʼiy daraxtlari va boshqa koʻp yillik sunʼiy daraxtlar (hamma turdagi yosh daraxtlar toʻliq yetilgan, yaʼni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga olinadi).
2) muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qatʼi nazar) davlat muzeylarida hisobga olinadigan muzey eksponatlaridan (sanʼat va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush madaniyati predmetlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega boʻlgan eksponatlardan) tashqari;
3) hayvonot bogʻlari va shunga oʻxshash muassasalardagi hayvonot olami eksponatlari (ularning qiymatidan qatʼi nazar);
4) sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kostumlari va milliy kostumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyabzallar, pariklar va boshqalar;
5) oʻquv kinofilmlar, magnit diskalar, kassetalar va boshqalar;
6) ish hayvonlari — otlar, hoʻkizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qoʻshib);
7) mahsuldor va zotdor mollar — sigirlar, buqalar, qoʻtoslar va buyvollar (ish hayvonlaridan tashqari), aygʻirlar va zotdor biyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), yilqida boqishga oʻtkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), bugʻular, choʻchqalar, qoʻylar, echkilar, qoʻchqorlar va boshqalar;
8) boshqa inventarlar (bolalar oʻyinchoqlari, maxsus changʻilar va boshqalar);
9) boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar.
75. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Sotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, tashkilotning oʻzida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning toʻliq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
76. Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga toʻlanadigan summalar;
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yigʻimlari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bogʻliq axborot va maslahat xizmatlari uchun toʻlangan summalar;
asosiy vositalarni yetkazib berish (qurish) xatarini sugʻurtalash boʻyicha xarajatlar;
asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga toʻlanadigan haqlar;
asosiy vositalarni oʻrnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
Tashkilotning oʻzida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) boʻyicha amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) boʻyicha aks ettiriladi.
Begʻaraz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya hisobida mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan joriy qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
77. Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini oʻzgartirishga asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat moʻljalining oʻzgarishi, oshirilgan ishlar koʻlami va sifatini yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim boʻlgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruksiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar obyektlarini qayta qurish kiritiladi.
Modernizatsiya qilishga ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.
78. Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni taʼmirlash (joriy, oʻrtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi.
Joriy taʼmirlash — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan taʼmirlashdir.
Oʻrtacha taʼmirlashda taʼmirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital taʼmirlash — agregatni toʻliq ajratib yigʻish amalga oshiriladigan taʼmirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini taʼmirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yigʻish, sozlash va sinab koʻrishdir.
Binolar va inshootlarni kapital taʼmirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini taʼmirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan taʼmirlashdir.
79. Asosiy vositalarda amalga oshirilgan joriy va oʻrta taʼmirlash xarajatlari va ularning dastlabki qiymatini oʻzgartirishga sabab boʻlmaydigan kapital taʼmirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining (keyingi oʻrinlarda iqtisodiy tasnif deb yuritiladi) tegishli kodlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) manbasi boʻyicha hisobdan chiqariladi.
Kutubxonalarning inventar fondiga kiritilgan kitoblar, darsliklar va boshqa nashrlar ularning dastlabki muqovalash qiymatlarini ham qoʻshib, dastlabki qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Kitoblarni taʼmirlash va tiklash, shu jumladan ikkinchi marta muqovalash xarajatlari kitoblarning qiymatini oshirishga kiritilmaydi va hisobotlarda iqtisodiy tasnifning tegishli kodlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) manbasi boʻyicha hisobdan chiqariladi.
80. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holdagi dastlabki qiymatidan belgilangan tartibda aniqlangan eskirish summasining farqi sifatida aniqlanadi.
81. Asosiy vositalarning hisobi, ular saqlanadigan joylar boʻyicha inventar obyektlariga hamda javobgar shaxslarga boʻlingan holda yuritiladi.
Tugallangan konstruktiv qurilmalar, unga qarashli barcha moslamalari va ashyolari bilan yoki maʼlum mustaqil funksiyani bajarish uchun moʻljallangan konstruktiv jihatdan ajratilgan predmetlar, yoxud maʼlum ishni birgalikda bajaruvchi konstruktiv jihatdan birlashtirilgan bir butun predmetlar guruhi alohida inventar obyekt hisoblanadi.
Har bir alohida turgan bino “Turarjoy imoratlar” va “Noturar joy imoratlar” subschyoti boʻyicha inventar obyekti hisoblanadi. Bino tarkibiga uni ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan bino ichidagi barcha kommunikatsiyalar: bino ichidagi isitish tizimi, isitish uchun zarur boʻlgan qozon qurilmalari bilan birgalikda (agar u bino ichida boʻlsa), ichki suv, gaz tarmoqlari va kanalizatsiyalar, barcha qurilmalari bilan, ichki kuch va yorituvchi elektr simlari va umumiy sanitariya ahamiyatiga ega boʻlgan ventilyatsiya qurilmalari, koʻtargich (lift)lar kiradi.
Agar binolar bir-biriga tutashgan va umumiy devorga ega boʻlsa, ammo ularning har biri oʻzicha mustaqil konstruktiv butunlikka ega boʻlsa, ular alohida inventar obyekt hisoblanadi.
Hovlidagi kichik imoratlar, toʻsiqlar va binolarga xizmat koʻrsatuvchi boshqa hovli inshootlari, bostirma, devor, quduq va boshqa binolar bilan birga bitta inventar obyektini tashkil etadi. Agar bu kichik imoratlar va inshootlar ikki va undan ortiq binolarga xizmat qilsa, ular mustaqil inventar obyekt hisoblanadi.
Binoga taqab tashqi tomonidan qurilgan mustaqil xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan imoratlar, qozonxonalarning alohida turuvchi imoratlari, shuningdek, hovlidagi kapital imoratlar (omborxonalar, garajlar va h. k.) mustaqil inventar obyekti hisoblanadi.
82. Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish va ularning hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar koʻp boʻlgan hollarda, ushbu belgilar soni ham koʻpaytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi.
Bunda, dastlabki uch belgi subschyotni bildiradi, toʻrtinchi va beshinchi belgi — guruhni, qolgan uch belgi esa, predmetning guruhdagi tartib raqamini bildiradi. Guruhlar ajratilmagan subschyotlar boʻyicha esa, toʻrtinchi va beshinchi belgi “Nol” bilan belgilanadi.
Masalan, 01000001 — inventar raqamida 010 “Turarjoy imoratlar” subschyotini, 001 — obyektning tartib raqamini bildiradi;
01310001 — inventar raqamida 013 “Mashina va jihozlar” subschyotini, 10-guruh — xoʻjalik inventari, 001 — predmetning tartib raqamini bildiradi.
Inventar obyekti murakkab boʻlgan hollarda, yaʼni u yoki bu ajratilgan elementlarni oʻz ichiga olganda, bitta yaxlitlikni tashkil etsa, ana shu elementlar har biriga ham ularni birlashtiruvchi asosiy obyektga qoʻyilgan inventar raqami qoʻyiladi.
Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamgʻaga belgilanadi yoki boʻyoq bilan obyektning oʻziga va boshqa usullar bilan belgilanadi.
Asosiy vositalar obyektiga berilgan inventar raqami asosiy vositaning ushbu tashkilotda boʻlgan barcha davri uchun saqlanib qoladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachilarda 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” nomli balansdan tashqari schyotda ijaraga beruvchilar tomonidan qoʻyilgan inventar raqami bilan hisobga olinadi.
83. Barcha asosiy vositalar tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarning masʼul javobgarligida boʻlishi kerak.
Asosiy vositalarni saqlash uchun moddiy javobgar boʻlgan shaxslar asosiy vositalarning inventar roʻyxatini (AV-13 son shakl) (mazkur Yoʻriqnomaning 26-ilovasi) yuritishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarning saqlanishini kuzatib boradilar va barcha oʻzgarishlar hisobini yuritadilar.
Moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning javobgarligida boʻlgan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi oʻtkaziladi va bu haqda qabul qilish — topshirish dalolatnomasi tuziladi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
84. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan asosiy vositalar tashkilotga (omborga) kelib tushganda tashkilot rahbari tomonidan tuzilgan doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan AV-1-son shakldagi budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida dalolatnoma (mazkur Yoʻriqnomaning 27-ilovasi) ikki nusxada tuziladi. Mazkur dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va unga ushbu asosiy vositaga tegishli boʻlgan barcha texnik hujjatlar (pasport, chizmalar va boshqalar) ilova qilinadi.
Agarda asosiy vositalar tashkilot ichida bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga oʻtkazilsa (yoki tashkilotning bir boʻlimidan ikkinchisiga berilsa) u holda AV-2-son shakldagi asosiy vositalarni ichki joydan-joyga koʻchirish boʻyicha yuk xati (mazkur Yoʻriqnomaning 28-ilovasi) toʻldiriladi.
85. Qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalar boʻyicha tugallangan ishlarni qabul qilish AV-3-son shakldagi qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish boʻyicha dalolatnoma (mazkur Yoʻriqnomaning 29-ilovasi) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma mazkur ishlarni amalga oshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
86. Asosiy vositalar ombordan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan 434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) (mazkur Yoʻriqnomaning 30-ilovasi) boʻyicha beriladi. Mazkur yuk xati (talabnoma) ikki nusxada yoziladi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, mazkur asosiy vositani bergan moddiy-javobgar shaxsda qoladi.
87. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
88. Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasi tegishligicha obyektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Tashkilotlar balansidan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa material qimmatliklarni sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
89. Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish toʻgʻrisida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari mazkur Yoʻriqnomaga 31-ilovaga asosan, budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaga 32-ilovaga asosan budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 33-ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud boʻlgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish boʻyicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar obyektlarining saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos boʻladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi.
Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga boʻlish va demontaj qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
90. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga koʻchirish operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada (9-memorial orderda) olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir hujjat boʻyicha yoziladi. Bunda, “Jami” ustunida (tikqatorida) yoziladigan hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga koʻchirilgan moddiy ashyolar summasi subschyotning debet boʻyicha summasiga teng boʻlishi kerak. Oyning oxirida subschyot boʻyicha natijalar “Bosh-jurnal kitobi”ga yoziladi.
91. Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekt (predmet) boʻyicha yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi boʻyicha inventar kartochkalar roʻyxatida xatlashdan oʻtkaziladi. Ushbu roʻyxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga boʻlib, kartochkalar ochilgan yilni koʻrsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh boʻyicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga koʻchirilganda xatlash roʻyxatining “Izoh” grafasida memorial orderning sanasi (kun, oy, yil) hamda raqami koʻrsatiladi.
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar boʻyicha hamda oʻz ichida moddiy javobgar shaxslarga boʻlingan holda joylashtiriladi.
92. AV-6-son shakldagi inventar kartochka turarjoy imoratlar (010 subschyot), noturar joy imoratlar (011 subschyot), inshootlar (012 subschyot), mashina va jihozlar (013 subschyot), transport vositalari (015 subschyot)ni hisobga olish uchun moʻljallangan. Inventar kartochkalarni yuritishdan maqsad asosiy vositalarning barcha tavsifini va ulardagi oʻzgarishlarni aks ettirishdan iborat.
Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida obyekt uchun ochiladi va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur obyekt uchun tayyorlovchi zavodning pasportlari, texnik va boshqa hujjatlari asosida toʻldiriladi.
Asosiy vositalar obyektiga ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq inventar kartochkada obyektning belgilari, yaʼni, obyektning inventar raqami, chizmasi, loyihasi, modeli, xili, markasi, zavod (yoki boshqa) raqami, chiqarilgan (tayyorlangan) sanasi, qabul qilish dalolatnomasining sanasi va raqami, dastlabki (tiklash) qiymati, xarid va qayta baholash hujjatlari boʻyicha eskirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Asbob-uskunalar, priborlar, hisoblash texnikasi, muzey qimmatliklari va boshqalar tarkibida qimmatbaho metallar bor boʻlsa, tarkibida qimmatbaho metall bor boʻlgan detallar roʻyxati, pasportda koʻrsatilgan detallarning nomi va metall ogʻirligi koʻrsatiladi.
Inventar kartochkaning orqa tomonida asosiy vositalarning kelib tushishi (obyektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida), joyining oʻzgartirilishi (asosiy vositalar obyektining ichki joylashishi joyini oʻzgartirish yukxati asosida), obyektlarning hisobdan chiqarilishi (asosiy vositalar obyektini (avtotransport vositalaridan tashqari) hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yoki avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida asosiy vositalar obyektining chiqib ketishida yoki hisobdan chiqarilishida) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, obyektning oʻziga xos qisqacha tavsifi, uni tashkil qiluvchi predmetlar roʻyxati va uning asosiy sifat hamda miqdor koʻrsatkichlari, shuningdek dalolatnomalar va ilova qilinadigan texnik hujjatlar maʼlumotlari asosida eng kerakli taqab qurilgan binolari, moslamalari va jihozlari keltiriladi.
93. AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 subschyot) hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (xarid qilish hujjatlari boʻyicha) ochiladi va unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamgʻasi, oti va h.k. koʻrsatilgan holda oʻziga xos tavsifi keltiriladi.
Koʻp yillik oʻsimliklar turi, oʻtqazilgan birliklar soni va maydoni koʻrsatilgan holda inventar obyektlari boʻyicha hisobga olinadi.
94. AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, texnik tavsifga ega boʻlgan asosiy vositalar obyektlarining bir xil guruhlari: kutubxona fondlari va sahnaga qoʻyish vositalarini hisobga olish uchun moʻljallangan. Kartochkadagi yozuvlar miqdor va summa ifodasida yozib boriladi.
