Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
V.I. LENIN NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT DORILFUNUNI HUZURIDA SHARQSHUNOSLIK INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jumhuriyatimizning Janubi Sharq va Tinch okean mintaqalaridagi mamlakatlar bilan xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani tufayli savdoni, fan, san’at sohalarida o‘zaro ayirboshlashni kengaytirish, turizmni rivojlantirish zarurati paydo bo‘ldi.
Milliy ongning o‘sishi, omma ijodiy faolligining ko‘tarilishi Sharq xalqlarining tarix va madaniyat yodgorliklarini yanada chuqurroq o‘rganish va tadqiq qilish hamda arab yozuvidagi boy qo‘lyozmalar xazinasini o‘qib chiqish masalalarini oldinga surmoqda, o‘rta maktablarda sharq tillarini o‘qitishni yaxshilash, arab yozuvidagi klassik o‘zbek tilini o‘rganish ehtiyojlari yuzaga kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida institut to‘g‘risidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona mufassal o‘quv rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilab olsin, yapon, xitoy, koreys va turk tillari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni kengaytirishga alohida e’tibor berilsin.
3. O‘zSSJ Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan institutni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqsin va hal qilsin.
4. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Davlat moddiy-texnika ta’minoti qo‘mitasi, O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yillik rejalarda Sharqshunoslik institutining o‘quv moddiy negizini rivojlantirishni va 1991-yilning sentabridan boshlab moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 22-yanvar,
17-son