O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo‘jalik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-sonli qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
6-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari “O‘ztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
12-1-ilovada “tovar nomlari” jadvalidagi 16-pozitsiyada “O‘zkommunxizmat” agentligi HGTK” so‘zlari “O‘ztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-oktabr,
PF-3811-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 424-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)