Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2010 YILGAChA DAVRDA JEROY—SARDARA KONI NEGIZIDA TARKIBIDA FOSFOR BO‘LGAN O‘G‘ITLAR IShLAB ChIQARISh VA EKSPORTGA YETKAZIB BERIShNI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 18 IYuLDAGI PQ–420-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgacha davrda Jeroy — Sardara koni negizida tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qarorining 11-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks o‘zlashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 1—4-bandlari, 6, 9 va 14-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 46-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit kompleksini rivojlantirishni va Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 13-martdagi 135-son qarorining 1, 4—6-bandlari, 8 va 9-bandlari hamda qarorga 2—4-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
175-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)