|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.02.2001
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI TIZIMIDA KOMPYuTER MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan institutsional kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va Yevropa Hamjamiyatining texnik yordami doirasida ish bilan ta’minlash xizmatini kompyuterlashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzurida Kompyuter markazi tashkil etilsin. Kompyuter markazining faoliyati Mehnat vazirligi va uning mintaqaviy organlari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari asosida xo‘jalik hisobi shartlarida tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Kompyuter markazining asosiy vazifalari hisoblansin:
ishchi kuchi bozorini hisobga olishning umumrespublika va mintaqaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish, yagona dasturiy ta’minlash;
mehnat va ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot yig‘ish va qayta ishlash;
xodimlarni o‘qitish, kompyuter texnikasini o‘rnatish va unga servis xizmati ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir hafta muddatda Kompyuter markazi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish respublika markaziy laboratoriyasi, uning funksiyalari Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy-tadqiqot institutiga berilgan holda, tugatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-aprel,
147-son