Inventar kartochka asosiy vositalar obyektlari guruhlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalar obyektlarining ichki joylashish joyini oʻzgartirish yukxati asosida ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs boʻyicha yuritiladi. Obyektlarni hisobdan chiqarish hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati boʻyicha faqat pul ifodasida yuritiladi.
95. 01 “Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki qiymatining oshishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki qiymatining kamayishi) aks ettiriladi.
96. Sotib olingan asosiy vositalarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qoʻshimcha xarajatlar) hisobda 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati boʻyicha kirim qilinishi esa, 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetiga va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
97. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan begʻaraz olingan asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati boʻyicha 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu asosiy vosita boʻyicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur asosiy vositaning dastlabki qiymatini oshiradi va hisobda 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va amalga oshirilgan operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati boʻyicha kirim qilinishi 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetiga va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
98. Tashkilotning oʻzi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarining kirim qilinishi 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
99. Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditiga, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilinishi tovar-moddiy zaxiralarning hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va tovar-moddiy zaxiralar summasini mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati doirasida 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning kreditida (uni kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda), qoldiq qiymatidan oshgan summa esa, 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
100. Tashkilotlarda asosiy vositalarning sotilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
1) bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari);
asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02-schyotning tegishli subschyotlari debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi;
2) qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
dastlabki (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
asosiy vositalarning sotish qiymati 15 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida, bir vaqtning oʻzida tegishli budjet daromadiga hisoblangan summa 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
pul mablagʻlarining kelib tushishi 15 schyotning tegishli subschyotlarining kreditida va 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining debetida, budjetga hisoblangan summalarning oʻtkazib berilishi esa, 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining kreditida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi;
asosiy vositalarning sotilishidan koʻrilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa, asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
3) chet elda joylashgan tashkilotlarning asosiy vositalari (bino va inshootlardan tashqari):
dastlabki (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
asosiy vositalarning sotish qiymati 15 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
pul mablagʻlarining kelib tushishi 15 schyotning tegishli subschyotlarining kreditida va 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining debetida aks ettiriladi;
asosiy vositalarni sotish natijalari boʻyicha ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa, asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
101. Tashkilotlar tomonidan asosiy vositalar begʻaraz berilganda uning dastlabki (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
102. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash asosiy vositalarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
103. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
104. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda asosiy vosita budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilingan boʻlsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyotining debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
kamomad summasining hisobvaraqqa kirim qilinishi 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining debetida va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyotining kreditida;
mablagʻlarning budjet daromadiga oʻtkazib berilishi 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
105. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilingan boʻlsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatining hisobdan chiqarilishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, ushbu farq summa 170 subschyotning debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 subschyotning kreditida aks ettiriladi.
106. Agarda asosiy vosita budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga sotib olingan boʻlsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa asosiy vosita qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi budjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Ushbu mablagʻlar toʻligʻicha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
107. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan asosiy vositasi kamomad chiqqan asosiy vosita qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu asosiy vosita belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
108. Asosiy vositalarni chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan asosiy vositalarning qiymati operatsiya sodir etilgan (bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish yoki yetkazib berilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan) sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini soʻmga hisoblab oʻtkazish yoʻli bilan belgilanadi.
109. Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish, shuningdek, ijaradan tushgan mablagʻlarni hisobda aks ettirish qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchi tashkilotlarda balansdan (hisobdan) chiqarilmaydi, ijaraga oluvchilarda esa, mazkur asosiy vositalar 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” nomli balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
110. Asosiy fondlarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash — asosiy vositalar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat boʻyicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning boshlangʻich (tiklash) qiymati qayta baholangan hollarda qayta baholash oʻtkazilgan sanadagi ularning jamlangan eskirishi asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati oʻzgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan eskirish qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
111. Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining oshishi 01 schyotning tegishli subschyotlari debetida, hisoblangan eskirish summasining oshishi 02 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, 28 schyotning yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, hisoblangan eskirish summasining kamayishi 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va moliyaviy natijalarning kamayishi esa, mazkur asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, 28-schyotning yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
112. Tashkilotlar asosiy vositalarining eskirishi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlar asosiy vositalarining yillik eskirish meʼyorlaridan (keyingi oʻrinlarda eskirish meʼyorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
113. Bu schyotda tashkilot hisobida (balansida) turgan asosiy vositalarning eskirib borishi aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qoʻshib) va xoʻjalik inventarlari hamda foydalanish mumkin boʻlgan yoshga yetgan koʻp yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar boʻyicha aniqlanadi va hisobga olinadi.
114. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, zarur hollarda, oʻzlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi meʼyorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlardan oshmagan holda oʻrnatilgan tartibda belgilashlari mumkin.
Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan meʼyoriy koʻrsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu obyektning amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta koʻrib chiqadilar.
115. Begʻaraz olingan asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:
tashkilotlardan olinganlar uchun — amalda foydalanilgan muddatlarini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun — tashkilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan obyektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
116. Eskirish quyidagi asosiy vositalar boʻyicha aniqlanmaydi: arxitektura va sanʼatning noyob yodgorliklari boʻlgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan oʻquv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa koʻrgazmali qoʻllanmalar, mahsuldor qora mollar, qoʻtoslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bogʻi va shunga oʻxshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin boʻlgan yoshga yetmagan koʻp yillik koʻchatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qoʻyish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
117. Asosiy vositalar obyekti boʻyicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
119. Asosiy vosita obyektlari boʻyicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati toʻliq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi toʻxtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli toʻliq toʻxtatilgan hollar bundan mustasno.
120. Asosiy vosita obyektlari boʻyicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
121. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi oʻzgarishi mumkin.
122. Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari boʻyicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek obyektlarni eskirishining yillik meʼyori belgilangan tartibda oʻzgartirilayotgan boʻlsa, asosiy vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan toʻliq eskirish summasi alohida inventar obyektlari boʻyicha aniqlanadi.
123. Avval foydalanishda boʻlgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq oʻrnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi koʻrsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa tashkilotlardan begʻaraz olingan va avval foydalanishda boʻlgan asosiy vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyoti krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlari krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda boʻlgan obyektlar boʻyicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.
124. Kelgusida foydalanishga yaroqli boʻlgan alohida obyektlar qiymatining 100 foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning toʻliq eskirish hisoblanganligi sababli hisobdan chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
125. Tashkilotlar asosiy vositalariga eskirish hisoblash meʼyorlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
126. 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga boʻlingan holda aks ettiriladi:
020 “Turarjoy imoratlarning eskirishi”;
021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
025 “Transport vositalarining eskirishi”;
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet tomonida esa, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vositaning kirim qilish manbasidan hamda operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debeti boʻyicha va 02-schyotning tegishli subschyotlari krediti boʻyicha alohida memorial order (274-shakl) tuziladi.
127. Bu schyotda tashkilotlar oʻzlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʻlmagan mol-mulk obyektlari boʻlgan nomoddiy aktivlarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlar umumlashtiriladi.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilish va ularga nisbatan qoʻyiladigan talablar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
129. Sotib olingan, shuningdek tashkilotning oʻzida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining toʻliq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va oʻrnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Jumladan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga toʻlangan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar;
bojxona bojlari va yigʻimlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq axborot va maslahat xizmatlari uchun toʻlangan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga toʻlanadigan haqlar;
nomoddiy aktivlar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sugʻurtalash boʻyicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga koʻra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, sotib olish boʻyicha kontraktlarni tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir boʻlgan hisobot davrida haqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
Tashkilotning oʻzi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
130. Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini soʻmga hisoblab oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi.
131. Sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek yetkazib berish va boshqa qoʻshimcha xarajatlar) hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati boʻyicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetiga va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
132. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan begʻaraz olingan nomoddiy aktivlar hisobda mazkur nomoddiy aktivning buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati boʻyicha 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu nomoddiy aktiv boʻyicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur nomoddiy aktivning qiymatini oshiradi va hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivning qiymati boʻyicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetiga va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
133. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash nomoddiy aktivlarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
134. Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:
135. Yaroqsiz holatga kelishi munosabati bilan nomoddiy aktivlarning qiymatining hisobdan chiqarilishi 030 subschyotning kreditiga va nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi.
136. Tashkilotlar tomonidan nomoddiy aktivlarning begʻaraz berilishi hisobda 030 subschyotning kreditida va nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda toʻldiriladigan hujjat shakllaridan foydalaniladi.
137. Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 subschyotning kreditida va ushbu nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
138. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda nomoddiy aktiv budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilingan boʻlsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 subschyotning kreditida va ushbu nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
139. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda nomoddiy aktiv budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilingan boʻlsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 subschyotning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur nomoddiy aktivning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, ushbu farq summa 170 subschyotning debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 subschyotning kreditida aks ettiriladi.
140. Agarda nomoddiy aktiv budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga sotib olingan boʻlsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa nomoddiy aktiv qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi budjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va toʻligʻicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
141. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan nomoddiy aktivi kamomad chiqqan nomoddiy aktiv qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu nomoddiy aktiv belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
142. Nomoddiy aktivlar boʻyicha eskirish hisoblab yozilmaydi. Analitik hisob AV-6-son shakldagi inventar kartochkada hamda 326-son shakldagi asosiy vositalar boʻyicha aylanma qaydnomada yuritiladi.
2-§. Noishlab chiqarish aktivlari
143. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan kapital xarajatlar (noishlab chiqarish aktivlari) tashkilotlar tomonidan 04— “Noishlab chiqarish aktivlari” schyotida hisobga olinadi.
144. 04 “Noishlab chiqarish aktivlari” schyoti 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotidan iborat boʻlib, ushbu subschyotda noinventar tusdagi xarajatlarga kiruvchi (inshootlar qurilishi bilan bogʻliq boʻlmagan) yerni yaxshilashga doir kapital qoʻyilmalar, kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshiriladigan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yerning ustki qismini yaxshilashga doir madaniy-texnikaviy tadbirlar (yer uchastkalarini rejalashtirish, maydonlarni haydovga tayyorlash uchun kundakov qilish, dalalarni toshlar va xarsanglardan tozalash, suv havzalarini tozalash va boshqalar)ga oid kapital xarajatlar aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlarning amalga oshirilishi 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotining debetida va 15, 16, 17 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Har yili hisobot yilining oxirida mazkur xarajatlarning 10 foizi miqdoridagi summa haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Bunda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi (ushbu xarajatlarni amalga oshirish manbasidan kelib chiqqan holda) 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetida va 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
145. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarda tashkilotga tegishli boʻlgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq boʻlmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish-taʼmirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilgʻi va yonilgʻilar, ozuqa va yem-xashak, tara (idish)lar, qishloq xoʻjalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, oʻstiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, oʻquv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida boʻlgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va boshqalar hisobga olinadi.
147. Tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish javobgarligi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi. Bu shaxslarning almashinishi omborlarning inventarizatsiyasi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari tosh-tarozu jihozlari, oʻlchov asboblari, oʻlchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan taʼminlanishi lozim.
149. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi boʻyicha kiritiladi, u xarid qiymati (yetkazib beruvchiga toʻlanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
150. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
bojxona bojlari va yigʻimlari;
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan taʼminotchi va vositachi tashkilotlarga toʻlanadigan vositachilik haqi;
tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan texnik shartlarga muvofiq sinash boʻyicha xarajatlar;
tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni toʻlash boʻyicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sugʻurtalash boʻyicha xarajatlardan tashkil topadi;
tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, oʻtkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chogʻida valyutani konvertatsiyalash boʻyicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha kontraktlarni tayyorlash, roʻyxatdan oʻtkazish va yopish bilan bogʻliq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir boʻlgan hisobot davrida haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
151. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
152. Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yigʻiladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli boʻlgan partiyalari, guruhlari) oʻrtasida taqsimlanadi.
153. Tashkilot tomonidan begʻaraz olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
154. Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
155. Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zaxiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zaxiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
156. Tashkilotga tegishli boʻlmagan, vaqtinchalik tashkilotda foydalanishda boʻlgan shartnoma asosida masʼul saqlashga olingan tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 02 “Masʼul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar” schyotida shartnomada koʻrsatilgan qiymat boʻyicha hisobga olinadi.
157. Tovar-moddiy zaxiralar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan material zaxiralarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini soʻmga hisoblab oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi.
158. Buxgalteriyada budjet mablagʻlari yoki budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan sotib olingan (tayyorlangan) tovar-moddiy zaxiralarning hisobi miqdor va summa ifodasida materiallarning nomi, sotib olinish (tayyorlanish) manbalari va moddiy javobgar shaxslar boʻyicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da (mazkur Yoʻriqnomaning 34-ilovasi) hamda M-44-son shakldagi material zaxiralar boʻyicha aylanma qaydnomada yuritiladi.
Omborlardagi tovar-moddiy zaxiralarning hisobi moddiy javobgar shaxs tomonidan M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida (mazkur Yoʻriqnomaning 35-ilovasi) faqat nomi, navi va miqdori boʻyicha yuritiladi.
Buxgalteriya ombordagi material zaxiralarning kelib tushishi va sarflanishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatadi, shuningdek, materiallar hisobi boʻyicha oʻz yozuvlarini omborda olib boriladigan yozuvlar bilan solishtirib turadi.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi boʻyicha hisob registrlariga boshlangʻich hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) asosida ushbu material zaxiralar olingan kun (sana) bilan yoziladi. Boshlangʻich hisob hujjatlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, miqdori (ogʻirligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik haqidagi imzosi va h.k.lar.
