1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
RUXSATNOMALAR, TARQATISH VEDOMOSTLARI VA LIMIT KITOBCHALARI BOʻYICHA AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA YONILGʻI QUYISH UCHUN NEFT MAHSULOTLARI, SUYULTIRILGAN VA SIQILGAN TABIIY GAZNI BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2072]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 542-sonli “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
1. Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 1999-yil 21-yanvarda 17-1-8/193-son, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tomonidan 1999-yil 26-yanvarda 01/8-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 1999-yil 21-yanvarda 41-1-15-son bilan tasdiqlangan “Tarqatish vedomostlari va limit daftarchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va tabiiy gazni berish tartibi” (roʻyxat raqami 613, 1999-yil 30-yanvar) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi Sh. MAHMUDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-dekabr,
01/07-1220-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari M. ESANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-dekabr,
7/2-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-dekabr,
1/141-son
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2009-yil 25-dekabrdagi 01/07-1220,7/2,1/141-son qaroriga ILOVA
Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 542-sonli “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha yonilgʻi quyish shoxobchalari, gaz toʻldirish shoxobchalari va kompressor stansiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda yonilgʻi quyish shoxobchasi deb yuritiladi) xizmatidan foydalanuvchi tashkilotlarga neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
isteʼmolchi — neft mahsulotlari va gazdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar;
limit kitobchasi — isteʼmolchi tomonidan olinadigan neft mahsulotlari va gaz miqdorlari meʼyorini aks ettiruvchi kitob;
mahsulot yetkazib beruvchi — neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gaz (bundan keyingi oʻrinlarda neft mahsulotlari va gaz deb yuritiladi) sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
reyestr — neft mahsulotlari va gazni olish uchun rasmiylashtirilgan tarqatish vedomostlarini roʻyxatga olish hujjati;
ruxsatnoma — yonilgʻi quyish shoxobchasi tomonidan isteʼmolchiga neft mahsulotlari va gaz berilishiga asos boʻladigan hujjat.
tarqatish vedomosti — mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida neft mahsulotlari va gazni olish uchun rasmiylashtiriladigan hujjat.
II. Ruxsatnoma blankalari, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalarini tayyorlash va saqlash
2. Ruxsatnoma blankalari, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tipografiya usulida tartib raqamlari koʻrsatilgan holda tayyorlanadi. Blankalar mazkur Qoidalarning 1, 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha tayyorlanadi.
3. Mahsulot yetkazib beruvchining hududiy tashkiloti omborlariga kelib tushgan blankalarni qabul qilish ular kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida tashkilot rahbari chiqargan buyruq bilan tayinlangan doimiy ishchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya paketni ochishdan oldin oʻramning butligini, yoʻllovchi hujjatlarini va yuk xatining mavjudligini tekshiradi. Blankalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, shundan dalolatnomaning birinchi nusxasi yuk xati bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi va qatʼiy hisobda turuvchi blankalar sifatida kirim qilish uchun asos hisoblanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi blankalarni saqlash uchun qabul qilgan javobgar shaxsda saqlanadi.
III. Neft mahsulotlarini olish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish
4. Neft mahsulotlarini berish mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Mazkur shartnomada limit boʻyicha ajratilgan neft mahsulotlarining miqdori, shu jumladan, tarqatish vedomostlari va xizmat safariga yuborilgan avtotransport vositalariga limit kitobchalari orqali beriladigan miqdorlar koʻrsatiladi. Shartnomaga asosan mahsulot yetkazib beruvchi isteʼmolchiga neft mahsulotlari uchun amaldagi narxlaridan kelib chiqqan holda, oldindan pul oʻtkazish uchun hisob raqamini taqdim qiladi.
5. Isteʼmolchi amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlov hujjatlarining nusxalari va neft mahsulotini olish uchun ishonchnomani taqdim qiladi. Ishonchnomada mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasi va marketing boʻlimi tomonidan isteʼmolchidan kelib tushgan pul mablagʻlari va limitlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd qilinadi va shu asosida neft mahsulotlarini berish uchun uch nusxada ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi, shundan ruxsatnomaning:
birinchi nusxasi mahsulot yetkazib beruvchida qoladi;
ikkinchi nusxasi isteʼmolchiga taqdim etiladi;
uchinchi nusxasi yonilgʻi quyish shoxobchasiga taqdim qilinadi.
