O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil qilish to‘g‘risida
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yo‘naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yo‘li bilan ekspertiza qilishni ta’minlash hamda ilmiy va ilmiy pedagog jamoatchilikning takliflariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK) tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar, idoralar, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular uchun majburiydir.
4. Ilmiy darajalar hamda unvonlar beruvchi ixtisoslashtirilgan va ilmiy kengashlarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida kengashlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni to‘xtatib tursinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilib, komissiya tuzilmasini va uning to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-mart,
PF-371-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-son, 245-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 30-son, 365-modda)