|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI HAMDA “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI XUSUSIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun 1993-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida:
— korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan, shu jumladan fan va ilmiy xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar uchun daromad soligʻi stavkalarini belgilasin;
— Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini uqtirib oʻtilgan Qonunga muvofiqlashtirsin;
— ushbu Qonunning ijro etilishini taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
739a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 21-modda)