|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQ BADIIY HUNARMANDChILIKLARI VA AMALIY SAN’ATINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 31 MARTDAGI FARMONINING 2-BANDIDA KO‘ZDA TUTILGAN IMTIYOZLARNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh HAQIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli Farmonining 2-bandida ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-yanvar,
PF-3020-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 33-modda)