|
Hujjat 06.12.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI USTYURT MINTAQASINING INVESTITSIYA BLOKLARI YER OSTI BOYLIKLARINI GEOLOGIK OʻRGANISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini olib borishga “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyatining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-yanvardagi F-2428-son farmoyishini bajarish yuzasidan hamda uglevodorod xom ashyo zaxiralarining oldindan oʻsishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-razvedka ishlarini jadal va koʻlamli olib borish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni bundan buyon ham jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2006-yil 25-yanvarda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda matnda “Bitim” deb yuritiladi) imzolanganligi;
“Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan faqat Bitim doirasida geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish maqsadida Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, foyda olmaslik/zarar koʻrmaslik asosida ish koʻradigan operator — “Ustyurt-Zarubejneftegaz” masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturi asosiy parametrlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-yanvardagi F-2428-son farmoyishining 2-bandi talablarini nazarda tutgan holda “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining Akchalak, Agin, Shaxpaxta, Nasanbek, Kuanish, Aktumsuk va Gʻarbiy-Urgin investitsiya bloklarini geologik oʻrganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-dekabr,
254-son
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturi
ASOSIY PARAMETRLARI
|
T/r |
Ishlarning nomi |
Ishlar hajmi |
|
1-bosqich (2006-2007-yillar) | ||
| 1. | Kulbay (Aktumsuk, Agin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari tuzilishini oʻrganish. | 800 pog km hajmda mintaqaviy ixtisosliklar boʻyicha 2 ta depressiyani seysmorazvedka qilish (Aktumsuk, Agin va Nasambek bloklari). |
| 2. | Assakeaudan bukilmasining (Shaxpaxta bloki) geologik tuzilishni aniqlashtirish. | 200 pog km hajmda mintaqaviy ixtisosliklar boʻyicha 2 ta depressiyani seysmorazvedka qilish (Shaxpaxta bloki). |
| 3. | Borsakelmas bukilmasida (Nasambek bloki) geologik tuzilishini oʻrganish va tuzilmalarni aniqlash. | 3000 kv km hajmida gravirazvedka (Nasambek bloki). Tadqiq etishning masofadan turib olib boriladigan turlari (aerokosmik zondlash). |
| 4. | Kulbay (Aktumsuk, Agin bloklari) Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida istiqbolli obyektlarni izlash va tayyorlash. | 1600 pog km hajmida 2 ta depressiyani seysmorazvedka qilish (Aktumsuk, Agin va Nasambek bloklari). |
| 5. | Akchalak blokida ikkita blokni geologik oʻrganish va tayyorlash. | 400 pog km hajmida 2 ta depressiyani seysmorazvedka qilish. |
| 6. | Quyidagi tayyorlangan tuzilmalarda gaz va kondensat konlarini izlash: Sharqiy Aytuz, Tleukuduk (Aygin bloki), Kartpay, Nasambek (Nasambek bloki), Dali (Gʻarbiy-Urgin bloki Kubla Assakeaudan (Shaxpaxta bloki). | Kovlashning umumiy hajmi 25000 m boʻlgan qidiruv burgʻulashi (6 ta quduq). |
| 7. | Dali tuzilmasi (Gʻarbiy-Urgin bloki) va Kuanish konini (Kuanish bloki) oxirigacha razvedka qilish | 400 kv km hajmida 3 ta depressiyani seysmorazvedka qilish, kovlashning umumiy hajmi 16700 m boʻlgan razvedka burgʻulashi (5 ta quduq). |
|
2-bosqich (2008-yil) | ||
| 1. | Kulbay (Aktumsuk va Agin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari istiqbolini aniqlashtirish. | 2300 pog km hajmida 2 ta depressiyani qidiruv-detallashtirilgan seysmorazvedka qilish, 200 kv km hajmida 3 ta depressiyani seysmorazvedka qilish, kovlashning umumiy hajmi 18000 m hajmida boʻlgan qidiruv-razvedka burgʻulashi (5 quduq). |
| 2. | Dali maydonida (Gʻarbiy-Urgin bloki) gaz va kondensat zaxiralari qoʻshimcha oʻsishini taʼminlash. | Umumiy hajmi 6600 m boʻlgan razvedka burgʻulashi (2 ta quduq). |
| 3. | Akchalak blokining shimolida 1-2 ta uglevodorod koni ochish. | Kovlashning umumiy 7000 m boʻlgan qidiruv burgʻulashi (2 ta quduq). |
| 4. | Shaxpaxta blokida obyektlarni qidiruv burgʻulashi uchun tayyorlash va uglevodorod uyumlarini izlash. | 800 pog km hajmida 2 ta depressiyani qidiruv-detallashtirilgan seysmorazvedka qilish, Kubla, Assakeudan qudugʻi qurilishini tugallash (1) va kovlashning umumiy hajmi 3600 m boʻlgan yangi qidiruv burgʻulashi (1 ta quduq). |
|
3-bosqich (2009-2011-yillar) | ||
| 1. | Kulbay (Aktumsuk va Agin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida ochiq konlarni razvedka qilish. | Ishlar hajmi 1 va 2-bosqichlar muvaffaqqiyatli oʻtkazilishiga bogʻliq. |
| 2. | Shaxpaxta blokida qidiruv va razvedka ishlari olib borish (konlar ochilgan taqdirda). | |
| 3. | Akchalak blokida razvedka ishlari olib borish (konlar ochilgan taqdirda). | |
Keyingi tahrirga qarang.