6. Neft mahsulotlarini berish ruxsatnomasi mahsulot yetkazib beruvchining rahbari yoki unga vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi, shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga binoan buxgalteriya va marketing boʻlimi xodimlari tomonidan muhrlanadi va mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi ruxsatnomalar berish reyestriga kiritiladi hamda isteʼmolchiga va yonilgʻi quyish shoxobchasiga taqdim qilinadi.
7. Isteʼmolchining limit kartochkasida ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda (mazkur Qoidalarning 6-ilovasi) neft mahsulotining miqdori shu turdagi neft mahsulotining oʻtgan oy davomidagi oʻrtacha zichligidan kelib chiqqan holda hajm (litr) va massa (tonna) ogʻirlik oʻlchov birliklarida koʻrsatiladi.
IV. Gazni olishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish
8. Ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun isteʼmolchi olishi lozim boʻlgan gaz uchun toʻlovni amalga oshirishi lozim. Toʻlov isteʼmolchi va mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
9. Isteʼmolchi toʻlovlarni amalga oshirganidan keyin mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlov hujjatlarining nusxalari hamda gaz olish uchun ishonchnomani taqdim qiladi. Mahsulot yetkazib beruvchi uning bankdagi hisob varagʻiga pul mablagʻlari kelib tushganligini tekshirib, ishonchnomada mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasi va marketing boʻlimi tomonidan pul mablagʻlari hamda limitlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd qilinadi va shu asosida gaz berish uchun uch nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
10. Gaz berish ruxsatnomasi mahsulot yetkazib beruvchining rahbari yoki unga vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi, mahsulot yetkazib beruvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq buxgalteriya va marketing boʻlimi xodimlari tomonidan muhrlanadi, shundan soʻng mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ruxsatnomalar berish reyestrida rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnomaning birinchi nusxasi mahsulot yetkazib beruvchida, ikkinchi nusxasi esa isteʼmolchida qoladi, uchinchi nusxasi mahsulot yetkazib beruvchining yonilgʻi quyish shoxobchasiga taqdim qilinadi.
V. Tarqatish vedomostlari boʻyicha yonilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini berish
11. Yonilgʻi quyish shoxobchasidan neft mahsulotlarini tarqatish mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
12. Isteʼmolchining muhri bilan tasdiqlangan haydovchining yoʻl varaqasi avtotransport vositasiga yonilgʻi quyish uchun asos hisoblanadi va yoʻl varaqasining “yonilgʻi berilsin” satrida berilishi lozim boʻlgan neft mahsulotining miqdori soʻz bilan yozib koʻrsatiladi.
13. Yonilgʻi quyish shoxobchasida yoʻl varaqasining “berildi” satrida amalda berilgan neft mahsulotining miqdori va turi koʻrsatiladi, shuningdek yonilgʻi quyish shoxobchasi va navbatchining raqami koʻrsatilgan muhr bosiladi.
14. Neft mahsulotlari berilganda yonilgʻi quyish shoxobchasida tarqatish vedomosti har bir isteʼmolchi boʻyicha alohida ikki nusxada tuziladi, ulardan biri mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchisi esa yonilgʻi quyish shoxobchasida qoladi. Tarqatish vedomosti yonilgʻi quyish shoxobchasida har bir navbatchilik boʻyicha yuritiladi. Navbatchilik tugashi bilan operator berilgan neft mahsulotlarining miqdor va pul bilan ifodalangan jamini hisoblab, imzolaydi va tarqatish vedomostini shtamp bilan muhrlaydi.
Yonilgʻi quyish shoxobchasining boshligʻi (katta operatori) hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshirganidan keyin va isteʼmolchining limiti va pul mablagʻlari, neft mahsulotlarining qoldigʻi mavjud boʻlganda, ularni keyingi navbatchilik kuniga oʻtkazadi. Isteʼmolchi pul mablagʻlarining tugashi yoki hisobot oyining tugashi bilan mahsulot yetkazib beruvchidan tarqatish vedomosti nusxasini solishtirish uchun oladi.
