Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va oʻzbek yozuvining lotin alifbosiga oʻtilgan 1929 — 1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
1-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 26 harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat oʻzbek alifbosi joriy etilsin.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 71-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lotincha | Kirilcha | Lotincha | Kirilcha | ||||
Harflar | Harflar |
| |||||
Bosma | Yozma | Talaffuz | Harflar | Bosma | Yozma | Talaffuz | |
Aa | Aa | a | Aa | Rr | Rr | re | Rr |
Bb | Bb | be | Bb | Ss | Ss | es | Cc |
Dd | Dd | de | Dd | Tt | Tt | te | Tt |
Ee | Ee | e | Ee | Uu | Uu | u | Uu |
Ff | Ff | ef | Ff | Vv | Vv | ve | Vv |
Gg | Gg | ge | Gg | Xx | Xx | xa | Xx |
Hh | Hh | he | Hh | Yy | Yy | ye | Ye |
Ii | Ii | i | Ii | Zz | Zz | ze | Zz |
Jj | Jj | Je (Jõra) | Jj (Joʻra) | Ch ch | Ch ch | che | Chch |
Kk | Kk | ka | Kk | G`g` | G`g` | g`a | Gʻgʻ |
| Ll | Ll | el | Ll | Ng ng | Ng ng | ng | Ng ng |
| Mm | Mm | em | Mm | O`o` | O`o` | o`(o`rdak) | Oʻoʻ (oʻrdak) |
| Nn | Nn | en | Nn | Sh sh | Sh sh | she | Shsh |
| Oo | Oo | o (ota) | Oo (ota) | ||||
| Pp | Pp | pe | Pp | ||||
| Qq | Qq | qa | Qq | (`) — tutuq belgisi (apostrof) | |||
(lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 71-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)
2-modda.
Lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosini joriy etish bilan birga Oʻzbekiston xalqining milliy iftixori boʻlmish bebaho maʼnaviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani oʻrganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
931-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 331-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)