Mahsulot yetkazib beruvchining hujjatlarida farq boʻlgan hollarda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnoma tashkilotdagi qabul qilish komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi, bu dalolatnomani tuzishda ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) va mahsulot yetkazib beruvchi tomon yoki manfaatdor boʻlmagan boshqa tashkilotlarning vakili qatnashishi shart.
Dalolatnomaning bir nusxasi qabul qilingan moddiy qimmatliklarni hisobga olish uchun, ikkinchi nusxasi esa, mahsulot yetkazib beruvchilarga daʼvo xati yuborishda foydalaniladi.
159. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish dalilini aniqlash paytida balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
sotish;
begʻaraz berish;
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va maʼnan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);
kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
160. Materiallarni ombordan berish tashkilot rahbari (yoki uning oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Materiallarni berish uchun quyidagi asosiy hujjatlar qoʻllaniladi:
434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) materiallarni ombordan berishda va materiallarni tashkilot ichida joydan-joyga koʻchirishda qoʻllaniladi. Talabnoma ikki nusxada yoziladi;
299-shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun menyu talabnoma (mazkur Yoʻriqnomaning 36-ilovasi) ombordan oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun qoʻllaniladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash meʼyori va taʼminlanuvchilarning soni haqidagi maʼlumotlar asosida har kuni tuziladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini berish va olish haqidagi mansabdor shaxsning tilxati bilan birga belgilangan muddatda (lekin oyiga uch martadan kam emas) tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi;
397-son shakldagi berilgan ozuqa va yem-xashak qaydnomasi (mazkur Yoʻriqnomaning 37-ilovasi). Ozuqa va yem-xashaklar ombordan belgilangan meʼyor doirasida beriladi;
410-son shakldagi tashkilot ehtiyoji uchun berilgan materiallar qaydnomasi (mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasi) oy davomida xoʻjalik materiallari, oʻquv va boshqa maqsadlar uchun materiallar berishda qoʻllaniladi. Bunda, qaydnomadagi yozuvlar xronologik tartibda emas, balki har bir material pulini yozish uchun maʼlum qatorlar qoldirilgan holda toʻldiriladi, bu esa, oy oxirida har bir material turi boʻyicha umumiy yakun chiqarish imkonini beradi.
431-son shakldagi zabor kartasi (mazkur Yoʻriqnomaning 39-ilovasi) materiallar va yonilgʻilarni kundalik berishda, shuningdek, oy davomida maʼlum muddatlarda berishda qoʻllaniladi. Zabor kartasi bir necha turdagi materiallarni maqsadga muvofiq sarflash uchun xar bir qabul qilib oluvchi nomiga yoziladi. Bu karta ikki nusxada yoziladi, bittasi qabul qilib oluvchining tilxati bilan birga omborxonada saqlanadi, ikkinchisi qabul qilib oluvchida saqlanadi.
Materiallar har kuni beriladigan boʻlsa, zabor kartasi 15 kunlik muddatga, vaqti-vaqti bilan beriladigan boʻlsa, bir oylik muddatga yoziladi. Materiallar va yonilgʻi qabul qilib oluvchi oʻz zabor kartasini koʻrsatgach, belgilangan limit doirasida beriladi. Limitda belgilanganidan ortiqcha materiallar 434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) boʻyicha beriladi. Yonilgʻilarni omborxonadan talabnoma yoki zabor kartasi boʻyicha berish mumkin boʻlmagan hollarda sarflangan yonilgʻilar qoldigʻini oʻlchash dalolatnomalari boʻyicha hisobdan oʻchiriladi.
Oʻlchash dalolatnomalari bilan yonilgʻining belgilangan sarflash meʼyorlari taqqoslanganda kamomad chiqsa, tashkilot rahbari ortiqcha sarflash sababini aniqlash tadbirlarini, tegishli hollarda esa, aybdor shaxslardan undirish choralarini koʻradi;
Yoʻl varaqasi sarflangan barcha turdagi yoqilgʻini hisobdan oʻchirish uchun ishlatiladi. Yoqilgʻi qancha sarf boʻlgan boʻlsa, shuncha hisobdan oʻchiriladi, bunda, sarflangan yoqilgʻi miqdori avtomobillarning markalari uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan meʼyorlardan ortiq boʻlmasligi kerak.
161. Tovar-moddiy zaxiralar ular sotib olingan bahoda (yetkazib berish va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan boʻlsa, oʻrtacha bahoda hisobdan oʻchiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
162. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
163. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va hisobda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditiga va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi.
164. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilingan boʻlsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
165. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilingan boʻlsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki tovar-moddiy zaxiralarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
166. Agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga sotib olingan boʻlsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa tovar-moddiy zaxiralar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi budjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va toʻligʻicha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
167. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan tovar-moddiy zaxiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
168. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:
169. 05 “Tayyor mahsulot” schyoti 050 “Tayyor mahsulot” subschyotidan iborat boʻlib, ushbu subschyotda tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan, qisman tashkilotning oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 050 “Tayyor mahsulot” subschyotining debetida 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga ortib joʻnatilgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob hujjatlari taqdim etilganda 050 “Tayyor mahsulot” subschyotining kreditidan 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yordamchi qishloq va oʻquv xoʻjaliklarining mahsulotlari ham hisobga olinadi. Yordamchi qishloq xoʻjalik va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining mahsulotlari rejadagi bahosi boʻyicha yil davomida hisobga olib boriladi.
Bu mahsulotlar kirimga olinganda 050 subschyotning debetiga va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Mahsulotlarni sotishda sotilgan mahsulotlarning rejadagi tannarxi 050 subschyotning kreditidan 200 subschyotning debetiga yoziladi. Tashkilot oʻzining ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotlari 050 subschyotning kreditiga va 06 schyotning tegishli subschyotlari debetiga yoziladi.
Mahsulotning rejadagi tannarxi yil oxirida, yillik hisobot kalkulyatsiyasiga asosan, haqiqiy tannarxi bilan muvofiqlashtiriladi. Agar yil davomida olingan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan yuqori boʻlsa, sotilmagan mahsulotlarga taalluqli boʻlgan qismida haqiqiy va rejadagi tannarxi oʻrtasidagi farq summasiga qoʻshimcha provodka qilinadi, bunda ushbu farq summa 050 subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida esa, 200 subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi.
Agar yil davomida olingan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan kam boʻlsa, u holda rejadagi va haqiqiy tannarxi oʻrtasidagi farq summasiga (tejalgan summaga) sotilmagan mahsulotlarga taalluqli boʻlgan qismida storno bilan (qizil siyoh bilan) buxgalteriya yozuvi qilinadi, yaʼni, ushbu farq summa 050 subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida esa, 200 subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi.
Tayyor mahsulotlarining analitik hisobi nomi, miqdori va qiymati hamda saqlanadigan joyi boʻyicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da alohida holda yuritiladi.
170. Bu schyotda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bogʻlash vositalari, yonilgʻi, yoqilgʻi-moylash materiallari, xoʻjalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan, ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy zaxiralar hisobga olinadi.
172. 060 “Qurilish materiallari” subschyotida qurilish va montaj ishlari jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi.
Qurilish materiallari sifatida silikat materiallar (sement, qum, shagʻal, ohak, tosh, gʻisht va boshq.) yogʻoch materiallar (xodalar, arralangan yogʻoch-taxtalar, fanerlar va sh.k.), qurilish metali (temir, tunuka, poʻlat, listli rux va sh.k.), metall buyumlar (mixlar, gaykalar, boltlar, halqali buyumlar va shu kabilar), sanitariya-texnika materiallari (jumraklar, muftalar va h.k.), elektrotexnika materiallari (kabellar, lampalar, patronlar, roliklar, shnur, sim va saqlagichlar va sh.k.), ximiyaviy-boʻyoq moddalari (boʻyoqlar, aliflar va sh.k.) va boshqa shu kabi materiallar hisobga olinadi.
Qurilish materiallarining analitik hisobi materiallarning nomi, miqdori va qiymati boʻyicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochka)sida yuritiladi.
173. 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” subschyotida tashkilotlardagi oziq-ovqat mahsulotlari hisobga olinadi. Kelib tushgan oziq-ovqat mahsulotlarining hisobi oziq-ovqat mahsulotlari kirimga olinadigan 300-son shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi boʻyicha jamlanma qaydnomada (mazkur Yoʻriqnomaning 40-ilovasi) yuritiladi.
Qaydnoma har bir moddiy javobgar shaxs boʻyicha alohida tuziladi. Qaydnomaga yozuvlar boshlangʻich hisob hujjatlar asosida miqdor va summa ifodasida yoziladi. Oy tugagandan soʻng qaydnomadagi raqamlarning jami hisoblab chiqiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sarfining hisobi oziq-ovqat mahsulotlari sarfi boʻyicha 399-son shakldagi jamlanma qaydnomada (mazkur Yoʻriqnomaning 41-ilovasi) yuritiladi. Bu jamlanma qaydnoma moddiy javobgar shaxslar boʻyicha yuritiladi. Unga yozuvlar 299-son shakldagi oziq-ovqat mahsulotlari berish uchun menyu-talabnoma va boshqa hujjatlar asosida yoziladi.
Oy tugagandan keyin qaydnomadagi raqamlarning jami hisoblab chiqiladi, bu esa, sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymatini aniqlashga xizmat qiladi. Bir vaqtning oʻzida taʼlim muassasalarida taʼminlanadigan bolalar soni bilan, davolash muassasalarida esa, bemorlar haqidagi maʼlumotlar bilan va boshqa maʼlumotlar bilan taqqoslanadi.
174. 411-son shaklda jamlanma qaydnomalardagi maʼlumotlaridan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa chiqim hujjatlari (kam chiqqan oziq-ovqat mahsulotlariga, bazaga qaytarishga va boshqalarga tuzilgan dalolatnomalar) yoziladi.
175. Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik hisobi ularning nomi, navi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar boʻyicha M-44-son shakldagi material zaxiralar boʻyicha aylanma qaydnomada yuritiladi. Aylanma qaydnomalarga yozuvlar 300 va 399-son shakldagi jamlanma qaydnomalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi va chiqimiga doir boshqa hujjatlar asosida yoziladi. Har oyda aylanma qaydnomalardagi aylanmalar hisoblab chiqiladi va oy boshiga qoldiq chiqariladi.
176. 062 “Dori-darmonlar va yarani bogʻlash vositalari” subschyotida kasalxonalardagi, davolash-profilaktika, davolash-veterinariya va xarajatlar smetalarida ushbu maqsadlar uchun mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan tashkilotlardagi dori-darmonlar, komponentlar, bakteriyali preparatlar, zardoblar, vaksinalar, qon va yarani bogʻlash vositalari va boshqa dori-darmonlar hisobga olinadi.
Bu subschyotda oʻz dorixonalariga ega boʻlgan meditsina tashkilotlaridagi yordamchi va dorixona materiallari ham hisobga olinadi.
177. 063 “Inventar va xoʻjalik jihozlari” subschyotida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xoʻjalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, choʻtka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xoʻjalik jihozlari hisobga olinadi.
Inventar va xoʻjalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori boʻyicha M-17-son shakldagi materiallarning ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berilishi 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) boʻyicha amalga oshiriladi.
Buyumlar ombordan berilayotganda tashkilotning, boʻlimning nomi, foydalanishga topshirilgan yili va oyi koʻrsatilgan markirovkali shtamp qoʻyiladi. Markirovka boʻyoq (yuvganda va kimyoviy vositalar taʼsirida oʻchmaydigan boʻlishi lozim) yordamida qilinadi yoki jeton bilan mahkamlanadi.
178. Singan idishlarni hisobdan oʻchirish uchun singan idishlarni roʻyxatga oladigan 325-son shakldagi singan idishlarni roʻyxatga olish boʻyicha kitob (mazkur Yoʻriqnomaning 42-ilovasi) yuritiladi. Kitobga yozuvlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan yoziladi. Doimiy ishlab turadigan komissiya kitobni toʻgʻri yuritilayotganligini nazorat qilib boradi va har chorakda (har oyda) singan idishlarni hisobdan oʻchirish dalolatnomasini tuzadi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
179. Xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va boshqa muassasalar omboridagi mavjud ich kiyimlar, koʻrpa toʻshaklar, kiyim-kechak va poyabzallar quyidagicha alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:
ich kiyimlar (koʻylaklar, xalatlar va shunga oʻxshashlar);
koʻrpa-toʻshaklar va koʻrpa-toʻshak buyumlari (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) va h.k;
kiyim-bosh va shaklli ust-bosh hamda maxsus kiyimlar (kostumlar, koftalar, yubkalar, kurtkalar, shimlar) va boshqalar;
poyabzallar, maxsus poyabzallar (botinkalar, etiklar, sandallar, piymalar va h.k.) bilan birga;
sport kiyimlari va poyafzallari (kostumlar, botinkalar) va h.k.
180. 063 subschyotning analitik hisobi predmetlarning nomi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar boʻyicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftarida (kartochkasida) yuritiladi.
181. 064 “Yonilgʻi, yoqilgʻi-moylash materiallari” subschyotida omborlarda, shuningdek, bevosita moddiy javobgar shaxslar ixtiyorida turadigan barcha turdagi yonilgʻi, yoqilgʻi - moylash materiallari (oʻtin, koʻmir, torf, benzin, kerosin, mazut, avtol va h.k.) hisobga olinadi.
