|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.2016
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA KODEKSINING 109-MODDASIGA OʻZGARTISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 21-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan 548-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda) 109-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 8-apreldagi 69 (4479)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-aprel,
OʻRQ-142-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 85-modda)