|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.02.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga sanoat xavfsizligi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ekspert tashkilotlarni akkreditatsiya qilish vazifasi yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-may,
114-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 191-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 202-modda; 2011-y., 19-son, 191-modda)