Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING SOLIQ AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 2001 YIL 10 YaNVARDAGI 16-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 704-sonli “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-397-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 10-yanvardagi 16-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 1-modda):
“Akademiya soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi, davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha respublika ilmiy-metodik markazi va oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
155-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 316-modda)