182. 065 “Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari” subschyotida mashinalarning (tibbiyot, elektron-hisoblash va shu kabi) uskunalari, traktorlar, kombaynlar, transport vositalarining (motorlar, avtomobil shinalari, kamera va aylana shakldagi lentalar va shu kabilar) eskirgan qismlarini almashtirish va taʼmirlash uchun moʻljallangan ehtiyot qismlar hisobga olinadi.
Ehtiyot qismlarning analitik hisobi ehtiyot qismlarning nomi, turi, zavod bergan raqami, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Bunda, eskirganlarini almashtirish uchun ombordan berilgan avtomobil shinalari va pokrishkalari balansdan tashqari 12-schyotda hisobga olinadi hamda oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, olingan kuni va zavod raqami koʻrsatiladi.
183. 069 “Boshqa tovar-moddiy zaxiralar” subschyotida ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya sinovlari uchun uzoq muddat ishlatiladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar, oʻstiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, oʻquv, ilmiy va boshqa maqsadlarga moʻljallangan reaktivlar va ximikatlar, oyna va kimyoviy idishlar, metallar, elektr va radio materiallari, radiolampalar, fotobuyumlari, oʻquv dasturlari hamda qoʻllanma va ilmiy ishlarni nashr qilish uchun qogʻozlar, tajriba qilinadigan hayvonlar hamda oʻquv maqsadlari va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moʻljallangan boshqa materiallar, shuningdek, protez uchun ishlatiladigan qimmatbaho va boshqa tovar-moddiy zaxiralar hisobga olinadi.
Boshqa tovar-moddiy zaxiralarning analitik hisobi 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da materiallarning nomi, navi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar boʻyicha yuritiladi.
Yosh chorva mollarining analitik hisobi ularning turi va yosh guruhiga qarab, boʻrdoqiga boqilayotgan mollarning analitik hisobi esa, faqat turlariga qarab chorva mollarini hisobga olish daftari (395-son shakl)da (mazkur Yoʻriqnomaning 43-ilovasi) olib boriladi.
184. Sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qoʻshimcha xarajatlar) hisobda 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek yetkazib berish va boshqa qoʻshimcha xarajatlar) boʻyicha kirim qilinishi 06 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
185. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan begʻaraz olingan tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati boʻyicha 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga yoziladi va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha yetkazib berish va shu bilan bogʻliq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini oshiradi va hisobda 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari kreditiga yoziladi. Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boʻyicha kirim qilinishi 06-schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
186. Tovar-moddiy zaxiralar foydalanish jarayonida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Foydalanish jarayonida, shuningdek, begʻaraz berilishi munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralar qiymatining hisobdan chiqarilishi 06—schyotning tegishli subschyotlari kreditiga va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi.
187. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari boshqa tovar-moddiy zaxiralar sarfiga doir operatsiyalar hisobi 396-shakldagi materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnomada (13-memorial order) yuritiladi.
4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qoʻyilmalar
188. Mazkur boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha nomoliyaviy aktivlarga qoʻyilmalar hisobi keltiriladi:
190. 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotida qurilayotgan (taʼmirlanayotgan) obyektlarda oʻrnatish uchun moʻljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun moʻljallangan asbob uskunalar) hisobga olinadi.
Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yigʻilganidan soʻng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar oʻrtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan soʻng ishga tushiriladigan koʻtarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-oʻlchov apparatlari yoki oʻrnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yigʻish-oʻrnatish uchun moʻljallangan boshqa asboblar kiradi.
191. Ushbu subschyotda montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, oʻlchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni tegishlicha asosiy vositalar tarkibida aks ettiriladi.
192. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar tashkilotga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi hisobda 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi. Begʻaraz olingan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar esa, 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
193. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning inventarizatsiyasi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditiga va ushbu oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetiga yozish yoʻli bilan aks ettiriladi.
194. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda oʻrnatiladigan asbob-uskunalar budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilingan boʻlsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotining kreditida va ushbu oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetida;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
195. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda oʻrnatiladigan asbob-uskunalar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilingan boʻlsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining toʻlanishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
196. Agarda oʻrnatiladigan asbob-uskunalar budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga sotib olingan boʻlsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa oʻrnatiladigan asbob-uskunalar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi budjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinadi va toʻligʻicha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
197. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarining qiymati kamomad chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu oʻrnatiladigan asbob-uskunalar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
198. Montaj qilish uchun berilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar hisobda 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va 070 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
199. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash — ularning tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat boʻyicha aks ettiriladi.
200. Qayta baholash natijasida oʻrnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining oshishi 070 “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida oʻrnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining kamayishi 070-subschyotning kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
201. Bu subschyot boʻyicha analitik hisob jihozlar, konstruksiyalar va detallarning turi, miqdori va qiymati boʻyicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi
202. 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishdan qatʼi nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul roʻyxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
Agar qurilish xoʻjalik usulida olib borilayotgan boʻlsa, qilingan xarajat summalariga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va pul mablagʻlari, hisob-kitoblar, qurilish materiallari va oʻrnatiladigan jihozlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Agar qurilish pudrat usulida olib borilayotgan boʻlsa, u holda pudratchilar tomonidan qurilish ishlari bajarilgandan soʻng toʻlov uchun taqdim qilingan hisobvaraqlar (schyotlar) summasiga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti kreditlanadi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari dalolatnomalar asosida 01 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditiga yoziladi.
Bitkazilmagan hamda bitkazilib, lekin foydalanishga topshirilmagan (tegishli qabul qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilmagan) qurilish obyektlari va rekonstruksiyalar boʻyicha xarajatlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot boʻyicha keyingi yil balansiga oʻtkaziladi.
Tugallanmagan qurilish obyektlarining sotilishi (chet elda joylashganlaridan tashqari) 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va ushbu obyektni qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
203. Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining oshishi 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining kamayishi esa, 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
204. Xoʻjalik usulida amalga oshirilayotgan qurilishga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot boʻyicha qilingan xarajatlarning analitik hisobi xarajat elementlari (ish haqi, materiallar, boshqa bevosita sarflar va ustama xarajatlar)ga boʻlingan holda har bir obyekt boʻyicha alohida yuritiladi.
Pudrat usulida amalga oshirilayotgan qurilishga qilinayotgan xarajatlarning hisobi faqat obyektlar boʻyicha (elementlarga boʻlinmagan holda) yuritiladi.
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot boʻyicha analitik hisob qurilish ishlari xoʻjalik yoki pudrat usulida olib borilishidan qatʼi nazar, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning sarfi boʻyicha alohida holda olib boriladi.
205. 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotida asosiy vositalarni xarid qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va yigʻish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymati boʻyicha (sotib olish va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 01 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
206. Ushbu schyot 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotidan iborat boʻlib, unda nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki tashkilotning oʻzida yaratilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning qiymati boʻyicha (sotib olish va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetida va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
208. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotida ishlab chiqarish, yordamchi qishloq va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining buyum va mahsulotlarni tayyorlash, bosma mahsulotlarni nashr qilish va xizmat koʻrsatishi uchun rejalashtiriladigan xarajatlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarishga doir xarajatlar, eksperimental qurilishlarni tayyorlash xarajatlari, shuningdek, boshqa bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobga olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish hamda ishlar bajarishga qilinadigan xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
209. Oldindan (ijara, abonent toʻlovi va h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun toʻlovlar va boshqalar) tashkilot xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning toʻlangan muddatidan qatʼi nazar qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida kiritiladi.
210. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debeti boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shuningdek, yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralar, mehnatga haq toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi. Taqsimlanadigan xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debetiga 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotining kreditidan hisobdan chiqariladi.
211. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining debetida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotdan 050 “Tayyor mahsulot” subschyoti yoki 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
212. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti boʻyicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini koʻrsatadi. Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari boʻyicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) yuritiladi (mazkur Yoʻriqnomaning 44-ilovasi).
213. 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu subschyot debetiga tovar-moddiy zaxiralarning hisob bahosi olib boriladi. Bunda, u yoki bu qimmatliklar qayerdan kelib tushganligi va tashkilotda materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga koʻra 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga xarid qilingan qimmatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi boʻyicha hisoblangan qiymati, tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
214. Tashkilotlar bu bobning schyotlarida budjet boʻyicha (tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan) moliyalashtirilgan mablagʻlarni, kassa va budjet (budjetdan tashqari) hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarining harakatini hamda akkreditivlar, pul ekvivalentlarini, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablagʻlarini hisobga oladilar.
215. Ushbu bobda keltirilgan schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablagʻlari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada — soʻmda, chet el valyutasini operatsiya amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank koʻchirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan sanadagi) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
217. Pul mablagʻlarini inventarizatsiya qilinishi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablagʻlari (pul ekvivalentlaridan tashqari) tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va hisobda pul mablagʻlari belgilangan tartibda kirim qilinishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetida va 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Ushbu pul mablagʻlarini tegishli budjet daromadlariga oʻtkazib berilganda 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
218. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablagʻlarining kamomadi moddiy javobgar shaxslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
aniqlangan pul mablagʻlari kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilganda 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida;
kamomad summasi moddiy-javobgar shaxsdan undirilganda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Bunda, kirim qilingan pul mablagʻlari qatʼiy tartibda belgilangan maqsadga sarflanadi.
219. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
220. Bu schyotda tashkilotlar tomonidan budjetdan moliyalashtirish maqsadiga muvofiq holda xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtirib berilgan pul mablagʻlarining harakati va holati hisobga olinadi.
Tashkilotlarning budjet hisobvaraqlaridagi mablagʻlarining harakati boʻyicha operatsiyalar hisobi 381-shakldagi jamlanma qaydnoma (2-memorial order)da yuritiladi.
221. Agar tashkilot uchun bir nechta budjet hisobvaragʻi ochilgan boʻlsa, jamlanma qaydnomalar har bir budjet hisobvaragʻi boʻyicha alohida holda yuritiladi. Bunda, memorial orderlarga 2-a, 2-b, 2-v, 2-g va h.k. raqamlari beriladi. Operatsiyalarning hajmiga koʻra jamlanma qaydnomalar tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda, bankda bir necha budjet hisobvaragʻi mavjud boʻlsa, pul mablagʻlari harakatining hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida har bir hisobvaraq boʻyicha alohida holda yuritiladi.
Mazkur operatsiyalar boʻyicha analitik hisob xarajatlar tasnifining xarajatlar turlariga boʻlingan holda 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida (mazkur Yoʻriqnomaning 46-son ilovasi) alohida holda yuritiladi.
222. 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablagʻlari” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
100 Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari”;
101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari”.
223. Bu subschyotlarning debetiga moliyalashtirilgan mablagʻlar summalari va kassa xarajatlarini qayta tiklash uchun kelib tushgan summalar, kreditiga esa, tegishli maqsadlar uchun sarflangan budjet mablagʻlari va qaytarib olingan mablagʻlar summalari yoziladi.
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirib berilgan mablagʻlar budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” subschyotlarning debetiga hamda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditiga yoziladi. Xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarga kassa xarajatlarini tiklash uchun tushgan mablagʻlar 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” subschyotlarning debetiga va kassa, hisob-kitob, hisobdor shaxslar hamda boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bankdan olingan yoki hisobvaraqlardan toʻlov hujjatlariga asosan toʻlangan mablagʻlar summasi 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” subschyotlarning kreditiga va kassa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga yoziladi.
224. 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” subschyotida gʻazna ijrosiga oʻtilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablagʻlarning harakati hisobga olinadi.
225. 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari” subschyotida bosh mablagʻ taqsimlovchilar tomonidan qaramogʻidagi muassasalarga oʻtkazish uchun va markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun moʻljallangan mablagʻlar, shuningdek kapital qoʻyilmalar va boshqa tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun (kapital qoʻyilmalarning hisobi xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda yuritilgan hollarda) ajratilgan mablagʻlar harakati hisobga olinadi. Quyi mablagʻ taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga ochilgan va muassasalarni saqlash uchun, shuningdek, qaramogʻidagi muassasalarga oʻtkazish uchun moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobga olinadi.
toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlari;
oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlari;
budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari;
vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlari;
valyuta hisobvaragʻidagi mablagʻlari;
budjet mablagʻlari boʻyicha yuzaga kelgan oldingi yillardagi debitorlik qarzlarining joriy moliyaviy yilda tushgan mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy toʻlovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablagʻlari;
227. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablagʻlarning harakatiga doir operatsiyalarning hisobi 381-son shakldagi (3-memorial order) jamlanma qaydnomada yuritiladi. Tashkilotda bir necha hisobvaraqlar ochilgan hollarda jamlanma qaydnoma har bir hisobvaraq boʻyicha alohida yuritiladi. Bunda, memorial orderlarga 3-a, 3-b, 3-v, 3-g va h.k. raqamlari beriladi.
Operatsiyalarning hajmiga qarab jamlanma qaydnomalar tuzish talab qilinmaydigan hamda banklarda (gʻaznachilikda) bir necha hisobvaraqlari mavjud boʻlgan tashkilotlarda pul mablagʻlari harakatining hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida har bir hisobvaraq boʻyicha alohida holda yuritiladi.
Kassa xarajatlarining analitik hisobi 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi.
228. 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablagʻlar” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar”;
111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;
112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar”;
114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar”;
229. 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan taʼlim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan toʻlanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablagʻlari hisobga olinadi.
Mablagʻlarni ota-onalardan kirim qilinishi 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyotining debetida va 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati esa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
230. 111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi.
