Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.01.2019
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
MA’MURIY QAMOQQA OLINGAN ShAXSLARNI SAQLASh XARAJATLARINI UNDIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvardagi O‘RQ-420-sonli “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2019-yil 11-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qaroriga binoan qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar sutkasiga eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida undirib olinadi.
2. Qamalgan shaxs ma’muriy qamoqda bo‘lgan vaqtida ishlagan va bu bilan o‘zini saqlash xarajatlarini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Qamalganlar mehnatga qobiliyatsiz bo‘lsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar.
Ayrim hollarda sudya aniq holatlarni va qamalganning shaxsini hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
68-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 116-modda)