

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.03.2025
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 04.09.2017 06 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-1098987">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1098987">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6921"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1098987">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1099149">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1099150">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1099151">Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1099153"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7460238">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-7451661?ONDATE=29.03.2025 00#-7454937">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099154">“Ipoteka” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-1063359">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son <a href="/acts/-613352">Farmoniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son <a href="/acts/-507383">qaroriga </a>muvofiq hamda respublikada yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099155">1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-1098987#-1099163">nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099156">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan <a href="/acts/-1098987#-1099163">nizom </a>talablariga joylarda soʻzsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099157">3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/acts/-1098987#-1099290">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099158">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin. </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1099159">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1099160">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1099161">2006-yil 30-dekabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1099162">272-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1099163"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-1099165">Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son <a href="/acts/-1098987">qaroriga </a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-1099166">Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1099167"><strong>NIZOM</strong> </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1099168"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1099186">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099169">1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb yuritiladi) “Ipoteka” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-1063359">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son <a href="/acts/-507383">qaroriga </a>muvofiq fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yakka tartibda uy-joy qurishni tashkil etish tartibini belgilab beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099170">2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099172">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1743"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1743"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099172"><strong>yakka tartibdagi uy-joy</strong> — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xoʻjalikni yuritishga moʻljallangan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli boʻlgan bir yoki bir necha turar joy imorati (keyingi oʻrinlarda “uy-joy” deb yuritiladi); </a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099173">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1744"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1744"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099173"><strong>yordamchi-xoʻjalik imoratlari</strong> — uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yertoʻla, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bugʻ qozonxonasi va odamlarning vaqtincha boʻlishi bilan bogʻliq ishlarning har xil turlarini bajarishga moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099174">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1745"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1745"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099174"><strong>hovlidagi inshootlar</strong> — toʻsiq, darvoza, eshik, quduq, favvora va odamlarning yashashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga moʻljallanmagan boshqa yassi yoki liniyali inshootlar;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099175">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1746"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1746"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099175"><strong>uyning turar joy maydoni</strong> — kishilar yashaydigan xonalarning ichki gabaritlari boʻyicha maydonning jami;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099176">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1747"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1747"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099176"><strong>uyning umumiy maydoni</strong> — odamlar yashaydigan barcha xonalar, uyning yordamchi-xoʻjalik imoratlari (oshxona, vannaxona, yoʻlak va boshqalar) maydoni jami;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><a id="onTERM-1099177">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1748"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>;</span></div><div id="TERM1748"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal"><font color="red">Извините, отсутствует описание....</font>]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099177"><strong>uyni rekonstruksiya qilish</strong> — meʼmorchilik-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirish, uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha qurish, eskirgan va maʼnaviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda oʻzgartirish.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099178">3. Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi oʻzining va oilasining ehtiyojlari uchun qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga rioya qilgan holda zarur yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar bilan birga xususiy mulk huquqida uy qurish huquqiga egadir.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099178"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5960339">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099180">4. Ajratiladigan uchastka doirasida yakka tartibda uy quruvchilar uchun uyning maydoni chegaralanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099181">5. Shaharsozlik faoliyati alohida tartibga soladigan hududlarda uyning necha qavat ekanligi aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan belgilanadi va ular bilan kelishiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099185">6. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki boʻlgan uylar buzilgan taqdirda yer uchastkalari berish va uylar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son <a href="/acts/-1004816">qarori </a>bilan tartibga solinadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099185"><a href="/acts/-1098987#edi-6395712">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099188"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405761"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-2405760">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405761"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405762">II. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405763">(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400607">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099189">7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega boʻlgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer fondining bir qismi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405764"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1099190">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405764"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2405766">8. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405767">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400608">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099191"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405769"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-2405768">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405769"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2405770">9. