|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON MILLIY AVIAKOMPANIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, fuqaro aviatsiyasining 243-zavodi, “Aviastroy” qurilish-montaj birlashmasiga qarashli “Aviaspetsmontajnaladka” xoʻjalik hisobidagi uchastkasi negizida Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tashkil qilinsin.
2. Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining huquqiy vorisi deb hisoblansin va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishni taʼminlaydigan fuqaro aviatsiyasi masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruvi organi qilib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishning tashkiliy chora-tadbirlarini koʻzda tutuvchi qarorni bir hafta muddat ichida qabul qilib, aviakompaniyaning tuzilmasi va Nizomini tasdiqlashi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-yanvar,
PF-326-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 117-modda)