O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYAGA QO‘SHILISH HAQIDA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining qadr-qimmatini, teng va daxlsiz huquqlarini e’tirof etish inson erkinliklarini ta’minlashning asosi ekanligini e’tiborga olib, shuningdek bolalar alohida g‘amxo‘rlik va himoya huquqiga ega ekanligini e’tirof etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44-sessiyasi qabul qilgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
757-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-con, 41-modda)