|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.11.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2001 YIL 19 FEVRALDAGI 83-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qarori)” qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki Kengashining raisi etib tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 4-iyul,
286-son