Oʻqitishning toʻlov kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobda 111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotning debetida va 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Mazkur mablagʻlarning ishlatilishi hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga va 111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
231. 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining hisobi yuritiladi.
Yuqoridagi mablagʻlarning kelib tushishi 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” subschyotining debetida va 10, 12, 15 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi.
Mablagʻlarning sarflanishi esa, 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” subschyotining kreditida va hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
232. 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar boʻyicha mablagʻlari hisobga olinadi.
Mazkur subschyotga kelib tushgan summalar 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining debetiga va 12, 15 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar” subschyotining kreditiga hisobvaraqdan naqd pul toʻlamasdan qilinadigan hisob-kitoblar yoʻli bilan toʻlangan summalar, hamda tashkilot kassasiga naqd olingan summalar aks ettiriladi. Bunda 12, 13, 15 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari debetlanadi.
233. 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va maʼlum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobga olinadi.
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar” subschyotining debetida va 155 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Belgilangan shart uchun berilgan yoki oʻtkazib berilgan summalar 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar” subschyotining kreditida va 155 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi.
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
234. 115 “Valyuta hisobvaragʻi” subschyotida chet el valyutasi boʻyicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi.
Tashkilot tomonidan budjet yoki budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan chet el valyutasini sotib olishda 115 “Valyuta hisobvaragʻi” subschyotining debeti va 10, 11 schyotlarning tegishli subschyotlari va boshqa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar krediti boʻyicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiradilar. Aksincha, chet el valyutasini milliy valyutaga sotishda esa, 10 va 11 schyotlarning tegishli subschyotlari va boshqa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debeti va 115 “Valyuta hisobvaragʻi” subschyot krediti boʻyicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi.
Chet el valyutasi boʻyicha mablagʻlarning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
235. 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalaridan kirim qilingan mablagʻlar va boshqa pul mablagʻlari hisobga olinadi.
Ushbu mablagʻlarning kelib tushishi 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari” subschyotining debetida va tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi, xarajati esa, 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari” subschyotining kreditida va 12 yoki 15 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
236. 12 “Kassa” schyoti 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyotlaridan iborat boʻlib, mazkur subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablagʻlarining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Kassa operatsiyalarining hisobini yuritish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
237. Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablagʻlarini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi (mazkur Yoʻriqnomaning 46-ilovasi) boʻyicha amalga oshiriladi.
238. Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablagʻlarining berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi (mazkur Yoʻriqnomaning 47-ilovasi) yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (toʻlov qaydnomalari, pul berish boʻyicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) boʻyicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari boʻlgan shtamp qoʻyilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablagʻlarini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi boʻlgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi boʻlishi shart emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar ular boʻyicha pul olinganidan yoki berilganidan soʻng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) koʻrsatilgan holda “Toʻlangan” shtampi qoʻyiladi yoki soʻz bilan yozib qoʻyiladi.
239. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular oʻrnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini roʻyxatga olish jurnalida (mazkur Yoʻriqnomaning 48-ilovasi) qayd etiladi. Ish haqini berish toʻlov (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin roʻyxatga olinadi.
240. Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablagʻlari boʻyicha alohida kassa daftari yuritiladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqogʻoz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan ikki nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan boʻlishi kerak, ular kassirning hisoboti boʻlib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.
Kassa daftarida oʻchirishlar va taʼkidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh hisobchining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat boʻyicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldigʻini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar koʻchirma nusxasini) topshiradi.
Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida kassa operatsiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son memorial order boʻyicha oylik aylanmalarning umumiy summasidan budjetdagi (budjetdan tashqari) hisobvaraqlar boʻyicha aylanmalar chiqarib tashlanadi.
Kassa daftarining toʻgʻri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
241. 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyotlar kassaga kelib tushgan summalarga debetlanadi va kassadan berilgan summalarga kreditlanadi. Agar xizmat koʻrsatiladigan tashkilotning uzoqda joylashganligi sababli toʻlov yoki hisob-kitob toʻlov vedomostini uch kun muddat ichida tashkilot kassasiga qaytarish imkoni boʻlmasa, unda ish haqi toʻlash hisobdor shaxs orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ish haqi toʻlash uchun zarur boʻlgan summa hisobdor shaxsga kassadan kassa chiqim orderi boʻyicha beriladi va 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotiga oʻtkaziladi.
Koʻplab boʻlinmalarga ega boʻlgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa toʻlovlarni toʻlashga kassirlardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrugʻi bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi shart.
Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa toʻlovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftari (mazkur Yoʻriqnomaning 49-ilovasi) yuritiladi.
242. Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur boʻlgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari oʻrniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish boʻyicha qaydnomadan (mazkur Yoʻriqnomaning 50-ilovasi) foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi koʻzda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi toʻlash hamda mayda xoʻjalik xarajatlari tashkilot buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi.
243. Bu schyotda akkreditivlar, yoʻldagi pul mablagʻlari va tashkilotlarning boshqa pul mablagʻlari hisobga olinadi. Bu schyot quyidagi subschyotlarga boʻlinib hisobda aks ettiriladi:
244. 130 “Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro tuzilgan shartnomalar asosida qoʻyilgan akkreditivlar summasi hisobga olinadi.
Akkreditivlar budjet mablagʻlari hisobidan ham, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ham qoʻyilishi mumkin. Akkreditivlarni rasmiylashtirish va ularning amal qilish muddatlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Akkreditiv qoʻyilganda 130 “Akkreditivlar” subschyoti debetlanadi hamda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning tegishli subschyotlar kreditlanadi. Foydalanilgan akkreditivlar summasi 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va boshqa subschyotlarning tegishlisini debetiga hamda 130 “Akkreditivlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Akkreditivlarning foydalanilmagan summalari pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning tegishli subschyotlari debetiga hamda 130 “Akkreditivlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
245. 130 “Akkreditivlar” subschyoti boʻyicha analitik hisob qoʻyilgan har bir akkreditiv boʻyicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi.
246. 131 “Yoʻldagi pul mablagʻlari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo moʻljallangan joyiga yetib bormagan pul mablagʻlari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablagʻlari, pul oʻtkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi.
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablagʻlarining harakati ustidan uzluksiz nazoratni oʻrnatish uchun bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul oʻtkazmalari va boshqa hollar 131 “Yoʻldagi pul mablagʻlari” subschyotning debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari kirim qilingandan keyin 131 “Yoʻldagi pul mablagʻlari” subschyoti kreditlanib, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.
Yoʻldagi pul mablagʻlarining analitik hisobi ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
247. 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli toʻlangan yoʻllanmalar, pochta orqali joʻnatilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablagʻlari boʻyicha operatsiyalardan alohida holda yuritiladi.
Pul ekvivalentlari sotib olinganda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining debetiga va pul mablagʻlari yoki hisob-kitoblar subschyotlarining kreditiga yoziladi.
Pul ekvivalentlari hisobdor shaxslarga berilganda 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetiga va 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditiga yoziladi.
Pul ekvivalentlarining (mehnat daftarchasi va boshqalarning) sotilishi tegishli pul mablagʻlari yoki hisob-kitoblar subschyotlarining debetida hamda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlarining hisobdan chiqarilishi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qatʼi hisobot blanklari boʻyicha daftarda (mazkur Yoʻriqnomaning 51-ilovasi) yuritiladi.
248. 140 “Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari” subschyotida tashkilotlarning vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarini banklarga depozitga qoʻyilishi aks ettiriladi.
Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarning banklarga depozitga qoʻyilishi 11 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 140 “Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari” subschyotining debetida aks ettiriladi. Ushbu mablagʻlarning tashkilot hisobvaraqlariga qaytarilishi esa, aksincha, 11 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 140 “Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Depozitga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha foiz koʻrinishidagi daromadlarning hisoblanishi 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu foiz koʻrinishidagi daromadlarning kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga depozitga qoʻyilishi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
249. Bu bobda keltirilgan schyotlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, budjet hamda ijtimoiy sugʻurta toʻlovlariga ajratmalar boʻyicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, taʼlim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Tashkilotlar oʻrtasida avans toʻlovlarini amalga oshirish, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
250. Debitorlik va kreditorlik qarzlar boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart.
251. Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari yoʻqligi tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda, ushbu qarzlar tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Qarzlarni qarzdorlarning toʻlovga qodir emasligi oqibatida hisobdan chiqarish qarzdorlikni bekor qilish emas. Bu qarzdorlik qarzdorning mulkiy ahvoli oʻzgargan taqdirda undirib olish imkoniga ega boʻlish maqsadida kuzatib borish uchun u hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida balansdan tashqari 05 schyotda koʻrsatilishi lozim.
252. Daʼvo muddati oʻtgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan amaldagi xarajatlarni oshirish boʻyicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun muddatda tegishli moliya organiga xabar qilinadi.
Daʼvo qilish muddati tugagan budjet mablagʻlari boʻyicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli budjet daromadiga daʼvo qilish muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak.
Bunda, daʼvo qilish muddati tugagan, budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotida daromad sifatida aks ettiriladi.
253. Daʼvo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
255. 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”;
152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”;
154 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar”;
155 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar”;
156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”;
159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”.
Ushbu subschyotlar boʻyicha analitik hisob budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida yuritiladi.
256. 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotida mol yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan moddiy va nomoddiy qimmatliklar, shuningdek kapital qoʻyilmalar hisobiga xarid qilinadigan qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, oʻrnatish uchun jihozlar, yetkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar, pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruksiyalar va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar olib boriladi.
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarda 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti debetiga qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar summasi yoziladi. Bunda, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi. Mol yetkazib beruvchilardan omborga kelib tushgan moddiy qimmatliklar summasiga moddiy qimmatliklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi, bunda, 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”subschyot kreditlanadi.
Agarda mol yetkazib beruvchilardan olingan moddiy qimmatliklar omborga kirim qilinmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri pudratchi tashkilotlarga berilsa, u holda 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti debetlanadi, bunda 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti kreditlanadi.
Pudratchilar bilan hisob-kitoblarda 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti debetiga bajarilgan qurilish-montaj va boshqa ishlar uchun oʻtkazilgan summalar va pudratchiga qurilish-montaj ishlari uchun berilgan konstruksiya va detallar, qurilish materiallarining summalari yoziladi. Bunda, 060 “Qurilish materiallari” va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Pudratchilarning bajargan qurilish-montaj ishlari summasiga yozuvlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotning debeti va 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotning krediti boʻyicha yoziladi.
257. 152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar va ishlab chiqargan mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonida xaridorlar va buyurtmachi tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitoblari aks ettiriladi.
Xaridor va buyurtmachilardan oʻzaro tuzilgan shartnomada belgilangan toʻlovlar kelib tushganda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti kreditlanadi. Bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib olinganda (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab joʻnatilganda 152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti debeti va 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
258. 154 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” subschyoti sugʻurta boʻyicha toʻlovlarga doir hisob-kitoblarni, jumladan, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻllaniladi.
Ushbu subschyotning kredit tomonida tashkilotlar tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summasi hamda sugʻurta majburiyatlari bilan bogʻliq boshqa majburiyatlarni hisoblanishi, debet tomonidan esa, hisoblangan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summalarini, shuningdek boshqa sugʻurta majburiyatlarining toʻlanishi (bajarilishi) aks ettiriladi.
Jumladan, ish beruvchining (tashkilotning) fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summasi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetida va 154 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Oʻtkazib berilgan summalar esa, 154 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” subschyotning debetida va tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditida aks ettiriladi.
259. 155 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va maʼlum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim boʻlgan summalar hisobi yuritiladi.
155 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar yoziladi, bunda 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar” subschyoti debetlanadi, bu subschyotning debetiga esa, belgilangan shart uchun berilgan yoki oʻtkazib berilgan summalar yoziladi, bunda 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar” subschyot kreditlanadi.
Depozit summalar analitik hisobi har bir oluvchi boʻyicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
261. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha pul hisoblab yozish bolalarning bogʻchaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi boʻyicha tabel asosida (mazkur Yoʻriqnomaning 52-ilovasi) haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Toʻlovlar bevosita maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻlanganda ota-onalarga toʻlanganlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvaragʻiga kirim qilinishi kerak.
Maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab-internatlari va boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi va toʻlov miqdorlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
262. Toʻlovlar hisoblanganda 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Ota-onalardan kelib tushgan mablagʻlarga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”subschyot kreditlanadi va 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyot debetlanadi.
Bolalar maktabgacha taʼlim muassasasidan chiqarib olingan taqdirda oldindan toʻlangan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarining koʻrsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha taʼlim muassasasi buxgalteriyasiga rahbarning koʻrsatmasi va bolalarning bogʻchaga qatnashining hisobi olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.
Qaytariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli bilan ham qaytarilishi mumkin. Qaytarilgan summa 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyotning kreditiga yoki 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyot kreditiga yoziladi. Bir vaqtning oʻzida 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debeti va 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyotning krediti boʻyicha storno provodkasi beriladi.
263. Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi taʼlim muassasalarida bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida (mazkur Yoʻriqnomaning 53-ilovasi) yuritiladi.
327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnoma tuziladi.
264. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha kelib tushgan toʻlovlar summasiga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatda haqiqiy boʻlgan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir tarbiyalanuvchi boʻyicha alohida holda 327-son shakldagi taʼlim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
265. Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha hisoblab yozilgan toʻlov summasiga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan toʻlovlar summasiga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari”, 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (toʻlov oʻrniga oziq-ovqat berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi taʼlim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
266. Bolalarni bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, shuningdek boshqa taʼlim muassasalarida oʻqitganlik uchun hisoblangan toʻlov summalariga 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.
