|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.12.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOLIQ MASLAHATI SOHASINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, soliq maslahati sohasini rivojlantirish uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin, unga:
soliq maslahati boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish yuklansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi tarkibida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini ikki nafarga koʻpaytirgan holda, soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni taʼminlash boʻlimi tashkil etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda soliq maslahati sohasini rivojlantirish boʻyicha, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassislar uchun ularga soliq maslahati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish yuzasidan muntazam ravishda amaliy seminarlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek 2007-yil mobaynida ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan, soliq maslahati sohasidagi mutaxassislardan oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Soliq maslahati boʻyicha kengashni tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq maslahati boʻyicha kengash toʻgʻrisidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻqitish dasturini, shuningdek soliq maslahati boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi boshqa idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-mart,
55-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 111-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)