|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.10.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 31-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 12-iyundagi 113 (618)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Qonunga zid boʻlmagan amaldagi qonun hujjatlari qoʻllanilaveradi.
4. 1972-yil 9-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Suv toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 17, 158-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
838-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,5-son, 222-modda)