Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmonga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PF–3636-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-3568-sonli Farmonini qisman oʻzgartirish haqida”gi Farmoni bilan qisman oʻzgartirishlar kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 8-qismiga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qarori bilan Sh.M.Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 2-qismiga muvofiq quyidagilar Vazirlar Mahkamasining aʼzolari etib tasdiqlansin:
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ‎ — Bosh vazir, agrosanoat kompleksi rahbari‎
Azimov Rustam Sodiqovich ‎ — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi rahbari‎
Toʻxtayev Abduqahhor Hasanovich ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari‎
Sultonov Oʻtkir Toʻxtamurodovich ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari, yoqilgʻi-energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari kompleksi rahbari ‎
Aripov Abdulla Nigmatovich ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi rahbari‎
Qosimov Rustam Sobirovich ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari‎
Gʻaniyev Elyor Majidovich ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari‎
Inomova Svetlana Tursunovna ‎ — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi ‎


‎Vazirliklar

Abidov Oqiljon ‎ — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎
Azizxoʻjayev Alisher Abbosovich ‎ — madaniyat va sport ishlari vaziri ‎
Almatov Zokirjon ‎ — ichki ishlar vaziri‎
Gʻulomov Qodir Gʻafurovich ‎ — mudofaa vaziri ‎
Joʻrayev Turobjon Ikromovich ‎ — xalq taʼlimi vaziri‎
Ismoilov Sayfiddin Umarovich ‎ — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri ‎
Mustafoyev Boʻritosh ‎ — adliya vaziri‎
Nazirov Feruz Gʻafurovich ‎ — sogʻliqni saqlash vaziri‎
Rahimov Saidahmad Boriyevich ‎ — moliya vaziri ‎
Subanov Baxtiyor Jumaboyevich ‎ — favqulodda vaziyatlar vaziri ‎

‎‎
‎Davlat qoʻmitalari

Asqarov Mahmudjon Axmatovich ‎ — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi‎
Ahmedov Nurmuhammad ‎ — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi‎
Qudratov Gʻofurjon Sobirovich ‎ — Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
Matlyubov Bahodir Ahmedovich ‎ — Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎
Parpiyev Botir Rahmatovich ‎ — Davlat soliq qoʻmitasi raisi ‎
Sayfiddinov Jamshid Badriddinovich ‎ — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi‎
Toʻxtayev Azamat Ramzitdinovich ‎ — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi‎
Abduazizov Abduvali ‎ — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi‎
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-fevral,
PF–3568-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 2-son, 68-modda)