15. Neft mahsulotlari berilganda yonilgʻi quyish shoxobchasi operatori tomonidan avtotransport vositasi haydovchisiga berilgan neft mahsulotlari miqdori summasiga nazorat kassa mashinasining cheki beriladi.
16. Yonilgʻi yoki portlash xavfi boʻlgan moddalar bilan yuklangan avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish metal kanistrlar orqali yonilgʻi quyish shoxobchasi hududidan 25 metrdan kam boʻlmagan masofada amalga oshiriladi.
17. Yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyati texnik yoki boshqa sabablarga koʻra toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda, avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish ushbu shoxobchaning hududida koʻchib yuruvchi shoxobchalar tomonidan amalga oshiriladi.
VI. Yonilgʻi quyish shoxobchalarida tarqatish vedomostlari boʻyicha gaz berish
18. Yonilgʻi quyish shoxobchasida gaz berish mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
19. Isteʼmolchining muhri bilan tasdiqlangan haydovchining yoʻl varaqasi avtotransport vositasiga yonilgʻi quyish uchun asos hisoblanadi va yoʻl varaqasining “yonilgʻi berilsin” satrida gaz miqdori soʻz bilan yozib koʻrsatiladi.
20. Yonilgʻi quyish shoxobchasida yoʻl varaqasining “berildi” satrida amalda berilgan gaz miqdori koʻrsatiladi, shuningdek yonilgʻi quyish shoxobchasi va navbatchining raqami qayd etilgan muhr bosiladi.
21. Gazning berilishida yonilgʻi quyish shoxobchasida tarqatish vedomosti har bir isteʼmolchi boʻyicha alohida ikki nusxada tuziladi, ulardan biri mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchisi yonilgʻi quyish shoxobchasida qoladi. Tarqatish vedomosti yonilgʻi quyish shoxobchasida har bir navbatchilik boʻyicha yuritiladi. Navbatchilik tugashi bilan operator berilgan gazning miqdor va pul bilan ifodalangan jamini hisoblab, imzolaydi va tarqatish vedomostini shtamp bilan muhrlaydi.
Yonilgʻi quyish shoxobchasining boshligʻi (katta operatori) hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshirganidan keyin va isteʼmolchining limiti va pul mablagʻlari, gaz qoldigʻi mavjud boʻlganda,ularni keyingi navbatchilik kuniga oʻtkazadi. Isteʼmolchi pul mablagʻlarining tugashi yoki hisobot oyining tugashi bilan mahsulot yetkazib beruvchidan tarqatish vedomosti nusxasini solishtirish uchun oladi.
22. Gaz berilganda yonilgʻi quyish shoxobchasida operator tomonidan avtotransport vositasi haydovchisiga berilgan gaz miqdori summasiga nazorat kassa mashinasining cheki beriladi.
23. Gazni berish boʻyicha tarqatish vedomostlari mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Tarqatish vedomostlarini roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi.
24. Berilgan gazning miqdor va pul bilan ifodalangan hisobi tarqatish vedomostlariga muvofiq navbatchilik tugashi bilan yonilgʻi quyish shoxobchasi boshligʻi (katta operatori) tomonidan amalga oshiriladi.
25. Yonilgʻi quyish shoxobchasida avtotransport vositalariga yonilgʻi quyishga berilgan gazning tezkor hisobi mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Navbatchilik davomida berilgan gaz hisobini yuritish kitobida yuritiladi, unda har bir navbatchilik davomida berilgan gazning hajmi koʻrsatiladi.
26. Yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyati texnik yoki boshqa sabablarga koʻra toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda, avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish ruxsatnoma mahsulot yetkazib beruvchi buxgalteriyasi tomonidan boshqa yonilgʻi quyish shoxobchasiga qayta rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.
VII. Xizmat safaridagi avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish
27. Isteʼmolchi buyurtmasi va shartnomaga asosan mahsulot yetkazib beruvchi isteʼmolchini xizmat safaridagi avtotransport vositalariga neft mahsulotlari va gaz olish uchun limit kitobchasi bilan taʼminlaydi.
