|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.08.2021
|
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 6-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi 441–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 415-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 4-sentabrdagi 173 (5088)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
O‘RQ-253-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 299-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda)