OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShDAN TUShGAN TUShUMNI HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILIShNING MAXSUS TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 724-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari (2000-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 979)ning 83-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 19-apreldagi EG/17-13/780-son, Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yil 29-apreldagi 99-56-son va Markaziy bankining 1999-yil 26-apreldagi 125-son bilan tasdiqlangan “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishdan tushgan tushumni hisobga olish va nazorat qilishning maxsus tartibi” (1999-yil 11-may, roʻyxat raqami 724 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 9-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-iyun,
58-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-iyun,
2008-27-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-iyun,
13/3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 231-modda)