|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2024
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda ma’qullangan
2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 818-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-modda ikkinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati”;
2) 8-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish davlat-aksiyadorlik konsernining” degan so‘zlar “Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni” degan so‘zlar “Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddaning:
nomidagi “Davlat avtomobil nazorati inspeksiyasining” degan so‘zlar “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Davlat avtomobil nazorati inspeksiyasi” degan so‘zlar “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 15-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat avtomobil nazorati inspeksiyasining” degan so‘zlar “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli toifalardagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlashning yagona dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 6-apreldagi 67 (4220) - sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-aprel,
O‘RQ-82-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 131-modda)