Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 6-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasi 5-bandining “b” kichik bandi “Butunittifoq nogironlarning salomatligini tiklash uyushmasining” degan soʻzlardan keyin “Afgʻoniston veteranlari uyushmasi”, “Baynalmilalchi jangchi va zapasdagi jangchilar uyushmasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
435-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 49-modda)