28. Xizmat safaridagi avtotransport vositalariga neft mahsulotlari va gazning berilishi korporativ bank plastik kartalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Korporativ bank plastik kartalari asosida berilgan neft mahsulotlari va gaz uchun hisob-kitobini amalga oshirish tartibi “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisi”dagi nizomga (roʻyxat raqami 1470-son, 2005-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 15-16-son, 121-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
29. Shaharlararo qatnovni amalga oshiruvchi isteʼmolchiga xizmat safaridagi avtotransport vositalari (marshrut avtobuslari bundan mustasno) uchun neft mahsulotlari va gaz olish uchun naqd pul mablagʻlarini berish isteʼmolchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varagʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan isteʼmolchining buyurtma va taqdim etiladigan bir xizmat safariga ketadigan neft mahsuloti va gazga boʻlgan ehtiyoji, ularning sarf meʼyorini hisobga olgan holda hisob-kitobi, mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi shartnoma nusxasi, shuningdek xizmat safariga chiqish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi boʻyicha amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi avtotransport vositalari uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarining hisob-kitob tartibi mazkur Qoidalarning 10-ilovasida keltirilgan.
30. Isteʼmolchi hisobdorlik asosida xizmat safarini amalga oshiruvchi avtotransport vositasi haydovchilariga limit kitobchalari hamda neft mahsuloti va gaz olish uchun naqd pul koʻrinishida boʻnak beradi.
31. Xizmat safaridagi avtotransport vositalari uchun neft mahsuloti va gazni naqd pulda berilishi faqat tarqatish vedomosti boʻyicha neft mahsuloti yoki gazni sotadigan yonilgʻi quyish shoxobchalarida haydovchi tomonidan xizmat safari guvohnomasi, yoʻl varaqasi va limit kitobchasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
32. Yonilgʻi quyish shoxobchasida limit kitobchasi va yoʻl varaqasining “berildi” satrida berilgan neft mahsulotining miqdori va summasi koʻrsatiladi, yonilgʻi quyish shoxobchasi muhri bilan tasdiqlanib, operator imzosi qoʻyiladi, haydovchiga esa isteʼmolchining buxgalteriyasiga hisobot berish uchun nazorat kassa mashinasining cheki beriladi. Limit kitobchasining qirqib olingan varagʻi yonilgʻi quyish shoxobchasining navbatchilik hisobotiga ilova qilinadi.
Gaz berilganda yoʻl varaqasida berilgan gazning miqdori yoziladi, yonilgʻi quyish shoxobchasining muhri bosiladi va nazorat kassa mashinasi cheki beriladi.
33. Neft mahsuloti va gazni xarid qilish uchun bankdan olingan naqd pul mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha javobgarlik “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”ga (roʻyxat raqami 565, 1998-yil, 17-dekabr) muvofiq isteʼmolchining rahbari va bosh buxgalteri zimmalariga yuklatiladi.
34. Shaharlararo marshrut avtobuslariga yonilgʻi quyish isteʼmolchining yonilgʻi quyish shoxobchasida ularning idoraviy tashkilotlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitob orqali amalga oshiriladi.
VIII. Hisobot yuritish
35. Yonilgʻi quyish shoxobchasi boshligʻi (katta operatori) tomonidan mazkur Qoidalarning 11 va 12-ilovalariga muvofiq shakldagi neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilarining reyestrini ilova qilgan holda ikki nusxada navbatchilik hisoboti tuziladi.
36. Yonilgʻi quyish shoxobchasi boshligʻi (katta operatori) navbatchilik hisobotini reyestr bilan birga mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasiga topshiradi. Buxgalteriya tomonidan hisobotlar tekshirilganidan keyin hisobotning reyestr bilan bir nusxasi yonilgʻi quyish shoxobchasiga saqlash uchun qaytariladi.
37. Isteʼmolchining ishlatilgan tarqatish vedomostlari, limitlarni hisobga olish kartochkalari va limit kitobchalari asosida har oy shu turdagi neft mahsulotlarining oʻtgan oydagi oʻrtacha zichligidan kelib chiqqan holda, tarqatilgan neft mahsulotlarining miqdori solishtiriladi hamda har oyda mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro yakuniy hisob-kitob oʻtkazishga asos boʻlib hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi.