Analitik hisob har bir badal toʻlovchi ota-onalar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
267. Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka koʻra kasalxonalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari boʻlmagan hollarda ularning xodimlariga toʻlov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan boʻlib, ana shu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” subschyot kreditlanadi.
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan toʻlangan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” yoki 110 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi koʻrsatiladi.
268. 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuqorida keltirilmagan barcha hollar boʻyicha debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi.
Shuningdek, ushbu subschyotda shtatda turmagan tarkibga (kompozitorlarga, artistlarga, mualliflarga) shartnoma boʻyicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni oʻqitadigan pedagoglarga toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari hisobga olinadi.
269. Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” schyoti
270. Bu schyotda tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq budjet bilan, shuningdek budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalarga doir, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari boʻyicha hisob-kitoblar hisobi va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi.
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlingan holda hisobda aks ettiriladi:
160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar”;
161 “Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar”;
162 “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar”;
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar”;
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar”.
271. 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida budjet bilan quyidagilar boʻyicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa toʻlovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va qonunchilikka koʻra budjet daromadiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summalar va boshqa budjet bilan hisob-kitoblar.
Budjet bilan hisob-kitoblar boʻyicha vujudga kelgan hisoblangan summalar 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga yoziladi, bunda 17, 25, 26, 27 va boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari debetlanadi. Tegishli summalar budjet daromadiga oʻtkazilganda 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetiga yoziladi, bunda, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Analitik hisob har bir turdagi hisob-kitoblar turlari boʻyicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
272. 161 “Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlovlarning hisobi olib boriladi.
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.
Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlovlar summasi 161 “Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida va haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi. Tashkilot tomonidan oʻtkazib berilgan toʻlovlar esa, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida va 161 “Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetida aks ettiriladi.
161 “Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar” subschyot boʻyicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
273. 162 “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari boʻyicha badallari hisobi yuritiladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari boʻyicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.
Tashkilot xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar hisoblanganda 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotning debeti va 162 “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning krediti boʻyicha aks ettiriladi. Hisoblangan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar oʻtkazib berilganda 162 “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Analitik hisob har bir shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni oʻtkazuvchi xodimlar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
274. 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurtasi va boshqa budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar boʻyicha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi.
Xodimlarning hisoblangan ish haqlaridan Pensiya jamgʻarmasiga ushlangan majburiy badallar summalari 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Oʻtkazib berilgan badallar summalari esa, 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyot debetida va tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditida aks ettiriladi.
Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan hisoblangan ajratmalar 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning kreditida va 211 “Davr xarajatlari” subschyotining debetida, oʻtkazib berilgan ajratma summalari esa, 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditida aks ettiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar va boshqa toʻlovlar hisoblanganda 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan tashkilot hisobvaragʻiga kelib tushgan summalarga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.
Analitik hisob budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni oluvchilar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
275. 169 “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarma, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi.
Ushbu budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga ajratmalarning hisoblanishi 211 “Davr xarajatlari” subschyotining debetida yoki amalga oshirilgan operatsiyalarning mazmunidan kelib chiqqan holda boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 169 “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Hisoblangan ajratma summalarining oʻtkazib berilishi tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar kreditida va 169 “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida aks ettiriladi.
276. Bu schyotda xodimlar bilan ish haqi, ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek, talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va oʻquvchilar bilan stipendiyalar boʻyicha olib boriladigan hisob-kitoblar va xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar hisobi yuritiladi.
278. 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotida kamomadlar, talon-toroj qilingan pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklar qiymati, shuningdek, aybdor shaxslar hisobiga yozilgan va oʻrnatilgan tartibda undirib olinishi lozim boʻlgan moddiy qimmatliklar qiymati va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar hisobi olib boriladi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Aniqlangan kamomadlar, talon-torojlar, nobudgarchiliklar va shu kabilar, agarda aybdor shaxsning hisobiga olib borilsa, 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga hamda pul mablagʻlari yoki moddiy qimmatliklar hamda boshqa tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi. 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga yetkazilgan zararni qoplash uchun tashkilotga kirim qilingan summalar yoziladi, bunda tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.
Bu subschyotning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da har bir aybdor shaxs boʻyicha ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qarzning vujudga kelgan sanasi hamda kamomad summasi koʻrsatilgan holda, shuningdek budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarga ajratilgan holda yuritiladi.
279. 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning xodimlari bilan ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari boʻyicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoki Pensiya jamgʻarmasi orqali toʻlanadigan tashkilotning xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari hisobot oyining oxirgi kunida 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari, jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarning hisoblanishi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231 “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar”, 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Toʻlangan ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari esa, 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” yoki boshqa tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarini oluvchilar va ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarining turlari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
280. 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotida hisobdor shaxslar bilan ularga naqd pul toʻlamasdan hisob-kitob qilish imkoni boʻlmaydigan xarajatlarga toʻlash uchun beriladigan avanslar boʻyicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi. Hisobi beriladigan avanslar faqat mazkur tashkilotda ishlaydigan shaxslargagina beriladi.
Xizmat safarlari boʻyicha operatsiyalar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
281. Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga moʻljallanganligi koʻrsatilishi kerak) tashkilot rahbarining buyrugʻi asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda koʻzda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini (mazkur Yoʻriqnomaning 54-ilovasi) tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi hamda mablagʻlarni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldigʻi hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan soʻng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi toʻliq qaytarilgandan soʻng yangidan avans beriladi.
Hisobi beriladigan summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldigʻi kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
282. Hisobdor shaxslarga berilgan summalarga 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi, 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyot kreditlanadi (agarda avans summalari xorijiy valyutada berilsa, 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyot kreditlanadi). Avansning sarf qilingan summasi va hisobi beriladigan summaning qaytarilgan qoldigʻi summasi 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga va tegishli subschyotlar debetiga yoziladi.
Shuningdek, ushbu subschyotda tashkilotning shtatlar jadvalida kassirlik lavozimlari belgilanmagan hollarda ish haqi va boshqa toʻlovlarni naqd pulda toʻlashi uchun javobgar shaxslarga berilgan naqd pul mablagʻlarining ham hisobi olib boriladi.
283. Hisobdor shaxslar bilan qilinadigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 386-son shakldagi hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnomada (8-memorial orderda) yuritiladi. Hisobdor shaxslarning soni unchalik koʻp boʻlmagan tashkilotlarda analitik hisob har bir hisobdor shaxs boʻyicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da olib borilishi mumkin. Bunda, analitik hisob budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
284. 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotning xodimlari bilan ish haqining barcha turlari, mukofotlar va boshqa mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa toʻlovlar oyiga bir marta hisoblab yoziladi va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi.
285. Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, boʻshatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish haqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga koʻchirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli (mazkur Yoʻriqnomaning 55-ilovasi) (keyingi oʻrinlarda tabel deb yuritiladi) va boshqa hujjatlar.
Tabellar tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot boʻyicha yoki tuzilmaviy boʻlinmalar (boʻlimlar, boʻlinmalar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqalar)ga boʻlingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
286. Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak boʻlgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga koʻra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish haqi, avans berish uchun toʻlov qaydnomasi (mazkur Yoʻriqnomaning 56-ilovasi) boʻyicha beriladi.
287. Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun toʻlash odatda, T–49-son shakldagi hisob-kitob toʻlov qaydnomasi (mazkur Yoʻriqnomaning 57-ilovasi) boʻyicha amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob toʻlov qaydnomasiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
288. Ishdan boʻshashda yoki taʼtilga ketishda qilingan hisob-kitoblar 425-son shakldagi taʼtil berish (ishdan boʻshash) boʻyicha hisob yozuvi (mazkur Yoʻriqnomaning 58-ilovasi) boʻyicha amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar boʻyicha hisoblangan summalar joriy oy uchun ochilgan hisob-kitob-toʻlov qaydnomalariga kiritiladi. Ishdan boʻshashda yoki mehnat taʼtiliga ketishda qilinadigan bunday hisob-kitoblar, hisob-kitob davri oraligʻiga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, toʻlovlar 389-son shakldagi toʻlov qaydnomasi yoki kassa chiqim orderlari orqali amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar orqali hisoblangan va toʻlangan summalar joriy oy hisob-kitob-toʻlov qaydnomalariga kiritiladi.
Hisob-kitob-toʻlov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi toʻlash uchun ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni toʻlashning belgilangan muddatlari tugashi bilan kassir:
toʻlov qaydnomasida ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlar toʻlanmagan shaxslar familiyasi toʻgʻrisiga shtamp qoʻyishi yoki qoʻlda “Deponentlangan” deb belgi qoʻyishi;
qaydnoma oxirida haqiqatda toʻlangan summa va ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlarni toʻlashning olinmagan, deponentlanishi kerak boʻlgan summasi toʻgʻrisida yozib qoʻyishi, ushbu summalarni toʻlov qaydnomasi boʻyicha umumiy yakun bilan solishtirishi va yozuvni oʻz imzosi bilan tasdiqlashi kerak. Agar pulni kassir emas, balki boshqa shaxs bergan boʻlsa, qaydnomaga qoʻshimcha ravishda “Pulni qaydnoma boʻyicha berdi (imzo)” deb yozib qoʻyiladi. Pulni kassir va tarqatuvchi bitta qaydnoma boʻyicha berishi man etiladi;
kassir kassa daftariga haqiqatda toʻlangan summani yozishi va qaydnomaga “ -son chiqim kassa orderi” shtampini qoʻyishi shart.
Buxgalteriya kassirlar tomonidan toʻlov qaydnomalariga qilingan belgilarni tekshiradi va ular boʻyicha berilgan hamda deponentlangan summalarni hisoblaydi. Deponentlangan summalar bankka topshiriladi va topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
289. Tashkilotda ish haqi hisoblash toʻlash boʻyicha maʼlumot olish uchun har bir xodim boʻyicha 417-son shakldagi kartochka-maʼlumotnomalar (mazkur Yoʻriqnomaning 60-ilovasi) yuritiladi.
290. Xodimlarga hisoblab yozilgan ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa toʻlovlar summalari 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga va haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261, 271 va boshqa tegishli subschyotlar debetiga yoziladi. Toʻlangan ish haqi va boshqa toʻlovlar summalari va tegishli tartibda ushlab qolingan summalar 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetiga hamda 120, 172, 160, 176 va boshqa tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi.
Hisobot oyining oxirgi kuni holatiga ish haqi hisobi boʻyicha 5-son memorial order tuziladi. Mazkur memorial orderga ish haqini hisoblab yozish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan barcha hujjatlar (ish vaqtidan foydalanish tabellari, ishga qabul qilinganlik, ishdan boʻshatilganlik haqidagi buyruqlardan koʻchirmalar va boshqa hujjatlar) ilova qilingan boʻlishi kerak.
Analitik hisob tashkilotning har bir xodimi boʻyicha alohida holda yuritiladi.
291. 174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotida oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining studentlari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda kurs tinglovchilari va boshqalar bilan stipendiyalar boʻyicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Stipendiyalarni hisoblab yozish va toʻlash hisob-kitob toʻlov qaydnomalarida oyiga bir marta buyruqlar asosida amalga oshiriladi. Hisoblab yozilgan stipendiyalarning summalari 174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditiga yoziladi, ushbu subschyotning debetiga esa ushlab qolingan summalar, berilgan va muddatida olinmagan stipendiyalarning summalari yoziladi.
Analitik hisob oʻquv muassasasining har bir stipendiya oluvchisi boʻyicha alohida holda yuritiladi.
292. 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotida taʼlim muassasalarida talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha va oʻquv jarayonida yuzaga keladigan boshqa hisob-kitoblar olib boriladi.
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarining hisoblanishi 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Toʻlov-kontrakt mablagʻlarining kelib tushishi esa, 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning kreditida va 111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir talaba boʻyicha alohida holda tashkil qilinadi.
293. 176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida ish haqidan ushlangan kasaba uyushma aʼzolik badallari (kasaba uyushma tashkilotlari bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi joriy etilgan hollarda), shuningdek, ish haqi, stipendiyalar va boshqa toʻlovlardan ijro varaqalari va boshqa hujjatlar boʻyicha ushlab qolingan summalar hisobga olinadi.
Kasaba uyushma aʼzolik badallarini ushlash kasaba uyushma aʼzolarining ulardan naqd pulsiz kasaba uyushmaga aʼzolik badallarini qabul qilish haqidagi yozma arizalari mavjud boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi. Ish haqidan kasaba uyushmaga aʼzolik badallarini toʻlash uchun ushlangan summalar 176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga va 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetiga yoziladi. Budjet (budjetdan tashqari) hisobvaragʻidan oʻtkazilgan summalar 176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar” subschyoti debetiga va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditiga yoziladi.
Ish haqi, stipendiyalar va boshqa toʻlovlardan ijro varaqalari va boshqa hujjatlar boʻyicha ushlab qolingan summalar 176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga hamda 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar”, 174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga yoziladi. 176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetiga budjet (budjetdan tashqari) hisobvaraqlardan oʻtkazilgan summalar yoziladi, bunda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Xodimlar bilan turli ushlanmalarning analitik hisobi xar bir xodim boʻyicha alohida holda 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
294. 177 “Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotida belgilangan muddat ichida olinmagan ish haqi, stipendiyalar va boshqa toʻlovlarga doir summalar hisobi yuritiladi.
