|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.04.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF-3105-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va respublika hududiga isteʼmol tovarlari olib kelish tartibini soddalashtirish maqsadida:
1. 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari olib keladigan yuridik shaxslardan isteʼmol tovarlari importiga amaldagi bojxona toʻlovlari bilan bir qatorda undiriladigan yigʻim bekor qilinsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-dekabr,
PF-3170-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 229-modda)