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405771">(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400609">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1679921"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=26.10.2009 00#-1679918">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1679921"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1679922">“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-1679923">(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-sentabrdagi 201-sonli <a href="/acts/-1679442?ONDATE=13.09.2010 00#-1679475">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 321-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1679923"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=29.01.2019 00#edi-4188820">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099192"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405773"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-2405772">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405773"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405774">III. Yer uchastkalari berishda fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405775">(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400611">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099194">10. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099195">Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinadi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1536579"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1536578">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1536579">“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani koʻrsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-1536580">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli <a href="/acts/-1531308?ONDATE=26.10.2009 00#-1531442">qaroriga</a> asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2119416"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1099197">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2119416"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-2119416"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=27.12.2017 00#edi-3480216">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2119419">11. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi oʻrinlarda “komissiya” deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi. Komissiya tarkibiga “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yigʻinlari vakillari, shuningdek tuman fermerlar kengashi raisi va boshqa shaxslar kiritiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2119424">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli <a href="/acts/-2110420?ONDATE=07.01.2013 00#-2110510">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099198">12. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405776"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1099203">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405776"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2405777">Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasiga meros qilib qoldiradigan umrbod egalik qilish huquqini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405778">(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400612">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099204">13. Yer uchastkalari birinchi navbatda:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099205">yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099206">Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099207">baynalmilal jangchilarga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099209">halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning oilalariga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099210">mehnat faxriylariga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099211">oʻzlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099213">14. Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405779"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1099215">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2405779"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2405780">Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi asosida sotilganda tuman (shahar) hokimi kimoshdi gʻolibiga ushbu huquq sotib olinganligi toʻgʻrisidagi davlat orderini beradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-2405781">(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400613">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099217"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3370806"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=09.06.2014 00#-2405791">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3370806"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3370809">15. Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-3370815">(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli <a href="/acts/-3325301?ONDATE=04.09.2017 06#-3325584">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099218">tuman (shahar) hokimining qaroridan koʻchirma;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099220">uchastka chegaralari chizilgan massivning bosh rejasidan nusxa.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099221">16. Yer uchastkalari berish toʻgʻrisida iltimos qilgan barcha fuqarolarga yer uchastkalari ajratish imkoniyati boʻlmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099222">Navbatda turish tartibida yer uchastkalari olishga ehtiyojmand boʻlgan fuqarolar roʻyxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099224">17. Iltimos qiluvchilar yer uchastkasi berishning taxminiy muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlangan roʻyxatga kiritilganlik toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099225">18. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalari mavjud emasligi yer uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099227">19. Yer uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099228">Yer uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099228"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=29.01.2019 00#edi-4188823">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099231"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3750503">IV. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va qurilish ishlarini bajarish huquqiga ruxsat berish </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099232">20. Uy-joy qurilishi namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099234">21. Uy-joy qurilishiga loyiha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099236">yerosti va yerusti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi rejasi;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099237">uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, kesimlari va fasadlari rejalari;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099239">smeta-moliya hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlganda).</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099240">22. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099242">23. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099243">pudrat usuli bilan;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099244">xoʻjalik usuli bilan (quruvchilarning oʻz kuchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099246">24. Uy-joy, yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099249">25. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli boʻlgan bir nechta uy-joy qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099250">26. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning (keyingi oʻrinlarda “quruvchi” deb yuritiladi) oʻz mablagʻlari, bankning ipoteka kreditlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099250"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=24.05.2018 00#edi-3750505">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1099254">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6193"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1099254">V. Uy-joylarning texnik nazorati, ularni qabul qilish, xatlovdan oʻtkazish va ularga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099255">27. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi amalga oshiradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1536582"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1536581">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1536582">“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan texnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1536583">(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli <a href="/acts/-1531308?ONDATE=26.10.2009 00#-1531444">qaroriga</a> asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099257">Tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099262"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3750507">28. Uy-joy qurilishi tugallangandan keyin quruvchi tuman (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga murojaat qiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099263">Qabul qilish komissiyasi joyning oʻziga borib qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3370824"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=09.06.2014 00#-2405796">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3370824"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3370825">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali 10 kun muddatda yangidan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyni texnik xatlovdan oʻtkazadi hamda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari bilan kelishuv boʻyicha uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida hokimning qarori loyihasini kiritadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-3370826">(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli <a href="/acts/-3325301?ONDATE=04.09.2017 06#-3325584">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3370826"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=24.05.2018 00#edi-3750509">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099265">29. Uy-joylar quruvchining oʻz kuchi bilan qurilgan hollarda bitta (ikkita) turar joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi tamom boʻlgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlangandan keyin alohida yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlarsiz va hududni obodonlashtirmasdan uyning bir qismini foydalanishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099265"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=24.05.2018 00#edi-3750826">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-1099268"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3750834">30. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kundan kechikmay qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099270">Hokimning qaroriga muvofiq uy quruvchiga uy daftari beriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099270"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=24.05.2018 00#edi-3750838">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3370827"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=09.06.2014 00#-2405802">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3370827"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3370828">31. Uy-joyga mulkchilik huquqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqi paydo boʻladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS" style="color:#808080;"><label id="s1104"></label><a id="-3370829">(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli <a href="/acts/-3325301?ONDATE=04.09.2017 06#-3325584">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3370829"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=24.05.2018 00#edi-3750840">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1099272">VI. Uy-joy quruvchining majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099273">32. Quruvchi:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2405805"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=30.12.2006 00#-1099274">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2405805"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2405806">berilgan yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka kreditidan yordamchi-xoʻjalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish uchun foydalanishga;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2405809">(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli <a href="/acts/-2400358?ONDATE=09.06.2014 00#-2400621">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099276">uy-joy va yordamchi-xoʻjalik imoratlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurishga;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3370830"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=09.06.2014 00#-2405813">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3370830"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3370831">berilgan yer uchastkasini berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida oʻzlashtirishni boshlashga, qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin bir oy mobaynida uy-joyga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga murojaat qilishga majburdir. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3370832">(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli <a href="/acts/-3325301?ONDATE=04.09.2017 06#-3325588">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1099278">VII. Oʻzboshimchalik bilan uy-joy qurganlik uchun javobgarlik</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099279">33. Uy-joy quruvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan hamda bunga zarur ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099279"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5960345">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099281">34. Oʻzboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurish holati toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099282">35. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilayotgan qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi. Koʻrsatmaning nusxasi oʻzboshimchalik bilan tiklangan imorat toʻgʻrisidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda hal etish uchun tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099283">Huquqi buzilgan shaxsning yoxud tegishli davlat organining daʼvosi boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat sudning qaroriga koʻra uni qurgan shaxs tomonidan yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099283"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5960351">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099284">36. Quruvchi uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga toʻsqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadir.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099286">37. Jismoniy shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan imorat qurish masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099286"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5960354">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1099288">VIII. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-1099289">38. Quruvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Nizom buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-1099289"><a href="/acts/-1098987?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5960357">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1099290"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-1099292">Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son <a href="/acts/-1098987">qaroriga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-1099293">Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1099295"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099296">1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1959-yil 25-dekabrdagi 970-son qarori (OʻzSSR QT, 1959-y., 18-son, 76-modda).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099297">2. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy va oddiy qurilish sifatini yaxshilash choralari toʻgʻrisida” KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 28-may № 392 qarori” 1969-yil 21-avgustdagi 409-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 7-son, 64-modda).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099298">3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy qurilishiga ajratilayotgan kapital mablagʻlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1981-yil 5-oktabrdagi 972-son qarori” 1981-yil 11-noyabrdagi 877-son qarori.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099300">4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda yakka tartibda uy-joy qurilishini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1988-yil 28-iyuldagi 263-son qarori (OʻzSSR QT, 1988-y., 7-son., 27-modda) va unga ilova.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099301">5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Hukumatining turar joy masalalariga oid baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1989-yil 24-yanvardagi 37-son qaroriga ilovaning 2-bandi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099302">6. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJda mulkchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston SSJ Qonuni munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ Hukumatining qarorlarini oʻzgartish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1991-yil 16-fevraldagi 38-son qaroriga ilovaning 6-bandi (OʻzSSJ QT, 1991-y., 2-son, 4-modda). </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099304">7. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son <a href="/acts/-831827">qarori </a>bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 19-bandi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1099305">8. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurayotgan koʻp bolali va kam daromadli oilalarni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 411-son <a href="/acts/-319166">qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 50-modda). </a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-1099152">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 518-modda; 2009-y., 44-son, 464-modda; 2010-y., 37-son, 321-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son; 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