Belgilangan muddat ichida olinmagan ish haqi, stipendiyalar va boshqa toʻlovlarga doir summalar 177 “Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar”, 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar”, 174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga yoziladi. Bunda, hisobvaraqqa topshirilgan mablagʻlar summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi hamda 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” subschyot kreditlanadi.
Toʻlangan deponent qarzlar summasiga “Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari” yoki 172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, daʼvo muddati oʻtib ketgan va tegishli budjet daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan budjet mablagʻlari boʻyicha yuzaga kelgan deponent qarzlar summasi 177 “Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotning debetiga yoziladi, bunda 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.
Daʼvo qilish muddati tugagan budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha yuzaga kelgan deponent qarzlar tegishli budjetdan tashqari mablagʻlarning daromadlarida aks ettiriladi. Bunda, 177 “Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va budjetdan tashqari daromadlarni hisobga oluvchi 242, 252, 262 va 272 subschyotlarning tegishlisi kreditlanadi.
Ish haqi va stipendiyalar boʻyicha deponentga oʻtkazilgan summalarning hisobi 441-son shakldagi deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi boʻyicha daftarda (mazkur Yoʻriqnomaning 61-ilovasi) yuritiladi.
295. 179 “Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotida xodimlar bilan qonunchilikka muvofiq boshqa turli masalalar boʻyicha yuzaga kelgan hisob-kitoblar, shuningdek, xodimlarning ish haqidan ularning savdo tashkilotlaridan kreditga olgan mollari uchun bergan topshiriq — majburiyatlari boʻyicha ushlab qolingan summalar, omonat kassalarga naqd pulsiz shaxsiy jamgʻarmaga oʻtkazish haqidagi yozma arizalari asosida ushlangan summalar, ijtimoiy sugʻurta tashkilotlari bilan tuzgan ixtiyoriy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini toʻlash haqidagi topshiriqnomalariga asosan ularning maoshlaridan ushlangan summalar, xodimlarning banklardan olgan ssudalariga doir operatsiyalar va boshqalar hisobga olinadi.
Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar boʻyicha analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) har bir xodim boʻyicha alohida holda olib boriladi.
296. 18 “Boshqa hisob-kitoblar” schyoti 180 “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar” subschyotidan iborat boʻlib, ushbu subschyotda yuqori mablagʻ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli boʻlgan muassasalar orasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir operatsiyalar hisobga olinadi.
297. Ushbu subschyot quyi mablagʻ taqsimlovchilar tomonidan, shuningdek yuqori mablagʻ taqsimlovchilar tomonidan ham qoʻllaniladi. Quyi mablagʻ taqsimlovchilar bu subschyotning kreditiga yuqori mablagʻ taqsimlovchilardan markazlashgan tartibda olingan moddiy aktivlar summalarini, shuningdek, boshqa hisob-kitoblar boʻyicha summalarni aks ettiradilar. Subschyotning debetiga esa, markazlashgan tartibda olingan moddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
298. Yuqori tashkilotlar ushbu subschyot debetida quyi tashkilotlarga markazlashgan tartibda tovar-moddiy qimmatliklarning berilishi va boshqa yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni aks ettiradilar. Subschyot debetida esa, quyi tashkilotlarga markazlashgan tartibda berilgan tovar-moddiy qimmatliklarning hisobdan chiqarilishini aks ettiradilar.
299. Tashkilotlarning mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilish boʻyicha, shuningdek mazkur mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayonida amalga oshiriladigan davr xarajatlari va taqsimlanadigan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
300. 20 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” schyotida tayyor mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, ishlab chiqarish (oʻquv) ustaxonalarining, yordamchi qishloq xoʻjalik va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining tayyor mahsulotlarini, shuningdek, tayyor bosma mahsulotlarini hamda tashkilotning asosiy vositalari va boshqa aktivlarining realizatsiya qilinishi hisobga olinadi.
301. 20 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi”;
201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi”.
302. 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotida tayyor mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, ishlab chiqarish (oʻquv) ustaxonalarining, yordamchi qishloq xoʻjalik va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining tayyor mahsulotlarini, shuningdek, tayyor bosma mahsulotlarini va boshqa mahsulotlar (ish, xizmatlar) realizatsiyasi hisobga olinadi.
303. 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotning kreditiga mahsulotlar (ish, xizmatlar)ning realizatsiya qilingan summalari yoziladi (oʻzaro tuzilgan shartnoma boʻyicha), bunda, 15 schyotning tegishli subschyotlari debetlanadi. Subschyot debetiga esa, realizatsiya qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi yoziladi, bunda 050 “Tayyor mahsulot” subschyot kreditlanadi. Agarda, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar realizatsiya qilinayotgan boʻlsa, ularning haqiqiy tannarxi 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotning debetida va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Realizatsiya natijalari (foyda yoki zarar) 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” yoki 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotlarning tegishlisiga oʻtkaziladi. Bunda, foyda summasiga 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyoti debetlanadi va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” yoki 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotlarning tegishlisi kreditlanadi. Aksincha, zarar summasiga 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” yoki 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotlarning tegishlisi debetlanadi va 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyot kreditlanadi. 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyot boʻyicha qoldiq qolmaydi.
Analitik hisob realizatsiya qilingan mahsulotlar turlari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
304. 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotida tashkilotning asosiy vositalari va boshqa aktivlarining realizatsiyasi hisobga olinadi. Ushbu aktivlarni realizatsiya qilish va realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotning kreditiga asosiy vositalar va boshqa aktivlarning realizatsiya qilingan summalari yoziladi (oʻzaro tuzilgan shartnoma boʻyicha), bunda 15 schyotning tegishli subschyotlari debetlanadi. Shuningdek, ushbu subschyotning kreditida realizatsiya qilingan asosiy vositalarning hisoblangan eskirish summalarining hisobdan chiqarilishi, bunda 02 schyotlarning tegishli subschyotlari debetlanadi.
Ushbu subschyotning debetiga esa, realizatsiya qilingan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning dastlabki (tiklanish) qiymati yoziladi, bunda mazkur aktivlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi. Shuningdek, ushbu subschyot debetiga realizatsiya qilingan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning realizatsiya summasidan tegishli budjetlar daromadlariga hisoblangan summalar ham aks ettiriladi, bunda 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.
305. Analitik hisob realizatsiya qilingan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning turlari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
21 “Boshqa xarajatlar” schyoti
306. 21 “Boshqa xarajatlar” schyoti quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
210 “Taqsimlanadigan xarajatlar”;
211 “Davr xarajatlari”.
307. Bir necha kalkulyatsiya obyektlari mavjud boʻlganda, yoki tashkilotning faoliyati bir nechta manbalardan moliyalashtirilganda, shuningdek amalga oshirilgan xarajatlarni qaysi mahsulot (ish, xizmat)larga tegishli ekanligini aniqlash murakkab boʻlgan hollarda ushbu xarajatlar 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotida hisobga olinadi. Ustama xarajatlar, aniq sharoitlarga qarab ayrim buyumlar, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining turi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari boʻyicha ishlab chiqarish ishchilarining, ilmiy xodimlarning va shu kabilarning ish haqlariga mutanosib ravishda yoki sarflangan materiallar yoki bevosita xarajatlar jamiga qarab taqsimlanadi.
Bunda, ustama xarajatlar 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotning kreditiga va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning (yoki boshqa tegishli subschyotlarning) debetiga yozib hisobdan oʻchiriladi (har bir mahsulot, ish yoki xizmatlar turlari boʻyicha).
308. 211 “Davr xarajatlari” subschyotida ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Sotish xarajatlari sifatida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish va boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Ishlab chiqarishni boshqarish boʻyicha xarajatlar va boshqa xarajatlar maʼmuriy xarajatlar boʻyicha hisobga olinadi.
Hisobot davrining oxirida 211 “Davr xarajatlari” subschyot 260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” yoki 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning tegishlisi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
309. Ushbu boʻlimda tashkilotlarning joriy yil mobaynida budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlari, barcha budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha daromadlari, shuningdek, ushbu mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hamda joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi.
Joriy yilga moliyaviy natijalar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
23 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
24 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
25 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
27 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”.
311. 230 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida tashkilotning budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan budjet mablagʻlari boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 231 “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlarning (amalga oshirilgan toʻlovlarni) hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyot debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga budjet mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalar 280 “Budjet mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
312. 231 “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi.
Budjet mablagʻlari boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 231 “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 231 “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha haqiqiy xarajatlar budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyot debetiga yozib, hisobdan oʻchirish yoʻli bilan yopiladi va subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Haqiqiy xarajatlarning analitik hisobi 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi.
313. 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotida budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlar, shuningdek gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlarda gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar summasi hisobga olinadi.
314. Bu subschyotning kreditida gʻazna ijrosiga oʻtilmagan tashkilotlarda budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, joriy yilda budjetga qaytarib olingan mablagʻlar summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul mablagʻlarini, budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi. Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablagʻlarning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablagʻlar summasiga 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi va 10 schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablagʻlar 10 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
315. Gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida gʻaznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining oxirida amalga oshirilgan toʻlovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga oshirilgan toʻlovlarni kamaytiradigan mablagʻlarni aks ettiradilar, bunda, debitor va kreditorlarni, budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
316. Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan budjet mablagʻlarni, shuningdek, amalga oshirilgan toʻlovlarni budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalarga yopilishi 230 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning kreditida va 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
318. 24 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
240 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”;
242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari”.
319. 240 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlarini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyoti debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha moliyaviy natijalar 281 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
320. 241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarda saqlaganligi (oʻqitganligi) uchun ularning ota-onalari bilan hisob-kitoblardan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha haqiqiy xarajatlar 240 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning debetiga yozib hisobdan oʻchirish yoʻli bilan yopiladi. Yil oxirida 241 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotda qoldiq qolmaydi.
Xarajatlarning analitik hisobi har bir xarajat turi va moddalari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
321. 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyotida ota-onalardan bolalarni taʼlim muassasalarida saqlaganlik uchun hisoblangan mablagʻlar hisobi yuritiladi.
Yil mobaynida hisoblangan badal summalariga 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot kreditlanadi va 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi. Yil oxirida 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot boʻyicha barcha hisoblangan mablagʻlar 240 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyot debetiga hisobdan chiqarish yoʻli bilan yopiladi. 242 “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Bu subschyot boʻyicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida yuritiladi.
322. 25 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
250 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”;
252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar”.
323. 250 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda, 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida hisoblangan taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyoti debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalar 282 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
324. 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi.
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar summasiga toʻgʻri keluvchi haqiqiy xarajatlar summasi (ushbu mablagʻlar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar) 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotidan hisobdan chiqariladi. Bunda, 285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” subschyoti debetlanadi va 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning kreditida va 250 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyoti debetida aks ettirish yoʻli bilan yopiladi.
Yil oxirida 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotda qoldiq qolmaydi.
325. 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotida taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan daromadlarning hisoblanishi aks ettiriladi.
326. Oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha mablagʻlarning hisoblanishi 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida, mablagʻlarning kelib tushishi 111 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotning debetida va 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
327. Yil oxirida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha barcha hisoblangan tushumlarning hisobdan chiqarilishi 250 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetida va 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida 252 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyot boʻyicha qoldiq qolmaydi.
328. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlarning analitik hisobi talabalarning kurslari (bosqichlari), fakultetlar (dekanatlar, oʻqish yoʻnalishlari), guruhlar, shuningdek talabalar (familiyasi, ismi, otasining ismi) boʻyicha alohida holda yuritiladi.
329. 26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga boʻlinadi:
260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”;
262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar”.
330. 260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha daromadlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyoti debetlanadi.
331. Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalar 283 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi.
332. 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobi yuritiladi.
333. Ushbu mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi.
334. Yil oxirida avvalo, iqtisod qilingan va budjetdan tashqari hisobvaraqqa oʻtkazilgan budjet mablagʻlari summasiga toʻgʻri keluvchi 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan haqiqiy xarajatlar mos ravishda 230 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning debetiga yozish yoʻli bilan yopiladi.
Shundan soʻng, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar summasiga toʻgʻri keluvchi haqiqiy xarajatlar summasi (ushbu mablagʻlar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar) 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotidan hisobdan chiqariladi. Bunda, 285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” subschyoti debetlanadi va 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning kreditida va 260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyoti debetida aks ettirish yoʻli bilan yopiladi. Yil oxirida 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotda qoldiq qolmaydi.
335. Analitik hisob amalga oshirilgan xarajatlarning xarajat moddalari va xarajat manbalariga (qaysi daromad yoki tushum hisobiga amalga oshirilishiga qarab) boʻlingan holda yuritiladi.
336. 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha daromadlar va tushumlarning hisobi yuritiladi:
budjet tashkilotlarining faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishidan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan kelib tushadigan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilgan homiylik (begʻaraz) yordam hisobidan tushumlar.
337. Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar)ning realizatsiya qilinishidan xaridor va buyurtmachilardan kelib tushadigan daromadlarning aynan oʻsha mahsulot (ish, xizmat)lar uchun sarflangan jami xarajatlardan (tannarxidan) oshgan qismi 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
338. Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishda oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasida belgilangan summaning har oyga (chorakka) toʻgʻri keladigan ulushi miqdoriga (har oyda yoki chorakda) 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotning debeti va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning krediti boʻyicha buxgalteriya provodkasi beriladi. Ijara shartnomasiga asosan kelib tushgan mablagʻlarga 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” subschyotning debeti va 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotning krediti boʻyicha yozuv amalga oshiriladi.
