Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“SUGʻURTA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 30-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 61-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi”;
beshinchi—oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi—oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 10-moddaning ikkinchi qismi:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sugʻurtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sugʻurtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi”;
toʻqqizinchi—oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi—oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 12-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlari bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 23-dekabrdagi 247 (4657)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-dekabr,
OʻRQ-192-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 508-modda)