O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 104-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 23-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) 104-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismning sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha” va “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha” va “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” va “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “besh baravaridan yetti baravarigacha” va “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2009-yil 7-oktabrdagi 195 (4858)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-oktabr,
O‘RQ-227-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 439-modda)