|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh XUSUSIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yilning 1-yanvaridan e’tiboran amalga kiritilsin va soliq solinmaydigan minimal ish haqi oyiga 30 ming so‘m miqdorida belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
999-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 15-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)