339. Tashkilotga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan homiylik (begʻaraz) yordam hisobda 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” subschyotning (agarda naqd pulda berilsa, 12 schyotning tegishli subschyotlari) debeti va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning krediti boʻyicha buxgalteriya provodkasi bilan aks ettiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk koʻrinishida berilgan begʻaraz yordam hisobda ushbu mol-mulklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
340. Yil oxirida 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettirilgan barcha daromadlar 260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kreditiga hisobdan chiqarish yoʻli bilan yopiladi va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyot boʻyicha qoldiq qolmaydi.
341. Daromadlarni hisobi boʻyicha operatsiyalarning analitik hisobi budjetdan tashqari mablagʻlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
343. 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida tashkilotning boshqa daromadlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda, 271 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida boshqa budjetdan tashqari daromadlarni va inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar summasining moliyaviy natijalarga yopilishi aks ettiriladi, bunda, 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlari debetlanadi.
344. Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga boshqa daromadlar boʻyicha moliyaviy natijalar 284 “Boshqa daromadlar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
345. 271 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan yuqorida keltirilgan manbalar boʻyicha qilingan haqiqiy xarajatlardan tashqari amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar, jumladan qonunchilikka muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi. Sarf qilingan materiallar, pul mablagʻlari va boshqa haqiqiy xarajatlar summalari yil mobaynida 271 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyot debetiga va tegishli subschyotlar kreditiga yoziladi. Yil davomida qilingan barcha haqiqiy xarajatlarning summasi yil oxirida 271 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyot kreditidan 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyot debetiga yozilib hisobdan oʻchiriladi. 271 “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotda yil oxirida qoldiq qolmaydi.
346. Xarajatlarning analitik hisobi maxsus mablagʻ turlari va xarajat moddalari boʻyicha 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi.
347. 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan hisobot yilida olingan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlari va tushumlarining hisobi yuritiladi.
Yuqoridagi tushumlar va daromadlarning hisoblanishi 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotning kreditida tegishli subschyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Yil oxirida 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotning kreditida aks ettirilgan barcha daromadlar va tushumlar 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning kreditiga hisobdan chiqarish yoʻli bilan yopiladi va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyot boʻyicha qoldiq qolmaydi.
349. 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotida tashkilotlarda oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan ortiqcha mol-mulklarning kirim qilinishi aks ettiriladi. Oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan ortiqcha mol-mulklarning kirim qilinishi 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyot kreditida, mol-mulklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida aks ettiriladi. Yil oxirida inventarizatsiya natijalariga koʻra aniqlangan ortiqcha mol-mulklar qiymatini moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilishi 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotning debetida va 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
351. 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” schyotida tashkilot faoliyatining yakuni boʻyicha moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Agarda, yil yakunlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natijalarini hisobga oluvchi subschyotlarda umumiy holda kredit qoldigʻining qolishi tashkilotning barcha aktivlarini (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasi tashkilot majburiyatlarining umumiy summasidan ortiq boʻlganligini, debet qoldigʻining qolishi esa, tashkilotning umumiy majburiyatlari summasi uning barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasidan ortib ketganligini bildiradi.
352. 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” quyidagi subschyotlarga boʻlingan holda aks ettiriladi:
280 “Budjet mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija”;
281 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija”;
282 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija”;
283 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija”;
284 “Boshqa daromadlar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija”;
285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar”.
353. 280 “Budjet mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 230 “Budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldigʻi hisobdan chiqariladi.
354. 281 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 240 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldigʻi hisobdan chiqariladi.
355. 282 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 250 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldigʻi hisobdan chiqariladi.
356. 283 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldigʻi hisobdan chiqariladi.
357. 284 “Boshqa daromadlar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 270 “Boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldigʻi hisobdan chiqariladi.
358. 285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” subschyotida tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning budjetdan tashqari olgan daromadlari uchun hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar summalari va ularning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi aks ettiriladi.
Agarda, qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar uchun berilgan imtiyozlar tufayli tejalgan (boʻshab qolgan) mablagʻlar tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ishlatiladi.
Ushbu subschyotning kreditida budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha belgilangan imtiyoz summasi aks ettiriladi, bunda, 160 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar”, 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar”, va 169 “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” subschyotlarning tegishlisi debetlanadi.
Ushbu mablagʻlar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar mos ravishda 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” va 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
Hisobot yilining oxirida mazkur subschyotlarda aks ettirilgan haqiqiy xarajatlar avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar summasiga toʻgʻri keluvchi qismi doirasida 285 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” subschyotining debetiga hisobdan chiqariladi, bunda, mos ravishda 251 “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” va 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotlari kreditlanadi.
359. Analitik hisob har bir soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan imtiyozlar boʻyicha alohida holda yuritiladi.
360. Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli boʻlmagan moddiy qimmatliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, javobgarlikda saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun olingan moddiy qimmatliklar), shuningdek, qatʼiy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yoʻllanmalar va boshqalar hisobga olinadi.
361. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi.
362. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobining toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida, belgilangan tartibda qoʻshimcha balansdan tashqari schyotlarni qoʻllashlariga ruxsat etiladi.
364. 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida boshqa tashkilotlardan shartnoma boʻyicha ijaraga olingan asosiy vositalar shartnomada nazarda tutilgan qiymatda hisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik hisobi ijaraga beruvchilar va asosiy vositalarning obyektlarini ijaraga oluvchilarda ijaraga beruvchilarning inventar raqamlari bilan 296-son shakl daftarida yuritiladi.
365. 02 “Masʼul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar” schyotida tashkilot tomonidan javobgarlikda saqlash uchun qabul qilingan mol va moddiy qimmatliklar hisobga olinadi. Ularga shartnoma boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish uchun olingan maxsus jihozlar ham kiradi. Javobgarlikda saqlash uchun olingan mol va moddiy qimmatliklarning analitik hisobi tashkilotlar, bu moddiy qimmatliklarning egalari, turlari, navlari va saqlanadigan joylari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan yoki xarid qilingan narxlarda yuritiladi.
Bu schyotda, shuningdek, qayta ishlash uchun olingan xom ashyo va materiallar shartnomalarda koʻzda tutilgan narxlarda hisobga olinadi. Analitik hisob buyurtmachilar, materiallarning turlari va turadigan joylari boʻyicha 296-son shakl daftarida olib boriladi.
366. 04 “Qatʼiy hisobot blanklari” schyotida saqlanayotgan va hisobot berish sharti bilan beriladigan qatʼiy hisobot blankalari (kvitansiya daftarchalari, attestatlar, diplomlar, guvohnoma blankalari va h. k.lar.) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha hisobga olinadi.
Qatʼiy hisob blankalarining analitik hisobi blankalarning turlari va saqlanadigan joyi boʻyicha 448-son shakldagi qatʼiy hisobot blankalari hisobga olinadigan daftarda yuritiladi.
367. 05 “Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi” schyotida toʻlashga qodir boʻlmagan debitorlarning qarzi qarzdorlarning mulkiy holati oʻzgargan taqdirda undirish imkonini kuzatish uchun qonunchilikda belgilangan muddat davomida hisobga olib boriladi. Ushbu qarzni uzish uchun olingan summalar bu schyotdan oʻchiriladi va budjet mablagʻlari hisobidan yuzaga kelgan undirilgan debitorlik qarzlar tegishli budjet daromadiga, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga yuzaga kelgan undirilgan debitorlik qarzlar summasi esa, tashkilotning daromadiga olinadi.
Analitik hisob 292-son shakldagi daftarda qarzdorning familiyasi, ismi va otasining ismi (tashkilotning toʻliq nomi) koʻrsatilgan holda yuritiladi.
368. 06 “Markazlashtirilgan taʼminot boʻyicha toʻlangan moddiy qimmatliklar” schyotida yuqori tashkilot tomonidan respublika yoki mahalliy budjetdan toʻlangan va oʻz qaramogʻidagi tashkilotlarga joʻnatilgan mol-mulk va moddiy qimmatliklar hisobga olinadi. Yuqori tashkilot mol-mulk qabul qilib oluvchi tashkilotdan koʻrsatilgan qimmatliklar uning hisobida aks ettirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan keyin ular hisobdan oʻchiriladi.
06 “Markazlashtirilgan taʼminot boʻyicha toʻlangan moddiy qimmatliklar” schyotining analitik hisobi 322-son shakldagi markazlashgan tartibda toʻlangan moddiy qimmatliklar hisobi daftarida (mazkur Yoʻriqnomaning 62-ilovasi) har bir mol-mulk qabul qilib oluvchi muassasalar boʻyicha yuritiladi.
369. 07 “Oʻquvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar boʻyicha qarzlari” schyotida oʻquvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan ust-bosh, ich kiyimlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar yuzasidan qarzi hisobga olinadi. Taʼlim muassasasidan chiqarilgan oʻquvchilar va talabalar hisobida turgan moddiy qimmatliklarni taʼlim muassasasi balansidan oʻchirish ularning oʻquv yurtidan chiqarilganligi haqidagi buyruqqa asosan amalga oshiriladi.
Oʻquvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan moddiy qimmatliklar balansdan tashqari hisobda hisobga olinadi va belgilangan tartibda undirib olishga qoʻyiladi. 07 schyot boʻyicha analitik hisob har bir oʻquvchi va talaba boʻyicha 292-son shakl daftarida olib boriladi.
370. 08 “Koʻchma sport sovrinlari va kuboklari” schyotida tashkilotlar turli tashkilotlar tomonidan taʼsis etilgan va ulardan gʻolib komandalarni mukofotlash uchun olinadigan koʻchma sovrinlarni, bayroqlarni, kuboklarni hisobga oladilar. Sovrinlar, bayroqlar, kuboklar ushbu tashkilotda boʻlgan davr mobaynida hisobga olinadi. Analitik hisob har bir predmet va uning qiymati boʻyicha 296-son shakl daftarida yuritiladi.
371. 09 “Toʻlanmagan yoʻllanmalar” schyotida jamoat, kasaba uyushma va boshqa tashkilotlardan tekinga olingan yoʻllanmalar hisobga olinadi. Yoʻllanmalar kassada pul hujjatlari bilan teng sharoitda saqlanishi kerak. Analitik hisob yoʻllanmalarning turlari, miqdori va nominal qiymati boʻyicha 296-son shakl daftarida yuritiladi.
372. 10 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati toʻliq haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetiga olib boriladi va bir vaqtning oʻzida 10 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi. Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz holga kelganda ularning qiymati 10 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida hisobdan chiqariladi.
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida 10 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti boʻyicha analitik hisob 296-son shakldagi daftarda foydalanuvchilar va tashkilotning boʻlinmalari boʻyicha alohida holda yuritiladi.
373. 11 “Harbiy texnikalarning oʻquv predmetlari” schyotida tirlarda, sport otishmalarida, taʼlim muassasalarining harbiy fan va boshqa xonalaridagi barcha turdagi jihoz va predmetlar hisobga olinadi. Bu predmetlarning analitik hisobi ularning nomlari, turarjoylari, moddiy javobgar shaxslar boʻyicha 296-son shakldagi daftarda olib boriladi.
374. 12 “Eskirganlarining oʻrniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari” schyotida eskirganlarining oʻrniga berilgan transport vositalarining motorlari, akkumulyatorlari, shinalari va boshqa ehtiyot qismlarining hisobi 296-son shakldagi daftarda oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, olgan sanasi va boshqa zaruriy rekvizitlarni koʻrsatgan holda yuritiladi.
Obyektning texnik holati boʻyicha qisqacha tavsifi___________________________ _______________________________________________________________________
Obyektni topshirdi_____________
_______
_______________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
Obyektni qabul qildi____________
_______
_______________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
Kartochka (kitob)da joydan-joyga koʻchirilishi qayd qilindi.
Hisobchi
_______________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 29-ILOVA
TASDIQLAYMAN
________________________________
(lavozimi)
______
________________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
“___”_____________ 20______ y.
____ - sonli DALOLATNOMA
qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish boʻyicha
Avtomobil vositasini hisobdan chiqarilishi bilan bogʻliq xarajatlar va hisobdan chiqarilishi natijasida kirim qilingan materiallar toʻgʻrisida maʼlumot
Hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar
Hisobdan chiqarishdan kirim qilindi
ish turi
hujjat sanasi va raqami
xarajat moddasi
summa, soʻm
hujjat sanasi va raqami
moddiy qimmatliklar
analitik hisob kodi
miqdor
summa, soʻm
nomi
analitik hisob kodi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Jami
Jami
Sotishdan tushgan tushum ______________________________________________ soʻm.
(summa yozuv bilan)
Inventar kartochkalarga hisobdan chiqarilganligi qayd qilindi.
buyruqqa asosan kutubxonadagi adabiyotlar holati tekshirilganda, roʻyxatda keltirilgan adabiyotlar holati qoniqarsizligi va maʼnaviy eskirganligi tufayli ushbu adabiyotlar hisobdan chiqarilishi talab etiladi.
Ilova: hisobdan chiqarish uchun holati qoniqarsiz va maʼnaviy eskirgan adabiyotlar roʻyxati. Kutubxona hisobidan chiqarilgan adabiyotlar inventar kitobda belgilangan.
Komissiya raisi:
_________________
________
__________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
Komissiya aʼzolari:
_________________
________
__________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
_________________
________
__________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
_________________
________
__________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.Sh.)
Hisobdan chiqarilgan adabiyotlar ikkilamchi xom ashyo ishlab chiqaruvchilarga quyidagi kvitansiya bilan topshirildi,