Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2021
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 734-XII-sonli Qonuniga (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78-II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan to‘ldirilsin:
“21-modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi”;
2) 3-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin”;
3) 5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo‘lishi mumkin;
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak”;
4) 6-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish”;
5) 7-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi—to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida mavjud bo‘lishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot to‘kdim etishi”;
yettinchi xatboshisi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
6) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi”;
“v” kichik bandidagi “ushbu Qonunning 17-moddasida” degan so‘zlar “ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas”;
8) 21-moddaning ikkinchi qismi:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda kamida bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazadi”;
yettinchi—to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi—o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
kuyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas”;
10) 26-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 19-sentabrdagi 186 (4339)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-sentabr,
O‘RQ-110-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)