O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “yetti hissa” degan so‘zlar “sakkiz hissa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 31-moddaning beshinchi qismidagi “yetti hissasidan” degan so‘zlar “sakkiz hissasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 8-dekabrdagi 243 (4396)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-dekabr,
O‘RQ-119-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 498-modda)