38. Tarqatish vedomostlari, ruxsatnomalar, navbatchilik hisoboti va limit kitobchalari siyohli yoki sharikli ruchkada aniq va tushunarli, yanglishsiz toʻldirilishi kerak. Boʻyash, oʻchirish va tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Tarqatish vedomostlari, ruxsatnomalar, navbatchilik hisoboti va limit kitobchalari, shuningdek, boshqa qatʼiy hisobda turuvchi blankalarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanishi uchun mahsulot yetkazib beruvchi rahbari yoki u tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan shaxs javobgar boʻladilar.
IX. Ruxsatnoma, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari blankalari hisobini yuritish
40. Ruxsatnoma blankalari, tarqatish vedomostlari, limit kitobchalari hamda boshqa qatʼiy hisobda turuvchi blankalarning hisobi, ularning inventarizatsiyasi, shuningdek, yoʻqolishi va yetishmovchiligi hisobi “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
41. Mahsulot yetkazib beruvchining omborxonalari va kassalarida ruxsatnoma, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalarining harakati moddiy javobgar shaxslar tomonidan Ruxsatnoma, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari harakatini roʻyxatga olish kitoblarida miqdori koʻrsatilgan holda mazkur Qoidalarning 13, 14 va 15-ilovalarida belgilangan shaklga muvofiq yuritiladi.
Kitoblar raqamlangan, tikilgan, mahsulot yetkazib beruvchining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim. Blankalarni roʻyxatga olish kitobidagi ularning kirim qilinganligi va hisobdan chiqarilganligi boʻyicha yozuv rasmiylashtirish kuni amalga oshiriladi.
42. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-dekabr,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-dekabr,
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv Raisi U. NAZAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-dekabr,
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-dekabr,
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 1-ILOVA
“Mahsulot yetkazib beruvchi” ______________________
Biriktirilgan shoxobcha №_______
Ruxsatnoma № Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni tarqatishga
Yetkazib beruvchi korxona yoki muassasa rahbari
_______________________
(imzo)
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 2-ILOVA
“_____________________ ”
(Taʼminotchining nomi)
AYQSH № _______
“Isteʼmolchi”ning nomi ____________________
№___ TARQATISH VEDOMOSTI
200 yil ___________ oyida neft mahsulotini berish hisobini yuritish
Neft mahsulotining turi va rusumi______________________________
YOMM berish sanasi
Yoʻl varaqa tartib raqami va berilgan sanasi
Transport vositasi rusumi
Transport vositasi davlat raqami
Haydovchining familiyasi, ismi, sharifi
Oylik limit ________ litr berildi litr
Haydovchining olganlik toʻgʻrisidagi imzosi
son bilan litr
soʻz bilan litr
1
2
3
4
5
6
7
8
Jami berilgan:
AYQSH rahbari ____________________
_________________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 3-ILOVA
“Isteʼmolchi” __________________________
“Mahsulot yetkazib beruvchi” ___________________________
(nomi)
(yetkazib beruvchi nomi)
_______________________________
____________________________
mavjud pul mablagʻi
____________________________
_______________________________
(Biriktirilgan shaxobcha nomi)
_______________________________
____________________________
№____ TARQATISH VEDOMOSTI
________________________________ gaz
(suyultirilgan yoki siqilgan)
20__ y. “____” __________ dan
20__ y. “____” __________ gacha
“____” _______ 20__ y.dagi № _______ ishonchnomaga asosan ______________ orqali
(F.I.Sh.)
1 kub.m._______________ soʻm.
1 kg. __________________ soʻm.
№ pp
Yonilgʻi berish sanasi
Avtotransport davlat raqami, rusumi, turi
Yoʻl varaqa tartib raqami va berilgan sanasi
m3 yoki kg gaz berilgan
Toʻlov summasi
Haydovchi familiyasi, ismi sharifi
Haydovchi imzosi
soʻm
soʻz bilan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
jami vedomost boʻyicha
AGNKS (AGQSH) rahbari
__________________________
____________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
AGNKS (AGQSH) buxgalteriya
__________________________
____________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
buxgalter
__________________________
____________________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 4-ILOVA
№ Neft mahsulotini suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni tarqatish limit kitobchasi
“Mahsulot yetkazib beruvchi”________________________
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 5-ILOVA
Neft mahsulotlari tarqatishga ruxsatnoma berish
REYESTRI
“______”_________________20__ y.
