|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2016
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Transport vositalarini boshqarish chogʻida haydovchilarning mobil aloqa vositalaridan foydalanishi munosabati bilan avariyalar yuz berishi ehtimolini kamaytirish hamda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2007-yil 1-yanvardan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish chogʻida telefondan foydalanishi taqiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bunday huquqbuzarliklarni baholashning aniq mezonlarini aniqlashni nazarda tutgan holda oʻn kun muddatda oʻz normativ hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
mazkur qaror talablari avtomototransport vositalari haydovchilari va aholi eʼtiboriga belgilangan tartibda yetkazilishini, ular orasida zarur tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 3.6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“transport vositasini boshqarish chogʻida telefondan foydalanish”.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-noyabr,
241-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 459-modda)