Neft mahsulotini berish ruxsatnomasi №
Ishonchnoma №_______ va berilgan sanasi
“Isteʼmolchi”ning nomi
Berilgan neft mahsulotining miqdori
Imzo
litr/ kg metr kub
summasi
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 6-ILOVA
“Isteʼmolchi”ning limit kartochkasi
“Mahsulot yetkazib beruvchi”
“Isteʼmolchi” __________________________
“_________ korxona yoki muassasa
Korxona va muassasa
№________________AYQSH
Manzil:_______________________________
Tel:___________________________________
Jamgʻarma xabarnomasi raqami, neft mahsulotini tarqatish ruxsatnomasi raqami va uning sanasi
Neft mahsulotlariga boʻlgan limit
Ruxsatnoma berilgan sana
Ishonchnoma №_______ va berilgan sanasi
Ruxsatnoma boʻyicha beriladigan neft mahsulotlari miqdori
Oluvchining imzosi
Ai- 80 litr/kg
Ai- 91 litr/kg
Ai -93 litr/kg
d/yo litr/kg
avtol litr/kg
D/m litr/kg
Ai 80 litr/kg
Ai- 91 litr/kg
Ai -93 litr/kg
d/yo litr/kg
avtol litr/kg
avtol litr/kg
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 7-ILOVA
Suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni tarqatishga ruxsatnoma berish
REYESTRI
“______”_________________20__ y.
Suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish ruxsatnomasi №
Ishonchnoma №_______ va berilgan sanasi
“Isteʼmolchi”ning nomi
Berilgan suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazning miqdori
Imzo
litr/ kg metr kub
summasi
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 8-ILOVA
TARQATISH VEDOMOSTLARINI BERILISHINI ROʻYXATGA OLISH
KITOBI
_________________________________________
“Mahsulot yetkazib beruvchi”ning nomi
№ t/r
Tarqatish vedomosti berilgan sana
“Isteʼmolchi”ning nomi
Toʻlov topshiriqnomasi
Ishonchnoma №_________ va berilgan sanasi
Ishonchnoma berilgan xodimning FISH
Tarqatish vedomosti raqami
Vedomost olinganligi toʻgʻrisida imzo
№_________ va sana
summasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 9-ILOVA
_____________________________________
AGQSH (AYQSH) nomi
Navbatchilik davomida berilgan gaz hisobini yuritish KITOBI
Berish sanasi
Navbatchilik №
F.I.Sh.
Berilgan gaz miqdori m3 yoki kg
summaga (soʻm)
Shundan
Navbatchilik hisoboti
Tarqatish vedomostlari asosida
naqd pulda hisob-kitob orqali
topshirdi
topshirdi
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 10-ILOVA
Xizmat safaridagi avtotransport vositasi uchun ajratiladigan pul mablagʻlar hisob-kitobi
Tartibi
1. Xizmat safaridagi avtotransport vositalari uchun yonilgʻi-moylash materiallari olishga kerakli pul-mablagʻlar miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
P = N * Z, bunda:
P — pul mablagʻlari;
N — neft yoki gazning narxi (1 litr yoki m.kub. uchun soʻmda);
Z — avtotransport vositasi (mexanizm) ning ishlashi uchun kerakli yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj (litr yoki m.kub.da).
2. Avtobenzin, dizel yonilgʻisi va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalari uchun yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E = (M x N) / 100 (litr), bunda:
E — yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj;
M — avtomobil oʻtgan masofa, km (topshiriqqa asosan);
N — yonilgʻi sarflanishining belgilangan meʼyori.* (litr 100 km yoki m3).
3. Siqilgan tabiiy gazda harakatlanadigan avtomobillar uchun yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E = (M x N)/ 100 (kub.m.), bunda:
E — yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj;
M — avtomobil oʻtgan masofa, km (topshiriqqa asosan);
N — yonilgʻi sarflanishining belgilangan meʼyori.* (kub.m./ 100 km.).
4. Mexanizmlar ishlashi uchun sarflanadigan yonilgʻiga boʻlgan ehtiyoj quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E = (V x N) (litr), bunda:
E — yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj;
V — mexanizmning ishlash vaqti, mash.soat. (topshiriq asosida);
N — yonilgʻi sarflanishining belgilangan meʼyori* (l/mash.soat).
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash Komissiyasi tomonidan 2001-yil 28-iyunda maʼqullangan va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan 2003-yil 28-iyulda 05-20-son bilan roʻyxatga olingan OʼzRH 88.20.01:2003 “Maʼlumot-meʼyoriy hujjat. Harakatlanuvchi avtomobil vositalari va yoʻl-qurilishi mashinalari tomonidan yoqilgʻi va moylash mahsulotlarini sarflash meʼyori”ga asosan yoqilgʻi sarflanishining meʼyorlari qoʻllaniladi.
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 11-ILOVA
Neft mahsulotlari “Isteʼmolchi”lari reyestri
(navbatchilik hisobotiga ilova qilinadi)
_______________ Korxona yoki tashkilotning _________________-sonli AYQSH (FAYOQSH)
“____”___________20__ y.ga
Navbatchilik_______dan __________ gacha
№ t/r
Korxona va tashkilot nomi (“Isteʼmolchi”)
Navbatchilik boshida neft mahsulotlariga boʻlgan qoldiq limit, litr
Navbatchilik davomida neft mahsulotlariga qoʻshimcha limitlar kelishi, litr
Vedomost boʻyicha berilgan neft mahsulotlari, litr
Navbatchilik oxiriga limit boʻyicha ajratilgan neft mahsulotlarning qoldigʻi
avtobenzin
dizel yonilgʻisi litr
moy
avtobenzin
diz. Yoqilgʻi
moy
avtobenzin
diz. yoqilgʻisi litr
moy
avtobenzin
diz. yoqilgʻisi litr
moy
Jami:
AYQSH rahbari __________________
Navbatchi operatorlar_________________________
(imzo,F.I.Sh)
(imzo F.I.Sh.)
Hisobotni tekshirgan va qabul qilgan hisobchi __________________
________________________________
(imzo, F.I.Sh.)
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 12-ILOVA
_______-sonli AGQSHning gaz “Isteʼmolchi”lari reyestri
(navbatchilik hisobotiga ilova qilinadi)
navbatchiliq vaqti _________dan _____gacha
________________________20__ y.ga
№ t/r
“Isteʼmolchi” ning nomi
Tarqatish vedomosti raqami
Toʻlov topshiriqnomasi yoki boshqa hujjatlar №__________ va sanasi
Ishonchnoma №_________ va berilgan sanasi
Tarqatish varaqa berilgan sana
Tarqatish vedomostni yopilgan sanasi
Berilgan gaz miqdori m3 yoki kg
Pul hisobida
Izoh
soʻm
soʻz bilan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
AGQSH rahbari ___________________________
Navbatchi operatorlar______________
(imzo,F.I.Sh)
(imzo F.I.Sh.)
Hisobotni tekshirgan va qabul qilgan buxgalter __________________________
________________________________(imzo, F.I.Sh.)
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 13-ILOVA
Buxgalteriya tomonidan tekshirib chiqilganligi toʻgʻrisida belgi, imzo va sana
Miqdori (dona)
№_______ dan №_______ gacha
Miqdori (dona)
№______dan №______ gacha
Miqdori (dona)
№_______ dan №________ gacha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 14-ILOVA
Buxgalteriya tomonidan tekshirilganligi toʻgʻrisida belgi, sana, imzo
Miqdori (dona)
№_______ dan №_______ gacha
Miqdori (dona)
№______ dan №______ gacha
Miqdori (dona)
№_______ dan №________ gacha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha berish qoidalariga 15-ILOVA
Buxgalteriya tomonidan tekshirilganligi toʻgʻrisida belgi, sana, imzo
Miqdori (dona)
№_______ dan №_______ gacha
Miqdori (dona)
№______ dan №______ gacha
Miqdori (dona)
№_______ dan №________ gacha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 30-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 10/20/2072-1/0293-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 19.09.2025-y., 10/25/2072-2/0851-son)